Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablar to‘G‘risida nizomni tasdiqlash haqida


VI. Uchinchi toifali obyektlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan binolarga qo‘yiladigan texnik talablar


Download 29.52 Kb.
bet6/7
Sana13.04.2023
Hajmi29.52 Kb.
#1355449
1   2   3   4   5   6   7
VI. Uchinchi toifali obyektlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan binolarga qo‘yiladigan texnik talablar
25. Uchinchi toifali obyektlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar mazkur bo‘limning talablariga muvofiq jihozlangan alohida xonalarda saqlanadi.
Bunda giyohvandlik vositalari seyflarda, psixotrop moddalar metall shkafda saqlanadi. Prekursorlarni seyf yoki metall shkaflardan tashqarida saqlanishiga ruxsat etiladi.
Harorat rejimiga rioya qilish zarur bo‘lgan hollarda, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni yuridik shaxs boshlig‘ining shaxsiy javobgarligi asosida tegishli binoga o‘rnatilgan qulflanib muhrlanadigan sovutgich kameralarida yoki sovutgichlarda saqlashga ruxsat etiladi.
26. Uchinchi toifali obyektlarning xonalari mustahkam qurilgan binolarda joylashgan bo‘lishi kerak. Ish vaqtidan so‘ng binolar yopiq, muhrlangan va qo‘riqlash uchun topshirilgan, tungi vaqtda kirish joylari yoritilgan bo‘lishi kerak.
27. Xona faqat bitta kirish joyiga ega bo‘lib, binoning tashqi tomonidan baland tovushga (sirenaga) ega bo‘lgan alohida signalizatsiya qurilmasi bilan ta’minlanishi, mazkur qurilma eng yaqin qo‘riqlash postiga (qorovulxonaga) chiqarilishi zarur.
28. Deraza o‘rni simining diametri 15 mm dan kam bo‘lmagan, katakchalarining o‘lchami 150x150 mm dan katta bo‘lmagan metall panjaralar bilan mustahkamlanadi. Panjara simining uchlari devorga 80 mm chuqurlikda o‘rnatilib, beton quyib qotiriladi.
Mustahkamligi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan metall panjaralardan kam bo‘lmagan dekorativ panjaralar yoki jalyuzilardan foydalanishga ham ruxsat etiladi.
29. Xona eshigi butun, eshik kesakisiga yaxshi moslangan, ichi bo‘sh bo‘lmagan, qalinligi kamida 40 mm li, ikkala tomonidan metall tunuka bilan qoplanib, bunda metall tunuka qirralari (chetlari) eshikning ichki yuzasiga qayrilishi yoki yon tomondan bir-birini ustiga chiqib turadigan holda buklanishi kerak. Tashqi eshikka kamida ikkita qulf o‘rnatilishi, ulardan bittasi — o‘yma qulf bo‘lishi zarur.
30. Prekursorlar saqlanadigan xonalar tabiiy usulda shamollatilishi kerak.

Download 29.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling