G‘olibsiz urush. Falastin—Isroil mojarosi haqida
Ikkinchi muammo: Quddusning maqomi
Download 315.15 Kb.
|
Isroil Falastinn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arab-Isroil va Falastin-Isroil nizosi
Ikkinchi muammo: Quddusning maqomi
Tarixiy jihatdan musulmonlar uchun ham, yahudiylar uchun ham muhim bo‘lgan Quddus shahri maqomi Isroil va Falastin o‘rtasidagi barcha muzokaralarda o‘tib bo‘lmas to‘siq bo‘lib kelmoqda. Isroil 1980 yilda Quddusni o‘zining yagona va bo‘linmas poytaxti deb e'lon qilgan, BMT jahon hamjamiyatini bu qarorni noqonuniy deb hisoblashga chaqirib keladi. 2017 yilda AQSh prezidenti Donald Trampning Amerika elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirishga qaror qilgani ommaviy namoyishlar va o‘nlab kishilarning o‘limiga sabab bo‘ldi. Isroil bilan nizoni hal qilish borasidagi muzokaralarda Falastin tomoni «1967 yilgacha» bo‘lgan chegaralarga qaytishni, Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘i va G‘azo sektorini Falastin davlati hududi deb tan olishni talab qilib keladi. Muammo shundaki, 1967 yilgacha Quddus to‘laligicha Isroilga tegishli bo‘lmagan. Isroil Quddusning hatto yarmini ham falastinliklarga berishga xususan, xavfsizlik nuqtai nazaridan qarshi chiqib keladi: Sharqiy Quddusdan xalqaro aeroport juda yaxshi nishonga olinadi. Falastin rahbariyatini barqaror deb atash qiyin bo‘lgan sharoitda Isroil unga sharqiy Quddusni berishni imkonsiz deb hisoblaydi. 1967 yilgi Olti kunlik urushni arablar Naqsa — Takror deb atashadi. Bu safargi mag‘lubiyat oldingisidan ham alamliroq bo‘ldi va yuz minglab falastinlik arablar uy-joylarini tashlab qochdi. Isroil 800ga yaqin kishi yo‘qotdi, arab davlatlari esa 15 mingga yaqin askaridan ayrildi. Shu bilan birga, Isroil o‘z hududini urushgacha bo‘lgan davrga nisbatan uch baravarga kengaytirib oldi. Arab-Isroil va Falastin-Isroil nizosi Isroil zirhli mashinalari. Sinay yarimoroli. 1967 yil. Foto AP Falastin-Isroil nizosini Arab-Isroil nizosi bilan chalkashtirmaslik kerak – Olti kunlik urushdan so‘ng va ayniqsa, arab dunyosini birlashtirib turgan Nosirning vafotidan so‘ng ilgari birdam bo‘lgan antiisroil fronti qatnashchilari (Misr, Iordaniya, Suriya) borgan sari faqat o‘z manfaatlari yo‘lida harakat qila boshladi. Ular o‘z maqsadlarini «arab birligi» va «falastinlik birodarlarni qo‘llab-quvvatlash» kabi bayonotlar bilan niqoblashmoqda, falastinliklarning taqdiri esa faqat falastinliklarni tashvishga solmoqda. Masalan, 1964 yilda Falastin ozodlik tashkiloti (FOT) tuzilganidan so‘ng Iordaniya qiroli Husayn (1935-1999) ancha hushyor tortdi: falastinlik jangari-fidoyilar Isroil postlariga partizanlik hujumlarini Iordaniya hududidan amalga oshirishdi va TsAXAL ularga qarshi tap tortmasdan javob choralarini ko‘rdi. Uzoq vaqt shunday davom etishi mumkin emasdi. 1968 yilda falastinliklarning muvaffaqiyatli hujumidan so‘ng Husayn «Biz hammamiz fidoyilarmiz!», deb hayqirdi, ammo ikki yildan so‘ng, FOT yetakchisi Yosir Arofat iordaniyaliklardan ko‘ra falastinliklar ko‘proq bo‘lgan mamlakatni egallab olish bilan tahdid qilganidan so‘ng barcha qurolli guruhlarni Livanga quvib yubordi. Mazkur jarayonda 3400 falastinlik o‘ldirildi. Misr prezidenti Anvar Sadat (1918-1981) esa yanada keskin siyosiy ishni amalga oshirdi. 1973 yilda navbatdagi Arab-Isroil urushida mag‘lubiyatga uchragach, Sadat Isroil bilan tinch muzokaralarga o‘tdi. 1979 yilda AQSh prezidenti Jimmi Karter vositachiligida sulh imzolandi va diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Sadat shu tarzda Isroilni tan olmaslik bo‘yicha arab olami birligi tamoyilini buzdi va arablarning keskin noroziliklarini keltirib chiqardi (u 1981 yilda o‘ldirilgan). Nisbatan zaif Iordaniya arab olami pozitsiyasiga nisbatan bunday yo‘l tuta olmasdi, ammo yakunda Isroil bilan tinchlik shartnomasi imzoladi va ancha kech bo‘lsa-da, 1994 yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Hozirda Misr va Iordaniyani Isroil bilan do‘st deb bo‘lmaydi, ammo «sovuq tinchlik» holati uchala davlat siyosatchilarini ham qoniqtiradi. Falastinliklar bilan birdamlik yaxshi, lekin shaxsiy manfaatlar undan ustun turadi. Download 315.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling