Глицирризин кислотаси, структураси, ҳисобланган структуралари
Download 4.66 Mb. Pdf ko'rish
|
c portal guldu uz SUPRAMOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSIGA KIRISH (2)
42-rasm. Ikki molekula suv va aspirin molekulasi ishtirokida Van-der-Vaals
standart radiusi boʻyicha hisoblangan GK makrotsikli boʻshligʻining nisbiy oʻlchamlari Gaz fazadagi molekulyar juftlikning (GK-aspirin) modellashtirishini molekulyar mexanika Amber usuli va RM3 yarimempirik usullarni kombinatsiyalash orqali oʻtkazildi. GK va aspirinning molekulalararo oʻzaro ta‘sirlashuvlarining analizi Amber-yaqinlashishida molekulyar dinamika usulida ham qilindi. Barcha variantlarda aspirin va GK-ning kislotali guruhlarining elektrostatik ta‘sirlashuvlari ustun boʻldi. Ushbu ta‘sirlashuvlarining energiyasi molekulalarning bir-biriga nisbatan aniq yoʻnalishiga bogʻliq, va 6,0-10,0 kkalGʻmol oraligʻini tashkil etadi (43-rasm). 112 43-rasm. GK elektr zaryadlangan guruhlar, oksoniy ioni va ASK elektrostatik ta‘sirlashuvlarining mumkin boʻlgan varianlaridan biri. Amber-yaqinlashishida molekulyar dinamika usuli boʻyicha modellashtirishda suv va xona harorati sharoitida gidrofob oʻzaro ta‘sirlashuvlar dominant boʻladi. GK va aspirin molekulalari bir-biriga nisbatan asosan oʻz gidrofob qismlari bilan yoʻnaltiriladi (44-rasm). Bu yoʻnaltirish koʻp variantli boʻlib, aniq ifodalangan, qulay geometriyaga ega emas. Normal sharoitidagi haroratga yaqin haroratda (T=300 0 K), molekulyar dinamika usulida aspirin molekulasining GK molekulasining sirtida ―daydib‖ yurishi kuzatiladi. Ushbu usulda modellashtirish suvli eritmada 300 0 K sharoitida oʻtkazildi. Bu sharoitda aspirin molekulasi zaryadlangan guruhlari va ikkita oksoniy ionini tutgan GK makrotsikli markazi bilan Kulon elektrostatik ta‘sirlashuvlar uziladi. GK aspirin bilan gidrofob ta‘sirlashuvlari (ishning mohiyati ularni suv muhitidan itarib chiqish) bu molekulalarn ajralib ketishiga yoʻl bermaydi. Issiqlik energiyasi tufayli aspirin molekulasi GK ning gidrofob sirtida migratsiyasini (koʻchishni) boshlaydi (44-rasmda atrof muhitdagi suv molekulalari va ―yopishtiradigan‖ oksoniy ioni koʻrsatilmagan!). 113 44-Rasm. GK lipofil sirtida aspirinning ―daydilashini‖ suv sharoiti uchun hisoblangan molekulyar-dinamik modeli. Agar, GK va aspirin molekulalari orasi ochilsa, ularning orasiga suv molekulalariga kirish imkoniyati berilsa, unda GK va aspirin molekulalari mustaqil, gidrofob birliklar boʻlib, suv muhitidan chiqib ketishga harakat qiladilar. GK va aspirin molekulalarining chegaralangan kichik suv hajmida (420 suv molekulalar) orasi ochilsa, ikkita molekula bu hajmdan tashqariga siqib chiqariladi (45-rasm). Bogʻlangan va ajralgan molekulalar juftligining energiya farqi 13 kkal/molga teng, ya‘ni GK va aspirinlarning oʻzaro ta‘sirlashuvlarini 13 kkalGʻmol deb baholash mumkin (yoki dorivor moddaning tashqi muhitga diffuziyalash mexanizmi deyish mumkin). Download 4.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling