Global kompiyuter tarmoqlari Reja


Prognozlashtirishning metodlari


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana18.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1029107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Global kompiyuter tarmoqlari

Prognozlashtirishning metodlari:
1. Ekstrapolyatsiya metodlari. 
2. Tarixiy analogiya. 
3. Modellashtirish. 
4. Ekspertiza usulida baholash. 
5. Kelajak stsenariylari.
Ko’rsatilgan kelajakni bashorat qilish metodlarining har biri o’z afzalliklari va 
kamchiliklariga ega.


Ekstrapolyatsiya metodlari - qonuniyatlari o’tmishda va hozirgi davrda yaxshi 
ma’lum bo’lgan tendentsiyalarni kelajakka tatbiq yetishga asoslanadi.Masalan, biron-
bir tizimga o’tmishda muayyan o’zgarmas tezlik yoki tezlanish bilan rivojlanish xos 
bo’lgan bo’lsa, bizda bu tezlik yoki tezlanish kelajakda ham muayyan zamon oralig’ida 
o’zgarishsiz qoladi deb hisoblash uchun asoslar bor. Tarixiy analogiya – bu taqqoslash 
yo’li bilan kelajakni bilish. Taqqoslanayotgan ijtimoiy hodisalar o’rtasida farq ham
o’xshashlik ham mavjud bo’lishi kerak. Taqqoslash uchun asos bo’luvchi omillar 
taqqoslanishi lozim bo’lgan hodisalarga qaraganda tanishroq bo’lishi lozim. Tarixiy 
analogiyaning ijtimoiy bashoratga moslashuvchanlik darajasi cheklangan. Bu tabiiy bir 
holdir, zero kelajakka boshqa tarixiy sharoitlar yo’ldosh. Tarixiy analogiya ko’proq 
tarixiy faktni faol tanqidiy tahlil qilishga ko’maklashadi.
Modellashtirish metodi bilish ob’ektlarining o’zini emas, balki ularning 
modellarini o’rganishga asoslanadi. Tadqiqot ob’ektini modellashtirish – uni 
prognostik xususiyatga ega bo’lgan xulosalar chiqarish uchun qulay bo’lgan sodda, 
sxematik ko’rinishda gavdalantirishdir. Tadqiqot natijalari modeldan ob’ektga 
ko’chiriladi. Prognoz qilishning modelli metodlari shakllarining rang-barangligi bilan 
tavsiflanadi. Modellashtirishning moddiy, fizik, belgili (matematik), imitatsion, 
kompyuterda modellashtirish kabi turlarini farqlash mumkin.
Ekspertiza usulida baholash- bu ilmiy metodning mohiyati ekspertlar (fan va 
texnikaning turli sohasidagi etakchi mutaxassislar) tomonidan muammoni tahlil qilish 
va so’ngra natijalarni formallashtirilgan asosda qayta ishlashdan iborat
Ekspertlarning umumiy xulosasi muammoning mumkin bo’lgan eng maqbul echimi 
sifatida qabul qilinadi. Bu metodlar guruhiga, odatda, quyidagilar kiritiladi: konsensus 
(kelajakka doir muayyan masala bo’yicha ekspertlar umumiy bir to’xtamga kelishi); 
«aqliy hujum» (muammolarni yechish vositasi va prognoz qilish usuli, ayniqsa 
kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan bir nechta vaziyatni ko’rib chiqishga ehtiyoj 
tug’ilgan holda). Metodning mohiyati shundan iboratki, muammoga doir har qanday, 
hatto «g’alati» g’oyalar ilgari suriladi; bu g’oyalar rivojlantiriladi, o’z g’oyalarini taklif 
qilish mumkin, lekin ularni tanqid qilishga ruxsat etilmaydi; «Delfi» metodi (qadimgi 
Yunonistonning mashhur orakuli ismi bilan atalgan). U ekspertlar o’rtasida so’rov 
o’tkazishga asoslangan. Bunda oldinma-ketin so’rov jarayonida har bir ekspert boshqa 
ekspertlarning fikrlari bilan tanishtiriladi; bir nechta sikllar natijasi o’laroq ustuvor fikr 
aniqlanadi. Ekspertiza usulida baholashning yana bir o’ziga xos metodi – sotsiologik 
so’rov mavjud bo’lib, u so’nggi yillarda bizda ham, chet elda ham tobora keng 
qo’llanilmoqda.
Kelajak stsenariylari – bu kuzatilayotgan tendentsiyaning ehtimol tutilgan kelajagi 
haqidagi u yoki bu taxminni asoslovchi dastlabki farazlarning tartibga solingan 
yig’indisi. Stsenariylar: a) u yoki bu nazariy vaziyatni qay yo’l bilan bosqichma-bosqich 
amalga oshirish mumkinligini; b) voqealarning muayyan rivojiga yo’l qo’ymaslik, 
ularni engillashtirish yoki chetlab o’tish uchun voqealarning ishtirokchisi uchun har bir 
bosqichda qanday variantlar mavjudligini aniqlaydi.
Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish imkoniyatlarini prognoz qilish 
natijasi prognoz hisoblanadi. U kelajak u yoki bu muammolarining rivojlanishi va ularni 
yechishning mumkin bo’lgan barcha variantlarini, ularning bir-birini istisno etuvchi 
variantlarini, stixiyali va ongli jarayonlarni, ularning vaqt va ko’lam parametrlarini 


aniqlash imkonini beradi. Kelajakning ijtimoiy prognozlar taklif qilayotgan tavsifining 
mazmuniga qarab, ular insonni yo unga faol intilishga, yo uning yuz berishiga qarshi 
harakat qilishga, yo uni passiv kutishga da’vat etadi. SHu sababli har qanday ijtimoiy 
prognoz ilmiy-bilishga doir mazmunni ham, muayyan mafkuraviy vazifani ham o’zida 
birlashtiradi. Bunda bilishga doir funksiya ustunlik qilishi ham, mafkuraviy funksiya 
ustunlik qilishi ham mumkin.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling