Glossariy avtonomlashuv


Download 69.68 Kb.
bet11/12
Sana03.06.2024
Hajmi69.68 Kb.
#1842032
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
GLOSSARIY 22-tema

SHaxslararo muomala-insonlar orasida aloqalar o’rnatishning murakkab jarayoni. Pedagogik jamoada shaxslararo muomalaning quyidagi xususiyatlari to’g’rilanishga muhtoj: ba’zi pedagoglarning sabrsizligi, irodasizligi, kasbdoshlarini tinlay olmaslik, o’z maqomini oqlash. ijtimoiy pedagogik treninglar, boshlang’ich pedagog maktablari orqali sabr-matonat, tinglash madaniyati kabi xislatlarni shakllantirsa bo’ladi.
SHaxsning hayot tarzi-maqsadga muvofiq shakllangan qiziqishlar, faoliyat turlari va hayot yo’llari tizimi.
SHaxsning o’z-o’zini rivojlantirishi-bu insonning o’z hayotiy faoliyatining sub’ektiga aylanishidir. Sub’ektlik-insonning hayotdagi faol, mustaqil holati va maqomi. U inson tug’ilishidanoq unga xos bo’lib, uning ilk psixologik namoyon bo’lishi bolaning jonlanishi hisoblanadi. YOsh o’tgan sari u o’z shakllarini o’zgartiradi-insonda axloqiy, estetik, ijtimoiy va psixologik qo’zg’atuvchi sabablar paydo bo’ladi. Inson o’z-o’zini anglash, muomala va faoliyat sub’ektiga aylanadi. Bu faollik ham shaklan ham mazmunan o’zgaradi. Inson qanchalik yoshi o’tsa u shunchalik ko’proq o’z-o’zini rivojlantirish sub’ekti bo’ladi.
Xayriya-alohida shaxslar yoki tashkilotlar tomonidan kam ta’minlangan oilalar, muhtojlarga ko’rsatiladigan yordam.
Hayotiy vazifalar-insonning hayotiy yo’naltirilganligi, faoliyat usuli, o’ziga, olam va insonlarga nisbatan munosabat turi.
Homiylik-voyaga yetmaganlarning (boshqa toifa insonlarning ham) shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish shakli, ya’ni homiylikda vasiylikka qaraganda ancha keng toifadagi bolalar huquqlari himoya qilinishi mumkin.
Huquqbuzarlik-biror-bir huquqni buzuvchi har qanday xatti-harakat. Huquqbuzarliklar ijtimoiy xavfli harakat va jinoyatlarga bo’linadi.
O’zaro munosabatlar-jamoada ijtimoiy psixologik iqlimni shakllantirish asosi.
O’z-o’zini aktuallashtirish-insonning o’z shaxsiy imkoniyatlarini to’liq aniqlashga va rivojlantirishga qaratilgan doimiy intilish.
O’z-o’zini anglash-inson ongining eng oliy irodasi bo’lib, o’zi haqidagi tasavvurlar, xulq-atvori, faoliyati, ehtiyojlarini anglashdan namoyon bo’ladi.

Download 69.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling