G’o’za, bug’doy, soya o’simliklarida chatishtirish o’tkazish tartibi Mashg’ulotning maqsadi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bug’doyda chatishtirish o’tkazish tartibi.
- Bug’doyda chatishtirish o’tkazish sxemasi.
Gullarni changlash. Yetarli miqdorda chang yig’ilgandan keyin ona o’simlik
turgan qatorga kelinadi, guldan cheklagich xaltacha yechib olinadi va kichkina cho’tkacha yordamida uning onalik tumshuqchasiga chang yuqtiriladi. Changlashni tezlashtirish uchun gul bandi bilan urib changlantirilsa ham bo’ladi. So’ngra changlangan gul yana berkitib qo’yiladi. Shu tartibda kechqurun bichilgan hamma gullar changlantiriladi. Changlangan gullar cheklagich xaltachada to ko’sak tukkungacha saqlanishi mumkin. 3. Ishni bajarish tartibi. Ishdan oldin uslub va chatishtirish texnikasi bilan yaqindan tanishiladi. Guruh talabalari g’o’za yoki bug’doy ekilgan maydonga borib, mutaxassis yordamida chatishtirishni amalga oshiradi. Chatishtirish uchun ota-ona juftlari sog’lom o’simliklarda tanlanadi va yorliq osiladi. Har bir talaba g’o’zada 20-30 ta gulni, bug’doyda 2-3 ta o’simlikni chatishtiradi. Bug’doyda chatishtirish o’tkazish tartibi. Chatishtirish quyidagi ishlarni amalga oshirishdan iborat: 1. Boshoqni chatishtirishga tayyorlash. 2. Gullarni bichish. 3. Bichilgan gulni izolyasiya qilish. 4.Gulni changlash va izolyasiya qilish. 5.Etiketka osib qo’yish Bug’doyda chatishtirish o’tkazish sxemasi. 1 – boshoqni tepa qismini qirqish; 2 – pastki boshoqchalarni sindirib olib tashlash; 3, 4 – har bir boshoqchadagi tepa gullarini olib tashlash; 5 – bichish (boshoqdagi qoldirilgan har bir gulning otaliklarini olib tashlash) Ona o’simlik gullarini (to’p gulini) voyaga yetmasdan ancha ilgari (1-3 kun oldin) chatishtirishga tayyorlanadi. Bunda to’pgulni o’rta qismidagi keng yaxshi rivojlangan, bir muddatda ochiladigan va sifatli urug’ beradigan ma’lum miqdordagi gullarni qoldirib qolganlarini o’tkir qaychi bilan qirqib tashlanadi. Chatishtirish uchun keng yaxshi rivojlangan o’simliklar olinadi. Har bir o’simlikda esa keng yaxshi rivojlangan, chatishtirish uchun yaroqli bo’lgan gullar shona xolatida olinadi. Ko’pchilik o’simliklarning guli murakkab (to’pgulga yig’ilgan) bo’ladi. Bug’doyni gullari ham bir xil rivojlangan bo’lmaydi. Shuning uchun gullar bir vaqtda ochilmaydi, ulardan xosil bo’lgan urug’lar ham sifat jixatidan bir-biridan farq qiladi. Bu esa chatishtirilgan o’simliklardan yuqori sifatli duragay urug’lar olishni ta’minlashda zarur choralarni qo’llashni taqozo etadi. Bug’doy boshog’ida uning o’rta qismida joylashgan boshoqchalar qoldiriladi, har bir boshoqchalarda esa chatishtirish uchun faqat ikkitadan pastki gullar qoldiriladi. 1 2 3 4 Bundan tashqari chatishtirish uchun qoldirilgan gullarni changlantirishga xalaqit beradigan qismlari, masalan, qiltanog’i ham qirqib tashlanadi. Bunda gulni tuzilishini hisobga olish va uni iloji boricha shikastlantirmaslikka harakat qilish zarur. O’zidan changlanib qolishini bartaraf etish uchun changdonlar yetilmasdanoq ehtiyotlik bilan (birortasini yorilib ketishiga yoki gulda qolib ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak) uchini ingichka qilib charxlangan qisqich (pintset) bilan olib tashlanadi. To’p guldagi hamma gullar bichilgandan so’ng ivimaydigan, yorug’lik va havoni yaxshi o’tkazadigan yupqa qog’ozdan yasalgan xaltacha bilan o’rab qo’yiladi. Xaltachani bir tomoniga qora qalam bilan ona o’simlikning raqami, chatishtirish juftlari, gullar bichilgan kun, bu ishni bajargan shaxsning ismi sharifi va boshqalar yozib qo’yiladi. Xaltacha ichiga hashoratlar kirib qolmasligi uchun poya bilan uning o’rtasiga ozgina paxta tiqib qo’yiladi. O’simlikning poyasi sinib ketmasligi uchun uning to’pgulini cheklagich xaltachasi bilan yog’och yoki sim tayoqchaga bog’lab qo’yiladi. Ko’pchilik ekin gullarini bichish katta qiyinchiliklar tug’diradi. Shuning uchun bu ishni takomillashtirish va uni yengillashtiradigan yo’llarini topish lozim. Gulni bichishda o’simliklar deyarli hamma vaqt bir oz shikastlanadi. Masalan, odatdagi qabul qilingan usul bilan bichishda 1000 dona urug’ni og’irligi ancha kamayadi, bunday urug’lardan unib chiqqan nihollar sust rivojlanadi, nozik va siyrak bo’ladi. Shuning uchun o’simliklarni biologik xususiyatlariga qarab bichish yo’llarini takomillashtirish zarur. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling