Глицирризин кислотаси, структураси, ҳисобланган структуралари


Download 4.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/55
Sana17.10.2023
Hajmi4.66 Mb.
#1706774
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
Bog'liq
c portal guldu uz SUPRAMOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSIGA KIRISH (2)

 


54 
 
3.2. Biokimyoda ishqoriy metallar kationlari. 
Membrana potensiallari 
Energiyasiz hayot yoʻq, oʻsimliklar Quyoshdan energiya oladi (fotosintez), 
odam organizmi esa energiyani oziq-ovqatdan oladi (odam organizmida oziq-ovqat 
SO
2
va suvgacha oksidlanadi). Nafas olishda energiyadan foydalaniladi –bu 
jarayonda ovqatdagi energiya adenozintrifosfat (ATF) kimyoviy bogʻlanishi 
energiya koʻrinishida saqlanadi. Umuman olganda, ATF -4 zaryadiga ega boʻlib, 
ishqoriy va ishqoriy-yer metallar kationining zaryadi bilan muvozanatda boʻladi.
ATF uzoq vaqt davomida energiyani saqlab, uni energiya yutilish bilan boradigan 
reaksiyalar uchun yetkazadi, masalan mushaklarning qisqarishi. ATF-dan 
energiya ATFaza fermentlar yordamida ajralib chiqadi, bu fermentlar orasida eng 
muhimi Na
+/
K
+
-ATFazalardir. 16-rasda koʻrsatilgandek, reaksiya boʻyicha 1 mol 
ATF-dan 35 kDj energiyasi ajrab chiqadi. Qarang, ATF molekulasi murakkab 
boʻlsada, reaksiya jarayonida faqat trifosfat ―dumi‖ oʻzgarar ekan. P-O fosfat 
efirining oxirgi bogʻi uzilishi natijasida digidrofosfat anioni (H
2
PO
4
-
, odatda 
noorganik fosfat deyiladi P
i
) va adenozindifosfat (ADF) hosil boʻladi. 
 
16-rasm. ATF digidrofosfat va ADF-gacha defosforillashda energiyaning ajrab 
chiqishi. Mg
2+
- katalizatori. 


55 
 
Biologik hujayraning fosfolipid membranasida (devorida) mavjud Na
+
/K+-
ATFaza fermenti transmembrana fermentiga misol boʻla oladi. Ular Na
+
va K
+
ishqoriy metallar kationlarini hujayra membranasi bir tomonidan ikkinchi 
tomoniga olib oʻtadilar, bu jarayonda ham ATF yutiladi. Kontsentratsiya 
gradientiga qaramasdan ferment bir vaqtning oʻzida hujayra ichidagi Na
+
-kationini 
tashqariga olib, K
+
-kationini hujayraga kiritadi. Shunday qilib, hujayra ichidagi 
suyuqlikda K
+
konsentratsiyasi yuqori boʻlsa, Na
+
-ning konsentratsiya tashqarida 
yuqori boʻladi (3-jadval): 
Hujayra membranasi orasidan zaryad taqsimlash haqiqiy darajasi juda kichik 
(membrana har ikki tarafidan M
+
-ionlarning soni bir xil). Bunday potentsiallar 
farqi membrana orasidan Na
+
va Cl
-
-ionlarini taqsimlanishida boʻlishi mumkin 
edi. Biroq, qarama-qarshi ionlarni bunday taqsimlanishi ularning orasidagi kuchli 
elektrostatik ta‘sirlashuvlar tufayli koʻp energiya sarflanishi kerak. 
3-jadval.
Ayrim biologik sistemalarda Na
+
va K
+
ionlarilarning tarkibi 
Biologik sistemadagi oʻrni 
Kontsentratsiya, mmol*kg
-1 
K
+
Na
+
Odamning hujayra ichidagi suyuqlik 
(masalan, eritrotsitlar) 
92 
11 
Odamning hujayra orasidagi suyuqlik 
(masalan, qon zardobi) 

152 
Nerv (ichida) 
300 
10 
Nerv (tashqarida) 
22 
440 
Aslida ishqoriy metallar ionlarining (Na
+
va K
+
) xossalari farqlanishi 
tufayli, hosil boʻladigan kimyoviy potentsial kerakli signalni generatsiya qilishi 
uchun etarli. 


56 

Download 4.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling