Global kompiyuter tarmoqlari Reja


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana18.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1029107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Global kompiyuter tarmoqlari

Ilmiy bashorat fan doirasida yoki uning yordamida amalga oshiriladi va 
o’rganilayotgan jarayonning qonuniyatlarini bilishga asoslanadi. U kelajakni ancha 
samarali bashorat qilish va oldindan ko’ra bilish imkonini beradi.
Ilmiy bashoratning ayrim elementlari qadimgi dunyodayoq mavjud bo’lgan. 
Masalan, faylasuf Fales (miloddan avvalgi 640-562 yillar) miloddan avvalgi 585 yilda 
quyosh tutilishini bashorat qilgani ma’lum. Ammo bashorat haqidagi dastlabki bilimlar 
XV-XVII asrlardagina tabiiy va ijtimoiy fanlarning rivojlanishi bilan bir vaqtda ilmiy 
tizimga solina boshlagan. Bu jarayon XX asrning 60-yillarida ancha yaxlit ilmiy 
nazariyalarning yaratilishi bilan yakunlangan.


Inson faoliyati sohalari va bilish ob’ektiga qarab ilmiy bashoratning ijtimoiy
iqtisodiy, siyosiy, harbiy va boshqa turlari farqlangan. Ijtimoiy bashoratning 
xususiyatini qayd yetish uchun «prognoz qilish» tushunchasi muomalaga kiritilgan. 
Prognoz qilish bashoratning alohida shakli bo’lib, u ijtimoiy jarayonlarni o’rganishda 
yuqori darajada ilmiy asoslanganlik va ob’ektivlik bilan ajralib turadi. Ilmiy 
bashoratning boshqa shakllaridan farqli o’laroq prognoz qilish – o’z metodologiyasi va 
texnikasiga ega bo’lgan maxsus tadqiqot.
Bugungi kunda ijtimoiy prognoz qilish muammolari bilan maxsus xalqaro 
tashkilotlar shug’ullanadi. Ularning orasida quyidagilar bor: Gudzon instituti, REND va 
Kelajak uchun resurslar korporatsiyalari, CHikago va Kaliforniya universitetlari 
(AQSH); Keyingi 30 yilda Angliya, Fransiya, Germaniya, Gollandiyadagi futurologiya 
institutlari va b. Yirik xalqaro uyushmalar: Jahon futurologlar jamiyati, Kelajak 
dunyosi, Fyutyuribllar xalqaro tashkiloti tuzilgan. Bu futurologik tashkilotlar orasida 
Rim klubi alohida o’rin egallaydi. Mazkur xalqaro nohukumat tashkiloti 1968 yil 
aprelda italiyalik jamoat arbobi, «Olivetti» kompaniyasining vitse-prezidenti, FIAT 
kompaniyasi ma’muriy kengashining a’zosi Aurelio Pechchei tashabbusi bilan ta’sis 
etilgan. Klub Jenevadagi maxsus reestrda shtat va budjetga ega bo’lmagan, a’zolari soni 
cheklangan tashkilot sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan. Bugungi kunda Rim klubiga 
jahonning 47 mamlakatida yashab ijod qiluvchi, ilmiy-texnika inqilobi davrida 
insoniyat rivojlanishining istiqbollarini aniqlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan 
yuzdan ortiq fan va madaniyat arboblari a’zo. Klub faoliyatining asosiy shakli – hozirgi 
davrning olamshumul muammolarini o’rganishni tashkil yetishdan iborat.
Kelajakni bashrat qilishning o’ziga xos xususiyatlar quyidagilar bilan tavsiflanadi: 
1. Prognoz qilish jarayoni ob’ektiv va sub’ektiv asoslarga ega. Prognoz qilishning 
ob’ektiv asosi o’tmish, hozirgi zamon va kelajakning qonuniy aloqasi bilan 
belgilanadi.Bashorat qilishning sub’ektiv asosi inson tafakkurining o’tmishdan hozirgi 
zamon orqali kelajakka eltuvchi qonuniy tendentsiyalarini aniqlash va qayd yetish 
asosida kelajakni oldindan aytish imkoniyatida zohirdir. Kelajakni oldindan aytish 
bo’lg’usi voqealar haqida xulosalar chiqarish qobiliyati ko’rinishini kasb etgan.
Prognoz qilishning ob’ektiv va sub’ektiv asoslarini aniqlash uni ba’zan bashorat 
bilan bog’lanadigan soxta bashoratgo’yliklardan farqlash imkonini beradi. Odatda, soxta 
bashoratgo’yliklar ob’ektiv jarayonlarni o’rganishga emas, balki sub’ektivistik 
o’zboshimchalikka, ya’ni ko’ngliga kelgan fikrni ilgari surishga asoslanadi.
2. Ijtimoiy prognoz qilish mavjud nazariyalar bilan uzviy bog’liq, ulardan kelib 
chiqadi. Ma’lumki, har qanday nazariya uch funksiyani: sintez qilish, tushuntirish va 
prognoz qilishni bajaradi. ya’ni nazariya u yoki bu sohada mavjud holatni tushuntiradi 
va uning rivojlanish tendentsiyasini bashorat qiladi. Binobarin, ilmiy prognoz qilish 
nazariyadan boshlanadi.
Ilmiy bashoratning keyingi mantiqiy tuzilishi quyidagi ko’rinishga ega: 
- bashorat muammosini aniqlash;
- gipotezani ilgari surish; 
- prognoz qilish (bashoratning umumiy muammosi doirasida ayrim vazifalarni 
yechish uchun prognozlarni ilgari surish); 
- ilgari surilgan prognozlar asosida prognostik faoliyat rejasini tuzish; 


- prognozlarning haqqoniyligi, ishonchliligini asoslash va ularni imkoniyat 
darajasida amaliyot sinovidan o’tkazish yo’li bilan tasdiqlash.
3. Ijtimoiy prognoz qilish kelajakni muayyan tarzda davriylashtirishni nazarda 
tutadi. Kelajak haqidagi bilimlar hozirgi davrdan uzoqlashishiga qarab o’zining 
muayyanlik va aniqlik xossalarini yo’qotib, umumiyroq va nomuayyanroq tus olib 
borgani bois, bevosita, ko’zga ko’rinadigan va uzoq kelajak haqida so’z yuritilsa, 
maqsadga muvofiq bo’ladi. Bevosita kelajakning vaqtdagi chegarasi 30 yildan 
oshmaydi. Ilmiy kashfiyot yaratilganidan u amalda gavdalantirilgunga qadar taxminan 
20 yil vaqt o’tadi. SHunga asoslanib iqtisodiyotning joriy yuz yillikning 40-yillaridagi 
texnologik darajasi haqida ishonch bilan hukm chiqarish mumkin. Joriy yuz yillikning 
kattagina qismini qamrab oluvchi ko’zga ko’rinadigan kelajakka kelsak, bizning u 
haqdagi bilimlarimiz, ta’bir joiz bo’lsa, haqiqatnamo xususiyat kasb etadi va ularga 
ehtiyotkorlik bilan yondashish talab etiladi. Jahon aholisi sonining jadal sur’atlarda 
o’sishi XXI asrning ikkinchi yarmida to’xtashini, 2100 yilga borib u taxminan 10-12,5 
mlrd. kishiga yetishini kutish mumkin. Keyingi yuz yillik chegarasi ortida yotgan uzoq 
kelajak xususida real imkoniyatlarga ega bo’lmagan turli gipotetik farazlarga muvofiq 
hukm chiqarish mumkin. Ammo bu farazlar tarixiy muddatlar va ularning hayotda 
gavdalanish shakllari nuqtayi nazaridan muayyan taxminiy baholar bo’lishi ham 
mumkin emas.
4. Prognoz qilish – bu maxsus ilmiy metodlar yordamida kelajak haqida bilimlar 
olish jarayoni. Bu metodlar prognoz tuzish maqsadida empirik axborotni tanlash va 
tahlil qilish usullari va amallari yig’indisidan iborat. Prognoz qilishning ilmiy vositalari 
to’plami kelajakni bilishning 200 dan ortiq metodlari, maxsus metodikalari va mantiqiy 
vositalarini o’z ichiga oladi. Ammo ularni besh asosiy guruhga birlashtirish mumkin 
(qolganlari ularning variantlari hisoblanadi): 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling