G‘olibsiz urush. Falastin—Isroil mojarosi haqida


Download 315.15 Kb.
bet8/17
Sana01.10.2023
Hajmi315.15 Kb.
#1690401
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Isroil Falastinn

2021-yilgi qonli toʻqnashuv
Bugungi kunda Falastinda ikki hukumatli tizim mavjud. Gʻazo sektorini – HAMAS, Gʻarbiy qirgʻoqda – Falastin milliy maʼmuriyati.
2021-yil 7-may Ramazon oyining oxirgi Juma kuni, Quddusdagi Al-Aqso masjidi atrofida tartibsizliklar boshlandi. Bunga Isroil politsiyasi tomonidan falastinlik arablar taroveh namozini oʻqiyotgan ushbu masjidga hujum qilingani sabab boʻldi. Bundan tashqari, Isroil sudi Shayx Jarroh mahallasida yashovchi arab oilalarini koʻchirish toʻgʻrisida qaror chiqardi. Chunki bu yerlarga yahudiylar daʼvo qilib keladi.
Shundan soʻng, Gʻazoni nazorat qiluvchi falastinliklarning HAMAS harakati Isroilni ogohlantirdi: Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi va Shayx Jarroh mahallasidan askarlarni olib chiqib ketish uchun mahalliy vaqt bilan soat 18:00 gacha muddat qoʻydi.

HAMAS oʻz talabi bajarilmagach, Isroilga raketa zarbasi yoʻlladi. Bunga javoban Isroil havo amaliyotini boshlab, ommaviy ravishda Gʻazoni bombardimon qildi. 11 kun davom etgan oʻzaro havo hujumlari natijasida Gʻazo sektorida yashovchi 232 nafar arab halok boʻldi va 1900 ga yaqini jarohat oldi. Isroilda esa 12 nafar inson vafot etgan, yuzlab odamlar yaralangan.
Bitmagan yaraning tirnalishi
Joriy yilning 5-avgust kuni Isroil armiyasi Gʻazo sektoriga hujum qildi. Buning oqibatida, 10 nafar falastinlik halok boʻldi va 55 kishi yaralandi. Bundan tashqari Falastin “Islomiy jihod” guruhining yuqori martabali qoʻmondoni Xolid Mansur Isroilning Gʻazo sektoriga qilgan havo hujumi natijasida yoʻq qilindi.
Isroil Bosh vaziri Yair Lapid va Mudofaa vaziri Benni Gans qoʻshma bayonotda zarbalar Isroil fuqarolariga nisbatan oʻziga xos tahdidni bartaraf etish hamda “terrorchilar va ularning hamkorlariga” zarar yetkazishga qaratilganini aytdi.

Tez orada Gʻazo sektoriga uyushtirgan havo hujumiga javoban Isroil hududiga jami 100 ta raketa uchirildi.
Falastin Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlumot berishicha, 5-avgustidan beri Isroil harbiylari Falastinning blokada ostidagi Gʻazo anklavini oʻqqa tutishi oqibatida 44 kishi, jumladan, 15 nafar bola va 4 nafar ayol halok boʻlgan. Yaradorlar soni esa 360 ta kishiga yetgan. Bu holatga Gʻarb davlatlari eʼtibor qaratishni istamayapti. Axir, ular o‘z yaqin ittifoqchilarining jinoyatlarini oshkor qilishmaydi-ku.
Xulosa qilib aytganda, Isroil-Falastin oʻrtasida chigal muammolar juda koʻp. Har ikki tomon ham ularni birgalikda yechishni istamaydi. Falastinliklar oʻz kindik qonlari toʻkilgan yerlarini yahudiylardan qaytarib olishni istaydi, Isroil esa oʻz hududini arablar yashaydigan yerlar hisobiga kengaytirishni xohlaydi. Bunday vaziyat doimo keng miqyosli urush va ziddiyatlar yuzaga kelishga zamin hozirlaydi.


Download 315.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling