G‘olibsiz urush. Falastin—Isroil mojarosi haqida


Download 315.15 Kb.
bet6/17
Sana01.10.2023
Hajmi315.15 Kb.
#1690401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Isroil Falastinn

Katta o‘yin
Birinchi Jahon urushi (1914-1918)dan soʻng toʻrtta (Germaniya, Avstriya-Vengriya, Rossiya va Usmonli) imperiya quladi. Shundan soʻng, 1919-yilda AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan “Millatlar Ligasi” deb nomlangan xalqaro tashkilot tuzildi. Aslida, bu tashkilot qudratli davlatlar qoʻlidagi bir qoʻgʻirchoq edi.
Millatlar Ligasining nizomida “Mandat tizimi” deb atalgan xalqaro huquqning yangi bir normasi belgilab qoʻyildi. Unga koʻra, Millatlar Ligasi mustamlaka boʻlib kelayotgan hududni boshqarish huquqini boshqa bir davlatga topshirishi mumkin edi. Bunday huquqni olgan davlat oʻsha mustamlakani mustaqillikka tayyorlashi lozim boʻlgan. Bu mustaqil Isroil davlatini tashkil etish uchun oʻylab topilgan bir hiyla edi.
Usmonli imperiyasiga qarashli boʻlgan Falastin hududlari Buyuk Britaniya ixtiyoriga oʻtdi. Urush tugamasidan oldin Britaniya Tashqi ishlar vaziriligi “Balfur” deb nomlangan deklaratsiyasini imzoladi. Unga koʻra, Falastinda yahudiylar davlatini tuzish rejasi eʼlon qilindi.

XX asrning 30-yillariga kelib, Falastindagi yahudiy jamiyati 400 ming kishiga yetdi. Maʼlumotlarga koʻra, oʻsha vaqtda arab aholisining soni esa 1 million yaqin boʻlgan. Ikki xalq orasidagi ziddiyat yildan-yilga jiddiylashib bordi.
Nizo urug‘ining sepilishi
Ikkinchi jahon urushi (1939-1945) tugashi bilan Britaniya hukumati Falastin masalasini Birlashgan Millatlar Tashkilotiga topshiradi. BMT esa yahudiylar va arablar yagona davlatda yashay olmaydi, degan fikrga keldi. Shu joyda bir faktni eslatib oʻtsam, yahudiylar va arablar XIII asr davomida bir mamlakatda yashab, tinch hamda osuda hayot kechirishgan.
BMT aholining joylashuviga qarab, yahudiy va arab davlatini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Shunda yahudiylarga 14,1 ming kvadrat kilometr, arablarga esa 11,1 ming kvadrat kilometr yer berildi. Uch dinning muqaddas shahri – Quddus xalqaro hudud boʻlishi kerak edi. Yahudiylar bu shartga rozi boʻldi, arablar esa bu haqida eshitishni ham istashmadi. Yer taqsimlanishi adolatsiz tarzda amalga oshirilgan edi. Sababi yahudiylarga katta va hosildor yerlar berilgandi.

Arablarning noroziligiga qaramay, BMT 1947-yil 29-noyabr kuni Falastinda ikkita davlat tashkil etish (Isroil va Falastin) haqida rezolutsiyani qabul qildi. Shundan soʻng dunyoning turli burchaklaridan ming-minglab yahudiylar Falastinga koʻchib kela boshladi. Yevropadan yahudiylarning kelishi nizoni alanga oldirdi.
1948-yil 14-may kuni Isroil davlati (yahudiylar davlati) tashkil etildi-yu, biroq Falastin davlati tashkil etilmadi. Bu yonib turgan olovga benzin sepishdek voqea boʻldi. Bu esa birinchi arab-Isroil urushini keltirib chiqardi.


Download 315.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling