Глицирризин кислотаси, структураси, ҳисобланган структуралари


-Rasm. Chegaralangan suv basseyn sharoitida GKMAT va ASK yakka  molekulalarining ajralish energiyasi va ―siqib chiqarish‖ tasviri


Download 4.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/55
Sana17.10.2023
Hajmi4.66 Mb.
#1706774
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55
Bog'liq
c portal guldu uz SUPRAMOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSIGA KIRISH (2)

45-Rasm. Chegaralangan suv basseyn sharoitida GKMAT va ASK yakka 
molekulalarining ajralish energiyasi va ―siqib chiqarish‖ tasviri. 


114 
Demak, bundan xulosa qilish mumkinki, GK va GKMAT dorivor 
preparatlari bilan hosil qilgan molekulyar komplekslarning mexanizmi ularning 
gidrofob ta‘sirlashuvlaridir.
Mitsella va gel hosil boʻlishi murakkab xarakterga ega. Bu strukturalar hosil 
boʻlishini elektrostatik va gidrofob ta‘sirlashuvlar ta‘minlaydi. Agar mitsella hosil 
boʻlishiga suv muhitidan molekulalarning gidrofob siqib chiqarilishi yetarli boʻlsa
(GK molekulalarning globulalarga aylanishi), gelning tartibsiz, cheksiz uch 
oʻlchamli setkasini hosil qilishi uchun birinchi navbatda elektrostatik 
ta‘sirlashuvlar boʻladi. Gel hosil boʻlishini tushuntirishda eng katta qiyinchilik bu 
GK molekulasining juda kichik konsentratsiyasi: 1 molekula GK-ga 45000 
molekula suv toʻgʻri keladi. GK molekulalari bir-biri bilan bevosita elektrostatik 
ta‘sirlashuvlar orqali gel paydo boʻlishini tushuntirilishi mumkin boʻlmaydi (GK 
molekulalari orasidagi oʻrtacha masofa juda katta). GK molekulalari boʻshliqda har 
xil joylashib, gel hosil boʻlishda suv ham ishtirok etish ehtimoli bor. Biroq, bu 
vaziyatni modellashtirish qiyin, chunki hisob sistemalarning resurslari yetarli 
emas. 
GK molekulalari bir-biri bilan bevosita ta‘sirlashuvlarini modellashtirish 
ancha oson (suvni hisobga olmaganda). GK molekulasining tasodifiy guruhlarni 
(32 molekulagacha), ham ularning bir-biriga nisbatan regulyar joylashishini (lenta 
yoki kvadrat bogʻlamda joylanishini) modellashtirishda 8-12 molekulalardan iborat 
alohida assotsiatlar hosil boʻlishiga moyilligi aniqlangan. Bunday assotsiatdan GK-
ning alohida molekulasini chiqarib tashlash uchun tahminan 8 kkal/mol energiya 
kerak boʻladi. Ya‘ni xona haroratida assotsiatlarni saqlash uchun energiya yetarli.

Download 4.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling