Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablar to‘G‘risida nizomni tasdiqlash haqida


Sog‘liqni saqlash vaziri F. NAZIROV


Download 29.52 Kb.
bet2/7
Sana13.04.2023
Hajmi29.52 Kb.
#1355449
1   2   3   4   5   6   7
Sog‘liqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2001-yil 17-iyun,
2-son
Ichki ishlar vaziri Z. ALMATOV
Toshkent sh.,
2001-yil 17-iyun,
2-son
“TASDIQLANGAN”
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi 17-iyun 2001-yil 2-sonli qaror
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablar to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 315-son “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega litsenziya talabgori — yuridik shaxslarning (keyinchalik “yuridik shaxslar” deb yuritiladi) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash uchun mo‘ljallangan obyekt va binolarini texnik mustahkamligi hamda qo‘riqlash — yong‘inga qarshi signalizatsiya moslamalari bilan jihozlashga doir texnik talablarni belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Ichki ishlar, Milliy xavfsizlik xizmati va bojxona organlarining ekspertiza va tezkor-qidiruv faoliyatida foydalanish uchun giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash holatlarida joriy qilinmaydi.
2. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan obyekt va binolar texnik mustahkamligi va qo‘riqlash-yong‘inga qarshi signalizatsiya moslamalari bilan jihozlanishiga qarab uch toifaga bo‘linadi:
1) Birinchi toifadagi hudud va bino obyektlariga:
o‘z faoliyatida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqaradigan yuridik shaxslar;
tarkibida giyohvand modda bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar;
prekursorlarni saqlaydigan va sotadigan baza va omborxonalar kiradi.
2) Ikkinchi toifadagi bino obyektlariga:
Psixotrop vositalar va prekursorlarni, narkotik vositalarni tarqatish va ulgurji sotishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlardan ishlab chiqarish maqsadida foydalanuvchi yuridik shaxslar;
Dorixona va dorixona davolash profilaktika muassasalari kiradi.
3) Uchinchi toifadagi obyektlarga laboratoriyalar, davolash-profilaktika muassasalarining bo‘limlari, tibbiyot punktlari, boshqa tibbiyot muassasalari kiradi.
3. Obyektning toifasi va saqlanuvchi moddaning xossalariga qarab obyekt va binolar hududida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni quyidagi saqlash tartiblari belgilanadi:
1) Birinchi toifali obyektlarda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni mazkur Nizomning III bo‘lim qoidalariga muvofiq alohida jihozlangan xonalarda joylashgan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlanadi. Shuningdek, ushbu saqlash tartibida birinchi toifali obyektlar hududlarining (saqlash joylari) texnik jihatdan mustahkamligiga mazkur Nizomning IV bo‘lim qoidalariga muvofiq qo‘shimcha talablar o‘rnatiladi.
2) Ikkinchi toifali obyektlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar mazkur Nizomning V bo‘lim qoidalariga muvofiq alohida jihozlangan xonalarda saqlanadi. Bunda giyohvandlik vositalari seyflarda, psixotrop moddalar esa metall shkaflarda saqlanadi.
3) Uchinchi toifali obyektlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar mazkur Nizomning VI bo‘lim qoidalariga muvofiq jihozlangan alohida xonalarda saqlanadi. Bunda giyohvandlik vositalari seyflarda, psixotrop moddalar esa metall shkaflarda saqlanadi.
4) Birinchi toifali obyektlarda prekursorlar kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalariga hamda xavflilik darajasiga bog‘liq holda mazkur Nizomning IV bo‘lim qoidalariga muvofiq texnik jihatdan mustahkam obyektlar hududida (saqlash joylarida) saqlanadi.
Harorat rejimiga rioya qilish zarur bo‘lgan hollarda, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni yuridik shaxs boshlig‘ining shaxsiy javobgarligi asosida tegishli binolarda o‘rnatilgan qulflanib muhrlanadigan muzlatkichli kameralarda yoki muzlatkichlarda (bundan buyon matnda — muzlatkichlar deb yuritiladi) saqlashga yo‘l qo‘yiladi.
4. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash uchun obyekt va binolar mazkur Nizomning VII bo‘lim qoidalariga muvofiq qo‘riqlash — yong‘in signalizatsiya moslamalari bilan jihozlanishi zarur.
5. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalari saqlanadigan seyflar va metall shkaflar devorlarining qalinligi 3 mm dan kam bo‘lmagan, mustahkam ichki qulfga ega bo‘lishi hamda polga yoki devorga (700 kg dan og‘ir bo‘lgan seyflar bundan mustasno) biriktirilgan (kavsharlangan) bo‘lishi kerak. Giyohvandlik vositalarini saqlash uchun mo‘ljallangan shkaflarning eshiklarini mustahkam bo‘lishi uchun yopib turadigan ustki qism yoki burchakliklar bilan kuchaytiriladi.
6. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan xonada seyflar va shkaflarning soni va raqamlari ko‘rsatilgan ro‘yxat bo‘lishi kerak.
Seyflar va metall shkaflar yopiq holda bo‘lishi kerak. Ish kuni yakunlangandan so‘ng giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan seyf, metall shkaf va xonalar qulflanishi va muhrlanishi, kalitlar, muhr va tamg‘a esa — ularni saqlash uchun javobgar shaxsda bo‘lishi shart.
7. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash xonalari va seyflarining (metall shkaflarning) ikki to‘plam kaliti bo‘lishi kerak: kalitlarning bir to‘plami yuridik shaxs rahbarining buyrug‘iga ko‘ra giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash uchun javobgar shaxsda har doim bo‘lishi kerak, ikkinchi to‘plami — muhrlangan qutichada yuridik shaxs rahbarida saqlanadi. Bu kalitlarni stollarda, boshqa joylarda qoldirish taqiqlanadi.
II. Ichki ishlar organlari tomonidan binoning giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalarini berilishi
8. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun yuridik shaxs hududiy ichki ishlar organiga obyektning (binoning) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasini olish uchun o‘zining nomi va joylashgan manzilini (pochta manzili) ko‘rsatilgan ariza bilan yozma ravishda murojaat etadi.
9. Ariza berilgan kundan boshlab uch ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda hududiy ichki ishlar organining nazorat-litsenziyalash xizmati va yong‘in nazorati vakillari hamda yuridik shaxs tomonidan belgilangan tartibda tayinlangan vakil ishtirokida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash uchun mo‘ljallangan obyekt (bino) tekshiriladi va bu haqda tegishli tekshiruv dalolatnomasi tuziladi.
10. Ko‘rsatilgan dalolatnoma asosida va ariza berilgan vaqtdan besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda hududiy ichki ishlar organi tomonidan:
obyekt (bino) mazkur Nizomning talablariga to‘liq javob bergan taqdirda organ boshlig‘i tomonidan mazkur Nizomga ilova etilgan shakl bo‘yicha giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi imzolangan, gerbli muhr qo‘yilgan xulosasi beriladi;
obyekt (bino) mazkur Nizom talablariga javob bermagan taqdirda, yuridik shaxs nomiga rad qilishning aniq sabablari hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rsatgan holda xulosa berishni rad etish to‘g‘risida yozma bildirish xati yuboriladi. Xulosa berish to‘g‘risidagi rad javobi mantiqan to‘g‘ri bo‘lishi shart.
11. Yuridik shaxs tekshiruvda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etganidan so‘ng, hududiy ichki ishlar organiga obyektning (bino)giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa berilishi yuzasidan qayta ariza bilan murojaat etishga haqlidir. Takroriy ariza umumiy asoslarda qayta ko‘rib chiqiladi.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha obyekt (bino) larning texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalari berilgan yuridik shaxslarning reyestri olib boriladi. Reyestrda yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, yuridik va pochta manzili, yuridik shaxs rahbarining familiyasi, ismi-sharifi va turar joyining manzili, binoning tekshirilgan muddati va xulosa berilgan vaqti ko‘rsatilishi shart.
13. Yuridik shaxslar ichki ishlar organlarining qarori va xatti-harakatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqlidir.

Download 29.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling