Глицирризин кислотаси, структураси, ҳисобланган структуралари
Download 4.66 Mb. Pdf ko'rish
|
c portal guldu uz SUPRAMOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSIGA KIRISH (2)
5.3. Membrana komponentlari
Biologik membranalar tarkibiga kiruvchi asosiy komponentlar – bu lipid va oqsillardir, uglevodlar esa ikkilamchi komponenti hisoblanadi. Biologik membranalarning oqsil: lipid nisbati har xil boʻladi. Odatda membrana komponentlarida lipidlar miqdori 20-40% boʻlib, plazmatik membranalarda – 35- 40%, sut emizuvchilarning yurak mitoxondrial membranalarida 27-29% tashkil etadi. Lipidlarning koʻp miqdori mielinda uchraydi va quruq massa boʻyicha 80%- ini tashkil etadi. Membranalarda lipidlarning asosiy qismini fosfolipidlar tashkil qiladi (90%- dan mitoxondriyalarda to 50%-gacha mielinda). Membrananing har bir turi fosfolipid va oqsillarning muayyan nisbati va oʻziga xos fosfolipidlar bilan tavsiflanadi, ya‘ni fosfolipid qutbli qismining tuzilishi va gidrofob qismlari har bir membrana uchun oʻzgacha boʻladi (33-rasm). Gliserofosfolipid qatoridagi membranalarda fosfatidilxolin (masalan, mikrosomalarda 60%-gacha), mielinda esa fosfatidiletanolamin uchraydi. Kam miqdorda fosfatidilserin, fosfatidilinozit, poligliserofosfatlar uchrab, kardiolipin 97 faqat mitoxondrial membranalar uchun xos. Mielin va plazmatik membranalarda koʻp miqdorda sfingolipidlar (sfingomielin va serebrozidlar) uchraydi. Membranalarda murakkab efir bogʻli lipidlar bilan bir qatorda oddiy efir bogʻli lipidlar mavjud. Masalan, ayrim plazmatik membranalarda plazmalogenlar (12%- ga yaqin) boʻlib, ularning yuqori miqdori eritrotsitlarda (fosfolipidlar miqdorining 2Gʻ3 qismi) aniqlangan. Mitoxondriyalar, xloroplastlar va bakterial membranalarning lipid tarkibi ham har xil. Xloroplast lamellalarida 50%-gacha lipidlar boʻlib, ularning 40%-i mono- va digalaktozildiglitseridlar, qolgan miqdori esa xlorofill, fosfatidilglitserin va sulfolipidlardan iborat. Fosfolipid 33-rasm. Fosfotidilxolinning tuzilishi. 98 Biologik membranalarda turli fosfolipidlar mavjudligi membrananing tuzilishini tashkillanishida muhim oʻrin tutadi, bu oqsillar bilan bogʻlanishida oʻz aksini topadi va membrana funksiyalariga ta‘sir etadi. Membrana lipidlari gidrofil qismining tarkibi har xil boʻlgani kabi gidrofob komponentlari ham yogʻ kislotalar qoldiqlarining uglevodorod zanjirlari, spirtlar, aldegidlardan tashkil topgan. Membrana lipidlari tarkibida bir-biridan zanjir uzunligi, toʻyinmaganlik darajasi va tarmoqlanganligi bilan ajralib turadigan yogʻ kislotalar aniqlangan (34-rasm). a) b) 34-rasm. Toʻyingan va toʻyinmagan kislotalar: a) toʻyingan kislota; b) toʻyinmagan kislota. 99 Membranalarning ayrim turlarida yogʻ kislotalar tarkibiga xos muayyan qonuniyatlar topilgan. Masalan, mitoxondrial va tsitoplazmatik membranalarda, asosan, politoʻyinmagan, mielin va plazmatik membranalarda esa – toʻyingan va monotoʻyinmagan moy kislotalar mavjud. Demak, membranani tashkil qilishda gidrofil va gidrofob komponentlari orasida ma‘lum bir muvozanat boʻlishi kerak. Gidrofob komponentlar tuzilishining oʻzgarishi metabolik va diffuzion jarayonlar oʻtishi uchun kerak boʻlgan fosfolipidlarning fizik holatini ta‘minlab berishi mumkin. Ayrim membranalarda neytral lipidlar ma‘lum miqdorda boʻlib, oqsil bilan bogʻlanishda qatnashmaydi, biroq, fosfolipid mitsellalar ichida joylashib, gidrofob qismiga oʻzgarish kiritadi va shu bilan mitsellalar oqsil bilan bogʻlanishiga ta‘sir koʻrsatadi. Xolesterin membranalarning tarkibiy qismi boʻlib, turli membranalarda miqdori oʻzgarib turadi. Masalan, mielin va plazmatik membranalar uchun xolesterinning yuqori miqdori xos (fosfolipid: xolesterin mol miqdorda 1-ga teng), mitoxondriya, endoplazmatik va sitoplazmatik membranalarda xolesterinning miqdori kam boʻlib, xolesterinning miqdori membrana oʻtkazuvchanligiga ta‘siri qiladi (5-jadval). Lipidlarga qaraganda membrana oqsillari kam oʻrganilgan. Ular shartli ravishda ikki turga boʻlinadi: katalitik faollikka ega (fermentativ) va katalitik faollikka ega boʻlmagan strukturaviy oqsillar. Strukturaviy oqsillar membrana oqsillarining 40-50%-ini tashkil qilib, bir- biridan molekulyar massasi va aminokislota tarkibi bilan farq qiladigan oqsil toʻplamidir. Strukturaviy oqsillar uchun qutbsiz yon zanjirga ega boʻlgan aminokislotalar xos boʻlib, ular fosfolipidlarning gidrofob qismlari bilan oʻzaro ta‘sirlashuvlarni ta‘minlaydilar. Strukturaviy oqsillarning biologik membrana funksiyasidagi oʻrni oxirigacha oʻrganilmagan, balki membrana tuzilishini ta‘minlovchi va fermentativ jarayonlarga ta‘sir etuvchi ahamiyatga ega. 100 5-jadval Ayrim membranalarning taxminiy kimyoviy tarkibi Download 4.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling