G‘olibsiz urush. Falastin—Isroil mojarosi haqida
Falastin xalqining fojiasi
Download 315.15 Kb.
|
Isroil Falastinn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zamonaviy ziddiyatlar
Falastin xalqining fojiasi
Misr, Suriya, Transiardaniya, Livan, Iroq va boshqa arab davlatlarining birlashgan qoʻshinlari Isroilga hujum qildi. Ammo arab davlatlari hech qanday natijaga erisha olmadi. 1949-yilning iyul oyiga kelib Isroil barcha hujumlarni qaytardi va bostirib kirgan arab armiyasini yakson qildi. Bu urush Isroil tarixida “mustaqillik urushi” deb nomlandi. Urush yakuniga koʻra, BMT mandati boʻyicha Falastindagi arablar uchun ajratilgan yerlarning 1300 km² va 112 ta aholi yashash punkti hamda Sharqiy Quddus Isroilga oʻtib ketdi. Aynan 1948-yilgi urushdan soʻng Falastin xalqining fojiasi boshlandi. Oʻtgan asrning 40-yillar oxirida yuz bergan ushbu toʻqnashuvdan keyin ham arablar va yahudiylar oʻrtasida bir necha marta yirik janglar boʻlib oʻtdi. Jumladan, 1967 yildagi “Olti kunlik urush”, 1973 yilda boʻlib oʻtgan “Yom-Kippur urushi” ikki oʻrtadagi ziddiyat eng choʻqqisiga chiqqan vaziyatlar hisoblanadi. Eng qizigʻi ikkala toʻqnashuvda ham Isroil gʻalaba qozongan. Bu urushlar natijasida, Isroil oʻz hududini uch barobarga kengaytirib oldi. Sharqiy Quddus ham Isroil nazorati ostiga o‘tdi. 1980-yilda Isroil Quddusni oʻzining yagona poytaxti deb eʼlon qildi. Zamonaviy ziddiyatlar Yillar davomida Isroil dunyoning turli nuqtalaridan yahudiylarni qabul qilishda davom etib, oʻz davlatchiligini mustahkamlab bordi. Maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda Isroil hududida 6.8 million yahudiy va 1,9 million arab istiqomat qiladi. Falastin yerlarida esa 5 million arab mavjud. 1988-yil 15-noyabr kuni Falastin tarixida katta siyosiy voqea roʻy berdi. Oʻsha kuni “Falastin ozodlik” tashkiloti Jazoir shahrida mustaqil Falastin davlati tuzilganini eʼlon qildi. Yosir Arofat bu mamlakatning birinchi rahbari etib tayinlandi. Biroq, Falastin defacto mustaqil davlat boʻlib qoldi. 1993-yil 12-sentabr kuni AQSh prezidenti Bil Klinten vositachiligida Yosir Arofat va Isroil Bosh vaziri Ichak Rabin “Oslo” kelishuviga imzo chekdi. Unga koʻra, Gʻazo sektori va Gʻarbiy sohilning kichik qismi Falastinga qaytarib beriladi. Lekin yahudiy tomonidan egallab olingan Quddus shahri toʻliq tarzda Isroil nazoratida qoldi va bu yerlarni Isroil hali beri arablarga qaytarish niyati yoʻq. Tarixiy jihatdan musulmonlar, nasroniylar va yahudiylar uchun ham muqaddas boʻlib kelgan Quddus shahri, Isroil-Falastin oʻrtasidagi nizoning obyekti hisoblanadi. 1967-yildan beri Isroil BMT tomonidan arab davlatini tashkil etish uchun ajratilgan yerlarda tashkiliy tarzda aholi maskanlari qurib keladi. Yahudiylar bu yerni Isroilga qaytarishni oʻzlarining burjlari deb bilishadi. Qurilish tobora kengayib, falastinlikni tashvishga solmoqda. Download 315.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling