102
VI-BOB. TABIIY BIRIKMALARDA SUPRAMOLEKULYAR KOMPLEKS
HOSIL BOʻLISH JARAYONI
6.1. Glitsirrizin kislotasining strukturasi, hisoblangan strukturalari
Glitsirrizin kislota va uning tuzlari ikkita aniq ifodalaydigan qismlaridan
iborat – gidrofil (bir-biri bilan bogʻlangan glyukuron kislotalar) va gidrofob (genin
qismi – glitsirret kislotasi).
GK va uning hosilalarining gel hosil qilishi vasolyuballash mexanizsi
hozirgi vaqtgacha aniq emas va adabiyotda kam koʻrsatilgan. GK normal sharoitda
0,1 % konsentratsiyada gel hosil qilishi mumkinligi ma‘lum, ya‘ni 1 molekula GK
45000 molekula suv nisbatida hosil boʻladi. Shunda 3-oʻlchamli GK gidrogeli
hosil boʻlishi GK qoʻshni molekulalarning bir-biri bilan bogʻlanishidan
murakkabroq oʻtadi. GK gel hosil qilishi
va solyubillashi bilan birga, turli xil
mitsellalar hosil qilishga moyil. Ya‘ni GK suvli eritmalarida
nafaqat bir xil gel
muhitini, balki struktura (har xil mitsellyar eritmalar) va tarkib – geteromolekulyar
komplekslar koʻrinishidagi erimaydigan birikmalarni tutib va ularni eritmaga
oʻtkazish boʻyicha geterogen muhit ham hosil boʻladi.
GK solyubilizator sifatida
ishlatilishi kelajakda farmakologiya uchun ayniqsa muhimdir. GK eritmasining gel
hosil qilishi 0,1 % konsentratsiyada boʻlishini koʻrsatdik, ya‘ni GK suvga mol
nisbati ~ 1:45000 teng. Bunday quyi molekulali birikmalarning (M
GK
= 824,9) gel
hosil qilishi faqat yaxshi aks ettirilgan molekulalararo oʻzaro ta‘sirlashuvlar orqali
103
boʻlishi mumkin. Bu ta‘sirlashuvlar orqali ularning
solyubillashagn xossalarini
tushuntirish mumkin.
―Mezbon-mehmon‖ turdagi klatrat komplekslarning hosil boʻlishi orqali
suvda erimaydigan birikmalarning eritmaga oʻtishi shunday ommabop tushuntirish
mumkin. GK-ning ikkita kislotali qoldigʻi: aglikon qismi va ikkinchi uron qoldigʻi
yoki GK-ning ikkita molekulasining bimolekulyar tsikllar bogʻlanishi hisobiga GK
yoki GKMAT molekulalarning hosil boʻlgan makrotsikli odatda ―mezbon‖ boʻladi
(35-rasm).
30
Do'stlaringiz bilan baham: