G‘olibsiz urush. Falastin—Isroil mojarosi haqida


Unda Falastin hududlari qayerda?


Download 315.15 Kb.
bet2/17
Sana01.10.2023
Hajmi315.15 Kb.
#1690401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Isroil Falastinn

Unda Falastin hududlari qayerda?


1947-yilda Falastin hududlari bo‘linishi rejasi e’lon qilinganda yahudiy davlati tuzilib, arab davlati tuzilmagach, Falastinning arablar uchun ajratilgan hududlarini egallagan Misr va Iordaniya boshqarib keldi. 1964-yilda falastinliklarning dastlabki harbiylashgan siyosiy instituti — Falastin Ozodlik tashkiloti tuzildi.
1967-yilda Isroil ushbu hududlarni egallagach Iordaniya hududiga ko‘chib o‘tgan tashkilot tez orada qo‘shni davlat rahbariyati bilan kelishmay Livanga chiqib ketdi va ham Livan fuqarolar urushida qatnashdi, ham Isroilga hujumlar uyushtirib turdi. Bu orada Misr ham 1978-yilda Kemp-Devid kelishuvlari natijasida Isroil bilan dushmanlik munosabatlarini tugatib, rasmiy aloqalar o‘rnatdi.
“Falastinni ozod qilish burchi”ni o‘z zimmasiga olgan ikki asosiy qo‘shnining chekinishi ortidan hamda butun umri Isroil bilan urushda o‘tgan yangi avlod shakllanishi tufayli G‘azo sektori va G‘arbiy sohilda yahudiy manzilgohlari qurilishidan norozilik sifatida boshlangan harakatlar 1987-yilda birinchi Falastin Intifadasiga aylanib ketdi.
Ushbu qo‘zg‘olon natijasida tez orada va nihoyat Falastinda arab davlati tuzilishi e’lon qilindi. Falastin milliy muxtoriyati nomini olgan davlat tuzilmasi yetakchisi Yosir Arofat BMT minbaridan turib 1967-yilgi chegaralar bo‘yicha hududlar kafolatlanishi evaziga Isroil davlati tan olinishini ham ma’lum qildi.
Falastinliklarning birinchi qo‘zg‘oloni 1993-yilgacha davom etdi va ikki taraf yetakchilariga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini olib bergan Oslo kelishuvlariga olib keldi. Bu paytga kelib Falastinning G‘arbiy sohildagi hududlari yahudiy manzilgohlari qurilishi evaziga yuzlab bo‘laklarga bo‘linib ketgan edi. Oslo kelishuvlarida ushbu status-kvo saqlanishi belgilandi, falastinliklarga aholi punktlarini belgilangan hududlardan tashqariga kengaytirmaslik majburiyati qo‘yildi. G‘arbiy sohilning yahudiylar tomonidan egallangan qismlari 1997-yilgacha Falastin muxtoriyatiga qaytarilishiga kelishildi. Biroq qaytarilmadi. Shunday qilib hozirda Falastin hududlari deganda G‘azo sektori va G‘arbiy sohildagi yuzlab “quruqlikdagi orollar”dan iborat “Falastin arxipelagi” tushuniladi.

Isroilning hozirgi chegaralari va “Falastin arxipelagi”Foto: BBC

Download 315.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling