Global kompiyuter tarmoqlari Reja


Sayt: turlari, tiplari, metodlari


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana18.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1029107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Global kompiyuter tarmoqlari

Sayt: turlari, tiplari, metodlari. Bashorat – kelajak haqidagi, ya’ni hali amalda 
mavjud bo’lmagan, lekin rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi ob’ektiv va 
sub’ektiv omillar ko’rinishida hozirgi zamonda potentsial mavjud bo’lgan hodisalar va 
jarayonlar haqidagi bilim. Bashorat o’z gnoseologik tabiatiga ko’ra gipotezani ilgari 
surishga yaqin turadi. Ammo gipoteza – o’tmishni ham, hozirgi zamonni ham, kelajakni 
ham bilishga tatbiq etiladigan mantiqiy shakl, bashorat esa kelajakka yoki hali ma’lum 
bo’lmagan hozirgi davrga qarab mo’ljal oladi.
Kelajakni oldindan aytish usuli, teranlik va aniqlik darajasiga ko’ra bashoratning 
turlarini farqlash mumkin: Mifologik bashorat; kundalik bashorat ;astrologik bashorat; 
intuitiv bashorat; ilmiy bashorat.
Mifologik bashorat arxaik ong darajasidagi (eng qadimgi) bashorat turlaridan biri 
bo’lib, unda voqelar obrazlarning harakatlarida ifodalanadi. Masalan olimlar Mayya 
qabilalarining “Drezden qo’lyozmalari”da 2012 yil 21 dekabr qiyomat kuni deb 
belgilanganligi aniqladilar. Xususan, qo’lyozmalarda to’p o’ynayotgan navkarlar, 
baland tepalikda to’p tushishi mumkin bo’lgan doira hamda boshi tanasidan judo 
qilingan navkar ramzi ifodalangan. Olimlar fikricha to’p Quyosh ramzi,balandlikdagi 
doira Somon yo’li ramzi muvozanat markazining ifodasi. Navkarlar to’pni tepib doiraga 
kiritishi lozim. Doiraga to’pni kirita olmagan navkarnnig boshi olingan. Olimlar 
to’pning doiraga tushishini qiyomat kuni, ya’ni muvozanatning buzilishi ramzi deb 
tahlil qilmoqda. SHuningdek, Mayya qabilalari qo’lyozmalarida dunyoviy suv toshqini 
ham obrazlarda ifodalangan. Darhaqiqat, bundan ikki ming yil ilgari arxaik ong 
darajasidagi bashorat XX asrdagi tez-tez takrorlanayotgan zilzilalar, suv toshqinlari, 
dengiz to’fonlari va shu kabi boshqa tabiiy ofatlarda namoyon bo’lmoqda. SHu bois, 
bugungi kunda pessimist olimlar qiyomat kuni yaqin deb ayyo hannos solsalar
optimistlar bu astronomik sikllar almashinuvi xolos deb bashorat qilmoqda. Insoniyatni 
yaqin kelajakda nima kutmoqda. Bu savolga inson o’z faoliyati maqsadi va natijalariga 
ko’ra javob berishi lozim. 
Kundalik bashorat insonning kundalik hayot tajribasiga, tabiat va jamiyatda u yoki 
bu voqealarning tez-tez takrorlanishini bevosita kuzatishga asoslanadi. Kundalik 
bashoratlarga xalqda mashhur bo’lgan ob-havo alomatlari misol bo’lishi mumkin. 
Masalan, quyosh botayotganda odatdagidan uzoqroq ushlanib qolgan bo’lsa, yomg’irni 
kutish kerak; yozda ertalab tuman tushgan bo’lsa, demak kunduzi havo ochiq bo’ladi; 
SHarqdan shamol essa, tez orada yomg’irlar tugaydi.
Astrologik bashoratosmon jismlarining harakati, Oy va Quyosh tutilishi sikllarini 
kuzatishga asoslanadi. Astrologik bashorat o’rta asrlarda keng tarqalgan bo’lsada 
keyinchalik unga munosabat o’zgargan. Lekin, XX asrda ezoterik bilimlarning rivoji 
astrologik bashoratlarning asosli ekanligini tan olmoqda.


Intuitiv bashorat ilmiy tajriba va mantiqiy mushohadasiz haqiqatning tagiga 
bevosita yetishdir. Bashoratning bu turi hali yaxshi o’rganilmagan va ko’pincha unga 
yetarlicha baho berilmaydi. Holbuki, aqlni lol qoldiradigan faktlar ma’lum. Masalan, 
to’rt yuz yil oldin yashagan frantsuz tabibi Mishel Nostradamus misli ko’rilmagan 
bashoratgo’ylik qobiliyatiga ega bo’lgan. O’zining mashhur «TSenturiyalari» va boshqa 
asarlarida u XX asrning texnik kashfiyotlari – suv osti kemalari, samolyotlar, vodorod 
bombasinigina emas, balki frantsuz va rus inqiloblarini, shuningdek de Goll, Franko, 
Lenin, Stalin, Gitler, Mussolini kabi shaxslarning paydo bo’lishini ham bashorat qilgan. 
O’z davrining mashhur folbini Aleksandra Filippovna Kirxgof buyuk shoir 
Aleksandr Pushkinga uning hayotidagi muhim voqealarni: tez orada ko’p pul olish, ikki 
surgun, uylanish, mashhurlik, 38 yoshda hayotni tark yetish ehtimolini bashorat qilgan. 
Afsuski, bu bashorat to’la ro’yobga chiqqan.
Ukrainalik atoqli faylasuf va shoir Grigoriy Skovoroda ham bashorat qilish 
qobiliyatiga ega bo’lgan. U o’z qishlog’i – Ivanovkaga oxirgi marta kelganda kasal 
bo’lmagan. Hammaga o’zining o’limi yaqinligini e’lon qilgan, o’zi o’ziga qabr qazgan, 
o’z «xonaqosi»ga qaytib kelgan, ich kiyimini almashtirgan, boshiga o’z asarlarini 
qo’ygan va vafot etgan.
Boshqa ko’plab g’ayrioddiy faktlarni keltirish mumkin. Ularning barchasi intuitiv 
bashoratni e’tibordan soqit yetish yaramasligidan dalolat beradi.
XX aso oxiri XXI asr boshlarida dunyo tan olgan va e’tirof etgan bashoratchilar 
Vanga xonim, Juna Davitashvili, er-xotin Pavel va Tamara Globalar bo’lib, ular 1989 
yildayoq 1991 yilda SSSR parchalanishini, o’sha davrda hukumatni boshqarayotgan V. 
Gorbachevning taxtdan ag’darilishini va Mustaqil hamdo’stlik mamlakatlari tashkil 
etilib, jamiyat hayotida Yangi davr boshlanishini bashorat qilganlar. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling