G‘olibsiz urush. Falastin—Isroil mojarosi haqida


Download 315.15 Kb.
bet1/17
Sana01.10.2023
Hajmi315.15 Kb.
#1690401
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Isroil Falastinn



G‘olibsiz urush. Falastin—Isroil mojarosi haqida


Falastin—Isroil mojarosining 2014-yildan buyon kuzatilgan eng kuchli avj olishi 2021-yil may oyiga to‘g‘ri keldi. Quyida “Daryo” kolumnisti Sarvar Jalolov mazkur mojaro mohiyatini tushunib olish uchun bir nechta savollarga javob berib o‘tadi.

G‘olibsiz urush


11 kun davomida G‘azo sektoridan 4360 ta raketa uchirilgan, Isroil tomonidan 1500 dan ortiq havo, yer va dengiz orqali zarbalar berilgan urushda 21-may kuni o‘t ochish to‘xtatildi. G‘azo sektorida jami 248 kishi, jumladan, 66 bola va 39 ayol halok bo‘ldi, 1900 dan ortiq odam jarohat oldi, 72 ming kishi ko‘chishiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi Falastin hududlarida 31 kishi halok bo‘ldi, bu jami falastinlik qurbonlar sonini 279 taga yetkazadi. Isroil tomoni esa 12 kishi urush qurboniga aylanganini ma’lum qilgan.
Ushbu mojaro keng qatlam orasida, ayniqsa axborot makoniga so‘nggi yillar davomida qo‘shilgan o‘quvchilar orasida ancha qizg‘in bahs-mojarolarga sabab bo‘ldi. Masalan, uni Qorabog‘ mojarosi atrofidagi Ozarbayjon—Armaniston ziddiyatiga qiyoslashlar ko‘p bo‘ldi. Ammo birgina Ozarbayjonning Isroil bilan, Armanistonning esa Falastin bilan juda yaxshi munosabatlarga egaligini eslash bu taqqoslashga chuqurlashmaslik uchun yetarli.
Ayni paytda tugallangan mojaroning mohiyatini yaxshiroq tushunib olish uchun ba’zi muhim savollarga javob berish lozim.

Urush qayerda bo‘ldi?


Urush to‘liqligicha Isroil nazoratidagi hududlarda bo‘ldi, shuningdek, qisman Livan va Suriya hududidan ham raketalar uchirilgan.
Isroil nazoratidagi hududlar qayerlar? 1947-yilda BMTning Falastinni arab va yahudiy davlatlariga bo‘lish rejasi e’lon qilingach 1948-yil 14-mayda Isroil davlati tuzilgani e’lon qilindi, arab davlati esa tuzilmadi – bu keyinchalik mojaroning keskin oqibatlarga olib kelgan asosiy sabablaridan biri edi.

BMTning Falastinni arab va yahudiy davlatlariga bo‘lish rejasiFoto: BBC
Arab davlati tuzilmaganiga Falastin arablarining Isroilni qabul qilishni istamaganlari bilan birgalikda qo‘shni arab davlatlarining bu davlatni tezlik bilan yo‘q qilishiga bo‘lgan haddan ziyod ishonchi va ambitsiyalari ham sabab bo‘lgan edi. Zero 1948—1949-yillardagi dastlabki Arab-Isroil urushi natijasida BMT rejasi bo‘yicha Falastinning arablarga ajratilgan qismining yarmidan ko‘pi boy berildi, 1949-yilda Isroil Falastinning to‘rt qo‘shnisi — Misr, Transiordaniya, Suriya va Livan bilan sulh tuzdi.

1949-yildagi chegaralarFoto: BBC
Qizig‘i, arablar ixtiyorida qolgan hududlar falastinliklarning emas, qo‘shnilarining nazoratiga o‘tgandi. G‘azo sektorining qolgan qismi ustidan Misr nazorat o‘rnatdi. Iordan daryosining g‘arbiy sohilida va Quddusda esa Transiordaniya nazorati o‘rnatildi, 1 yil o‘tib esa bu hududni anneksiya qilib, mamlakat nomi Iordaniyaga o‘zgartirildi.
1967-yildagi Olti kunlik urush natijasida esa Misrdan G‘azo sektori va o‘z hududidan bir necha baravar katta Sinay yarimorolini, Iordaniyadan Iordan daryosining g‘arbiy sohili va Quddusni, shuningdek, Suriyadan Golan tepaliklarini bosib oldi. Shu paytdan boshlab Falastin hududlari to‘liq Isroil nazoratiga o‘tdi.

1967-yilgi urushdan keyin chegaralarFoto: BBC
Bu urushdan keyin belgilangan chegaralar hozirgacha xaritalarda Isroil va Falastin o‘rtasidagi chegara sifatida ko‘rsatib kelinadi, de-fakto esa butun hudud Isroil nazoratida. 1973-yilgi urushdan keyin Isroil Sinay yarimorolini tinchlik sulhi evaziga Misrga qaytarib berishga rozi bo‘ldi, lekin qolgan hududlar o‘z nazoratida qoldi.

1973-yilgi urushdan keyingi muzokaralar natijasida 1982-yilda o‘rnatilgan chegaralarFoto: BBC

Download 315.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling