Global kompiyuter tarmoqlari Reja


Prognozlarning mazmuni va vazifasidan kelib chiqib, ularning to’rt asosiy


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana18.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1029107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Global kompiyuter tarmoqlari

Prognozlarning mazmuni va vazifasidan kelib chiqib, ularning to’rt asosiy 
tipini farqlash mumkin.
Qidiruv prognozi – ijtimoiy ob’ektning kelajagi qanday bo’lishi mumkinligini 
ko’rsatish uchun tuziladigan prognoz. U rivojlanish qaysi yo’nalishda yuz beradi
kelajakning muayyan davrida prognoz ob’ektining holati qanday bo’lishi mumkin, 
degan savollarga javob beradi.
Normativ prognoz – boshqaruvni optimallashtirish yo’llarining oqilona tashkil 
etilgan tahlili. Bu prognoz obrazli qilib «teskari prognoz» deb ataladi, chunki unda 
o’rganish teskari yo’nalishda – kelajakdan hozirgi davrga qarab amalga oshiriladi. 
Normativ prognoz qo’yilgan maqsadlarga erishish yoki qo’yilgan vazifalarni yechish 
uchun nima qilish mumkin yoki kerak, degan savolga javob beradi. Normativ 
prognozning predmeti sifatida ijtimoiy jarayonlar xususiyatini butunlay o’zgartirishga 
qodir bo’lgan g’oyalar, gipotezalar, farazlar, axloqiy me’yorlar, ijtimoiy ideallar
maqsadlar va mo’ljallar amal qiladi.
Analitik prognoz kelajakni o’rganishning turli metodlari va vositalarining bilishga 
doir qimmatini ilmiy maqsadlarda aniqlash uchun tuziladi.
Prognoz-ogohlantirish kishilarni ehtimol tutilgan kelajakning masalan, yuz berishi 
kutilayotgan ekologik halokatlarning oldini olishga majbur qilish maqsadida ularning 
ongi va xulq-atvoriga bevosita ta’sir ko’rsatish uchun ishlab chiqiladi.
SHuni qayd yetish lozimki, prognozlarning asosiy tiplari o’rtasidagi farq 
shartlidir; ayni bir konkret ijtimoiy prognozda bir necha turdagi belgilar mavjud 
bo’lishi mumkin.
SHunday qilib, ijtimoiy hayotni tartibga solishning ijtimoiy qonun, zaruriyat, 
ehtiyoj, manfaat, muammo, maqsad, vazifa, ideal, norma, kishilar faoliyatining tamoyili 
vositalaridan ongli ravishda foydalanish zamirida prognoz qilish yotadi. U bilishni 
amaliyot bilan bog’lovchi bo’g’in sifatida amal qiladi, fanning nazariyani kundalik 
hayot bilan, bilishning amaliy voqeligi bilan uzviy bog’lovchi funksiyasi hisoblanadi. 


Ilmiy boshqarish, xususan, uning muhim funksiyalaridan biri – rejalashtirish prognoz 
qilishga asoslanadi. Prognoz qilish yuz berishi muqarrar bo’lgan yoki ehtimol tutilgan 
maqbul ijtimoiy hodisalar haqidagi bilimlarni ham, nomaqbul ijtimoiy hodisalar 
haqidagi bilimlarni ham shakllantiradi.
 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling