Глицирризин кислотаси, структураси, ҳисобланган структуралари


Download 4.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/55
Sana17.10.2023
Hajmi4.66 Mb.
#1706774
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
c portal guldu uz SUPRAMOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSIGA KIRISH (2)

 
47-Rasm. GKMAT, TB molekulalari va ammoniy ionlarning optimal oʻzaro 
orientatsiyasi. 
Geometriya optimallashgandan keyin (AM1 yarimempirik usulida) GKMAT 
tubazid bilan energiya bogʻlanishi 17,5 kkal/molga teng boʻldi. Bu energiya 
molekulani kerakli holatda ushlab turishga yetarlidir. Ammoniy ioning toʻrtta 
protonlarining barchasi bogʻlangan boʻladi. GKMAT molekulasi yonida ASK-ga 
oʻxshab, tubazid molekulasining koʻchib yurishi kuzatilmagan edi. Suv muhitida 
400
0
K-gacha qizdirilgan imitatsiyasida ammoniy ionining suv muhitiga siqib 
chiqarilishi kuzatilgan edi, tubazid molekulasi esa molekulyar dinamika boʻyicha
shunga oʻxshash kompyuter tajribalarida uzilgani yoʻq.
Demak, ASK molekulasidan farqli oʻlaroq, tubazid molekulasi, asosli 
xarakterga ega boʻlib, GKMAT bilan ion mexanizmi boʻyicha ta‘sirlashadi va 
birinchi uron qoldiq ustida tanlangan holatga ega. Uchtalik sistemaning bu holati 
(GKMAT, TB va NH
+
4
) 8-tagacha vodorod bogʻi don-aktseptor ta‘sirlashuv 
boʻyicha stabillashadi. TB:GKMAT molekulyar kompleksi bu mexanizm boʻyicha 
1:1 stexiometrik nisbatga ega. Bu YaMR tadqiqotlari bilan tasdiqlandi. Boshqa 
stexiometrik nisbatida kompleks olinsa, unda tubazid molekulalarini mitsellyar 
ushlab olishni koʻrib chiqish kerak. 


117 
Kompyuter modellashtirish usullari bilan GK molekulasining konformatsion 
xususiyatlari va GK polimolekulyar birlashmalar hosil boʻlish imkoniyatlari 
batafsil kuzatuv natijalari koʻrsatishicha, GK individual molekulasi uchun eng 
afzal fazoviy shakllaridan 13 tasi keltirilgan.
GK monomolekulyar makrotsikllarning hosil boʻlish ehtimoli kam
monomolekulyar makrotsikl hosil boʻladi deb taxmin qilinganda ham, GK 
atsetilsalitsilat kislotasi (ilmiy adabiyotda hozirgi vaqtgacha eng koʻp tarqalgan) 
bilan kompleks hosil qilishning klatrat mexanizmini toʻliq tushuntirib bermaydi.
―Mezbon‖ hosil qiladigan boʻshliq oʻlchovi uning ichida ASK molekulasi – 
―mehmonning‖ joylashishi uchun torlik qiladi. GKMAT-ASK bimolekulyar 
strukturalar hosil boʻlishi uchun boshqa, gidrofob xarakter tavsiya qilindi. 
Molekulyar dinamika usullari bilan ASK molekulasi tasodifiy GK lipofil sirtiga 
―yopishadi‖ va ustida bemalol koʻchib yurishi mumkin. 
GK mitsellyar strukturalarini kompyuter modellashtirishda 70-300 
molekulaladan iborat sferik mitsellalar boʻlishi mumkinligi koʻrsatilgan. GK 
konsentratsiyasi oshirilganda bundan ham murakkabroq mitsellyar strukturalar 
hosil boʻlib, YaMR temperatura eksperimentlarida ular orasidagi oʻtish kuzatilgan 
boʻlishi mumkin. GK va GKMAT solyubillashgan xossalarini tushuntirish uchun 
mitsellyar strukturalar istiqbolli obyektlar boʻlib hisoblanadi. 

Download 4.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling