Глицирризин кислотаси, структураси, ҳисобланган структуралари


Download 4.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/55
Sana17.10.2023
Hajmi4.66 Mb.
#1706774
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55
Bog'liq
c portal guldu uz SUPRAMOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSIGA KIRISH (2)

Nazorat savollari: 
1. Nuklein kislotalarning tuzilishini tushuntiring. 
2. DNK tuzilishini asoslang? 


92 
3. DNK ikkilamchi tuzilishning supramolekulyar kimyodagi ahamiyati nimada? 
4. RNK birlamchi va ikkilamchi tuzilishini izohlang. 
5. DNK denaturatsiyasini qanday tushunish mumkin? 
6. Praymerlarning uzunligi qanday? 
7. E.Chargaff qoidasini izohlab bering? 
8. DNK azotli asoslarining komplementarligini tushuntiring. 
9. DNK ikkilamchi tuzilishning Dj.Uotson va F.Krik modelini izohlang. 
10. RNK uchlamchi tuzilishini izohlang. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


93 
V-BOB. BIOLOGIK MEMBRANALAR 
5.1. Hujayra membranasi 
Har bir hujayra tirik organizmning faoliyatini boshqarib turadigan, modda va 
ionlarni oʻz ichiga kirib chiqishini nazorat qiladigan membrana bilan oʻralgan. 
Hujayra membranasi, asosan, lipid va oqsillardan tashkil topgan murakkab, yuqori 
tartibli ikki oʻlchamli tizimdir. Membranalar hujayra komponentlari – yadro, 
mitoxondriyalar, xloroplastlar, lizosoma va boshqa organellalarning ham muhim 
tarkibiy qismidir. Hujayra membrana tuzilishlariga nihoyatda boy boʻlib, ular 
tarmoqlangan, aniq tashkillashgan tizimni hosil qiladi (32-rasm).
32-rasm. Hujayra tuzilish sxemasi. 


94 
1665-yilda mikroskop ixtirochisi Robert Guk daraxt poʻstlogʻining yupqa 
kesimlari tuzilishini tekshirgan vaqtda koʻringan tutash kataklarni hujayra 
(cellulae) deb nomlagan. Oʻn ikki yildan keyin gollandiyalik olim, mikrobiologiya 
asoschisi A.Levenguk bakteriya, spermatozoid va eritrotsit hujayralarining 
umumiy tuzilishini ta‘riflab berdi. 1839-yilda nemis anatomi T.Shvann hujayra 
nazariyasini 150yildan soʻng taklif etdi. 
Hujayra 
chegarasini 
belgilash 
uchun 
―membrana‖ 
atamasi 
qoʻllanilayotganiga 100 yildan oshdi. Membranalar bir tomondan hujayrani tashqi 
muhitdan asraydigan chegara boʻlib, ikkinchi tomondan – suv va unda erigan 
ayrim moddalar oʻtadigan yarim oʻtkazgich toʻsiq hamdir. 1851-yilda nemis 
fiziologi X.Fon-Mol oʻsimliklar hujayrasining plazmolizini ta‘riflab, hujayra 
devorlari membrana funksiyasini bajaradi, deb tahmin qildi. 1855-yilda botanik 
K.Fon Negeli hujayra chegarasini oʻrganib, uni plazmatik membrana deb nomladi 
va u hujayra chegarasi haqiqatan ham hujayraning osmotik xossalariga javob 
beradi deb taxmin qildi. 1877-ilda nemis botanigi V.Pfefferning ―Osmos 
tadqiqotlari‖ ilmiy ishida hujayrada membranalar mavjudligini tasdiqlab berdi. 
X1X asrning 80- yillarida daniyalik olim X.De Friz oʻsimlik hujayralarining 
osmometrik tadqiqotlarini davom ettirib, protoplazmaning plazmalemma va 
tonoplast orasidagi shikastlanmagan qatlami membranaga xos funksiyani 
bajarishini 
aniqladi. 
Ushbu 
tadqiqotlar 
osmotik 
bosim 
fizik-kimyoviy 
nazariyalarini 
hamda 
elektrolitik 
dissotsilanish 
nazariyasini 
yaratishda 
gollandiyalik olim Ya.Vant-Goff va shved olimi S.Arreniuslar uchun asos boʻldi.
1890-yilda nemis fizik kimyogari V.Ostvald bioelektrik jarayonlarda 
membranalarning oʻrni borligiga ahamiyat bergan. 1895 va 1902-yillar orasida 
E.Overton 
koʻp 
sonli 
birikmalar 
uchun 
hujayra 
membranalarining 
oʻtkazuvchanligini oʻlchab, ushbu birikmalar lipidlarda eruvchanligi va membrana 
orqali oʻtkazuvchanligi orasidagi bogʻliqlikni koʻrsatgan. U membrana lipid 
tabiatiga ega boʻlib, xolesterin va boshqa lipidlarni oʻz ichiga olgan, deb taxmin 
qildi. Membranalar harakatchan lipoproteinlardan tashkil topgan degan zamonaviy 
tasavvurlar XX asrning 70-yillarida ta‘riflangan. 


95 
Bioorganik kimyoning jadal rivojlanishi, membrana oqsil va lipidlar 
tuzilishining tadqiqotlari, ularning muhim funksiyalarini – turli metabolitlar 
transporti, energiya generatsiyasi, hujayralar oʻzaro ta‘siri va boʻlinishi, 
shuningdek, asab qoʻzgʻalishining oʻtishi va tashqi muhit signallari retsepsiyalarini 
oʻrganishga asos boʻldi. 

Download 4.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling