Global kompiyuter tarmoqlari Reja


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana18.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1029107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Global kompiyuter tarmoqlari

Oltinchidan, global muammolarga oid ilmiy axborotning shiddat bilan o’sib 
borayotgan oqimida yanada aniqroq mo’ljal olish imkoniyati tabiiy-tarixiy jarayonni 
yaxlit ko’rish va uni talqin qilishga nisbatan dialektik yondashuv mahsuli hisoblanadi.
Yettinchidan, falsafa inson hayotining mazmuni, o’lim va umrboqiylik 
masalalarini kun tartibiga qo’yadiki, bu insoniyatga global muammolar tahdid 
solayotgan sharoitda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
Nihoyat, falsafaning yana bir muhim metodologik funksiyasi shundan iboratki, u 
insoniyatning hozirgi muhim muammolari bilan bevosita bog’liq bo’lgan va bashariyat 
rivojlanishining ob’ektiv tendentsiyalarini tushunish va anglab yetishda ulkan rol 
o’ynaydigan «tabiat», «jamiyat», «sivilizatsiya», «ijtimoiy taraqqiyot», «fan-texnika 
inqilobi» kabi boshqa kategoriyalarni ishlab chiqadi.
Hozirgi davrning global muammolarini o’rganishga nisbatan falsafiy yondashuv 
haqida muayyan tasavvur hosil qilgach, endi globallashuv jarayonlari kuchayishiga 
qarab ahamiyati oshib borayotgan muammolarning o’zini shu nuqtayi nazardan ko’rib 
chiqamiz.
«Hozirgi davrning global muammolari» tushunchasi 1960-yillar oxiri – 1970-
yillarning boshlarida keng tarqaldi va shundan beri ilmiy va siyosiy muomala(leksikon) 
hamda ommaviy ongdan mustahkam o’rin oldi. Aksariyat hollarda u global sanalmagan 
voqealar va hodisalarga nisbatan qo’llaniladigan atama sifatida ishlatiladi. Bunday 
holga milliy va umumbashariy ahamiyatga molik voqealar tenglashtirilganida, masalan, 
muayyan bir mamlakatning ijtimoiy muammolarini nazarda tutib, ular «global» deb 
nomlangan holda duch kelish mumkin.
Falsafada bu vazifani yechish uchun tegishli mezonlar belgilangan bo’lib, ularga 
muvofiq u yoki bu muammo global deb belgilanadi va shu tariqa bunday xususiyatga 
ega bo’lmagan boshqa ko’p sonli muammolardan farqlanadi.
Etimologik jihatdan «global» atamasi, «globallashuv» atamasi kabi, er kurrasi bilan 
bog’liq. Ayni shu sababli butun insoniyat manfaatlariga daxldor muammolarni ham, 
dunyoning turli nuqtalaridagi har bir ayrim insonga tegishli bo’lgan, ya’ni 
umuminsoniy xususiyat kasb etadigan muammolarni ham «global» deb nomlash odat 
tusini olgan. Ular jahon iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining muhim ob’ektiv omili 
sifatida ayrim mamlakatlar va mintaqalarning rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir 
ko’rsatadi. Ularni yechish aksariyat davlatlar va tashkilotlarning kuch-g’ayratini xalqaro 
darajada birlashtirishni nazarda tutadi. Ayni vaqtda global muammolarning echilmay 
qolishi butun insoniyat kelajagi uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling