G‘olibsiz urush. Falastin—Isroil mojarosi haqida
Download 315.15 Kb.
|
Isroil Falastinn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikki xalq uchun ikki davlat
- Mustaqillik urushi / Falokat
Urushdan keyingi urush
Foto: Yahudiylarning Falastindagi harbiy bo‘linmalari 1939 yilda arab amaldorlarining bosimi ostida qolgan inglizlar yahudiylarning Falastinga ko‘chib kelishlarini qat'iyan cheklab qo‘yishdi. Hattoki Gitlerdan qochib kelayotgan yahudiylar to‘la kemalar ham ortga – Yevropaga qaytarib yuborildi. Bunga javoban ishuv jangovar tashkilotlari inglizlarga qarshi partizanlik urushlarini boshlab yuborishdi. Gitler ustidan g‘alaba qozonilganidan so‘ng sionistlar Britaniya ma'muriyatiga qarshi yangi kuch bilan tashlanishdi: 1946 yilda ETseL tashkiloti jangarilari ma'muriyat qarorgohi joylashgan «Shoh Dovud» mehmonxonasini portlatib yuborishdi – 91 kishi halok bo‘ldi. Qat'iy bosim o‘z natijasini berdi: 1947 yil fevralda inglizlar Falastin muammosini hal qilishni yaqindagina tashkil topgan BMTga topshirdi. Ikki xalq uchun ikki davlat BMT yahudiylar va arablarning yagona davlati haqida hech qanday gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas degan fikrga keldi – shu zahoti qirg‘inbarot boshlanishi mumkin. Hududni ikkiga: aholining joylashuviga qarab yahudiy (14,1 ming kv.km.) va arab (11,1 ming kv.km.) davlatlariga bo‘lish haqida qaror qabul qildi. Uch din shahri bo‘lgan Quddus esa xalqaro hudud deb e'lon qilindi. Ishuv bu rejaga rozi bo‘ldi, ammo arablar bu haqda eshitishni ham istashmadi. «Falastinning biror qismi yahudiylarga tegadigan bo‘lsa, bu yer olov va qon ichida qoladi», —dedi oliy arab qo‘mitasi vakili. BMT baribir o‘z fikrida qoldi: 1947 yil 29 noyabrda Falastinni bo‘lish haqidagi rezolyutsiya qabul qilindi. Mustaqillik urushi / Falokat 1948 yil 14 mayda David Ben-Gurion tomonidan Isroil mustaqilligi e'lon qilinishi bilan uning arab qo‘shnilari Misr, Suriya, Transiordaniya, Livan, Iroq va boshqalar Isroilga bostirib kirishdi. Talab qat'iy edi: Falastin arablarniki bo‘lishi shart, yahudiylar istagan yerlariga ketishlari mumkin. Ammo arab davlatlari hech qanday natijaga erisha olmadi. 1949 yil iyuliga kelib Isroil barcha hujumlarni qaytardi va bostirib kirgan qo‘shinlarni yakson qildi. Shu bilan birga, u BMT rejasida ajratilgan yerlardan ortiqcha yana 1300 kvadrat kilometr yerni bosib oldi. Falastinda arab davlatini tashkil etish uchun ajratilgan qolgan hududni Misr (G‘azo sektori) va Iordaniya (Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘i va Sharqiy Quddus) o‘z nazoratiga oldi. 1947-1949 yilgi urush Isroil tarixiga mustaqillik urushi nomi bilan kirdi, ammo arablar uni Naqba – Falokat deb atashdi. Aynan mana shu urushdan so‘ng Falastin xalqining fojiasi boshlandi. Urush boshlanguniga qadar arablar yahudiylar davlati uchun mo‘ljallangan hududni ommaviy ravishda tark eta boshlashgandi: BMT hisob-kitobiga ko‘ra, qochoqlarning soni 750 ming kishini tashkil etgan. Ularning bu yerlarni tark etishlari sababi haqida hozirgacha bahslashib kelishadi. Isroil tarixchilari arablar o‘z ixtiyorlari bilan ketishganini ta'kidlashadi, Isroil bosh vaziri Golda Meyr esa Xayfadagi arablardan shaharni tark etmasliklarini yolvorib so‘raganini aytadi. Boshqa yondashuvga ko‘ra esa, Isroildagi qurolli tashkilotlar arablarni siqib chiqarishgan – ularga nisbatan tahdid va zo‘ravonliklar bo‘lgan. Download 315.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling