Global kompiyuter tarmoqlari Reja


Birinchi guruh eng katta umumiylik va muhimlik darajasi bilan


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana18.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1029107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Global kompiyuter tarmoqlari

Birinchi guruh eng katta umumiylik va muhimlik darajasi bilan 
tavsiflanadigan muammolar. Ular turli davlatlar o’rtasidagi munosabatlardan kelib 
chiqadi. Ayni shu sababli ular interijtimoiy global muammolar deb ataladi. Bu erda 
jamiyat hayotidan urushni bartaraf yetish va adolatli dunyoni ta’minlash; Yangi xalqaro 
iqtisodiy tartib o’rnatish kabi ikki o’ta muhim muammo farqlanadi:
Ikkinchi guruh jamiyat va tabiatning o’zaro ta’siri natijasida yuzaga 
keladigan muammolar bo’lib, ular odamlarni energiya, yonilg’i, chuchuk suv, xom 
ashyo resurslari va shu kabilar bilan ta’minlash kabilardir. Bu guruhga ekologik 
muammolar, shuningdek Jahon okeani va kosmik fazoni o’zlashtirish ham kiradi. 
Uchinchi guruhni «inson – jamiyat» tizimi bilan bog’liq muammolar ya’ni 
demografiya muammosi, sog’liqni saqlash, ta’lim, xalqaro terrorizm tahdidi ma’naviyat 
masalalari va shu kabilardir. 
U yoki bu muammoning muayyan guruhga kiritilishi ma’lum darajada shartli 
xususiyat kasb etadi va muhim omillarga, ularni ajratish asoslariga bog’liq bo’ladi. SHu 
sababli har qanday tasnif masala echimining uzil-kesil varianti sifatida emas, balki 
murakkab tizimni qayta tuzishning global muammolar o’zaro aloqasi tabiatini yaxshiroq 
tushunishga ko’maklashadigan usullaridan biri sifatida qaralishi lozim.
Endi butun insoniyatga jiddiy xavf tug’dirayotgan eng muhim muammolarga 
qisqacha tavsif beramiz.
Global muammolarni yechishda falsafaning roli. Og’ir va murakkab vazifalarni 
yechishda insonga fan doim yordam bergan. Bir paytlar erishib bo’lmaydigan, inson 
imkoniyatlari darajasidan tashqarida bo’lib tuyulgan narsalarning aksariyatiga aynan fan 
yordamida erishilgan. Ayni shu sababli global muammolar xavf solayotgani haqidagi ilk 


ogohlantirishlarning o’ziyoq odamlarni fanga o’z e’tiborini qaratishga, olimlarni esa bu 
muammolarni yechish yo’llarini izlashga majbur qildi.
Yuzaga kelgan vaziyatning o’ziga xosligi va Yangiligi shundan iboratki, har 
qanday muayyan muammolarni ayrim fan yoki bir necha fanlar majmui doirasida 
o’rganish mumkin bo’lsa, inson, jamiyat va tabiatni ularning ko’p sonli o’zaro aloqalari 
va o’zaro bog’liqliklarida qamrab oluvchi murakkab tizimdan iborat global 
muammolarni tadqiq yetishga ayrim fanlar qodir emas. Zero o’z tadqiqoti ob’ekti – u 
yoki bu ayrim muammoni boshqa global muammolar kontekstida talqin qilishga 
muayyan fanlar doirasi torlik qiladi. SHu sababli u yoki bu fan qaysi muayyan 
vazifalarni yechishidan qat’iy nazar, ular bilan bog’liq jarayonlar va hodisalarga, ya’ni 
butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan falsafiy 
yondashuv doimo tadqiqotning zaruriy sharti hisoblanadi.
Har qanday ayrim fanlar muayyan bosqichda o’z tadqiqot predmetini falsafiy 
jihatdan anglab yetishga u yoki bu darajada muhtoj bo’ladi. Muayyan fan predmetiga va 
insoniyat oldida turgan muammolarga nisbatan bunday keng yondashuvsiz fundamental 
kashfiyotlar qilish ham, umuman fanning rivojlanishi ham mumkin emas.
SHunday qilib, ayni holda, bir tomondan, masalalarning falsafiy echimi to’g’risida, 
boshqa tomondan esa – falsafa fanlarning keng doirasi o’zaro aloqa qilishini 
rag’batlantirishi, bunda ularning fanlararo birlashuvi muhim o’rin tutishi to’g’risida so’z 
yuritiladi.
Garchi falsafa odamlarning kundalik hayoti va amaliyotidan ancha uzoqda bo’lgan 
haddan tashqari umumiy masalalarni o’rganadi, degan fikr mavjud bo’lsa-da, u (falsafa) 
global muammolarni yechishda muhim rol o’ynaydi. Zero, umumiy nazariyalar ba’zan 
bilimning aksariyat muayyan sohalariga qaraganda ko’proq samara berishi mumkinligi 
yaxshi ma’lum.
Global muammolarni falsafiy anglab yetishning o’ziga xos xususiyatlarini tavsiflar 
ekanmiz, falsafaning asosiy funksiyalaridan kelib chiqadigan va bilishning shu 
shakligagina xos bo’lgan xususiyatlarni qayd etib o’tamiz.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling