G‘o‘za seleksiyasida mutagenez va geterozisdan foydalanish
Download 38.81 Kb.
|
Go'za genetika
-0,01-0,2 %
-0,01-0,5 % -0,1-1,5 % -0,5-3,0 %. Mutagenlar ta’sir etib hosil qilingan o‘simlik avlodi mutant deyiladi va katta M harfi bilan ifodalanadi (Mi, M2, M3 va boshqalar). Boshlang‘ich ashyo xillarini ko‘paytirishda eng natijali usullardan biri fizikaviy va kimyoviy omillar ta’sirida sun’iy mutatsiyalar olishdir. Nurlanuvshi radiasiya mutatsiyalami chaqiruvchi eng kuchli omil hisoblanadi. U spontan mutatsiyalar tezligini o‘n va hatto yuz marta oshiradi. Har qanday o‘simlikda ham eksperimental mutagenez natijasi nurlatishning to‘g‘ri uslubini ishlab chiqishga va nurlatilgan ashyoni seleksiya jihatidan qayta ishlashga bog'liq. G‘o‘zada chigitga va o‘sib turgan o‘simlikka rentgen nurlari, radiaktiv kobalt va seziyning gamma nurlari, neytron va boshqalar ta’sir ettirib mutatsiyalar hosil qilinadi. Nurlanuvshi radiasiyaning har -xil me’yori har-xil fonda foyda beradi. Tezlatuvchi, kiritik yoki mutagen va Letal dozalar farq qilinadi. Qo‘zg‘atuvchi dozalar asosan irsiyatning o‘zgarishiga va Vegetatsiya davrida o‘simliklarning nobud bo‘lishiga sabab bo‘lmaydi, balki moddalar almashinuvi ulaming yaxshi rivojlanishiga ko‘saklar sonining ortishiga sabab bo‘ladi. Chigitni nurlantirishda Co60 ning qo‘zg‘atuvchi dozasi 20-30 rentgen/sekund quvvatida 0,5-2 kr (kilorentgen) atrofida bo‘ladi. Kritik yoki mutagen dozasi ko‘p miqdorda irsiy o‘zgarish yoki mutatsiyalami keltirib chiqaradi. Shu bilan bir vaqtda hamma o‘simliklaming 50- 60 % qolib, boshqalari nobud bo‘ladi. G‘o‘zaning tetraploid turlari uchun radioktav Co60 gamma nurlarining kritik dozasi 20-30 r/s quvvatda 10-30 kr atrofida boladi. Letal dozalar ko'pchilik o‘simliklarning nobud bo‘lishiga yoki Letal kamchilikli makromutatsiyaning hosil bo'lishiga olib keladi. G‘o‘za uchun letal doza 30-50 kr hisoblanadi. Eng ko‘p mutatsiya 110 hilan ta’minlovshi mutagen yoki kritik doza seleksiya uchun iihumiyatga egadir. Kritik dozaning natijali boiishi juda ko‘p omillarga bogiiq. Bulardan eng asosiylari: nurlatish quwati, organizmning nurlatish vaqtidagi holati, nurlatish sharoitidir. I Ui lardan tashqari, nurlatiladigan ashyolaming namligi, nurlatish vaqtidagi harorati, kislorodli muhit, postembrional sharoit, navning mutatsiyaga munosabati ham muhim ahamiyatga ega. Agar quwati ancha yuqori boisa, nurlatish dozasini kamaytirish kerak yoki aksincha. Masalan, 20-30 r/s quvvatda mutagen dozalar 20-30 kr bo‘ladi. Bordi-yu quwati yuqori -100 r/s boisa, mutagen dozasi kamaytirilib, to 10-15 kr gacha boiadi. Hujayralar boiinayotgan vaqtida nurlatishga juda ta’sirchan boiadi. Shuning uchun ham nurlanayotgan chigitni va har xil yoshdagi o‘simliklami nurlantirishda doza kamaytiriladi. Unayotgan chigit uchun kritik doza 1 kr dan oshmaydi. 0 ‘sayotgan o‘simlikning shonalash va gullash fazasida 0,5-2 kr dir. Nurli radiasiya boshqa turining kritik dozasi kam o‘rganilgan. G‘o‘za navlari va turlarining mutatsiyalanishi turlicha boiadi. Hamma nurlatilgan shakllardan bir xilda boimagan mutatsiyalar olinadi. Navlarning mutatsiyalanish xossalari seleksioner ishining natijali boiishiga ta’sir qiladi. Navlarning mutatsiyalanishini tajriba y o ii bilan aniqlash mumkin. Mutatsiyalanish navning yoshi, ertapisharligi va boshqa belgilari bilan bogianmagan. M aium boiishicha navlar kelib chiqishi va genotipiga ko‘ra bir-biriga qancha yaqin boisa, mutatsiya tezligi shuncha o‘xshash boiadi. Bu esa N.I.Vavilovning irsiy o‘zgaruvchanlikdagi gomologik qatorlar qonunining to‘g‘ri ekanligini tasdiqlaydi. Nurlatilguncha va undan keyingi harorat radiasiyalanadigan davrdagi yorugiik rejimi sharoiti uning natijali boiishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Past haroratda nurlatish xromosomalar o‘zgarishi tezligini oshirishi, yuqori harorat esa mutatsiyalar sonini kamaytirishi aniqlangan. Radiasiya davrida yuqori harorat xromosomalarni qayta tiklovchi ta’sirga ega. Qisqa yorug‘ kun ham shunday ta’sir etadi. Agar chigit nurlantirilgan boisa, shu yili g‘o‘zaning rivojlanishida va hosilida yowoyi ravishida birmuncha sustlik seziladi. Hamma o‘simliklar rivojlanishi, tuplaming tashqi ko‘rinishi, barglarning, kurtaklaming shakli, naslsizligiga ko‘ra 111 me’yorga nisbatan keskin o‘zgaradi. Juda kalta va pakana o‘simliklar uchraydi. Ular ko‘pchiligining hayotchanligi past bo‘ladi. Tekshirilayotgan ko‘p o‘zgarishlar radiomorfoz deb atalgan o‘zgarish bo‘lib, bular keyingi bo‘g‘inlarda asliga qaytadi. Radiomorfozlar adaptiv o‘zgaruvchanlik emas, shuning uchun ular kam hayotchan boiadi. G‘o‘zada makromutatsiya va mikromutatsiyalar uchraydi. Makromutatsiya tez ko‘zga tashlanadi. Bunga 0‘simlikning tashqi ko‘rinishidagi, shoxlanish tipi va hosil shoxlaridagi o‘zgaruvchanlik kiradi: ko‘saklaming yirikligiga ko‘ra ko‘p mutatsiyalanadi, odatda mutant ko‘saklarning chanogl va tumshug‘i qalin, yuzasi qirrali, chigiti yirik bo‘ladi. Chigitda tuk, tola bolishi ham makromutatsiyaga tegishlidir. Mikromutatsiyalarga esa miqdoriy belgilar hosildorlik, ertapisharlik, tola uzunligi va texnologik sifat ko‘rsatkichlari va boshqa belgilar tegishlidir. Bular maxsus statistik usulda aniqlanadi. Aksariyat hollarda g‘o‘za mutatsiyalari zararli bolib chiqadi, ular hayotchanlikni pasaytiradi. Hatto bir belgiga ko‘ra hosil bolgan mutatsiya diqqatni jalb qilsa-da, utnuman mutant organizmning hayotchanligi pasaygan boiadi. Mutatsiyalar tufayli organizmlarning genetik jihatdan sharoitga moslanishi buziladi. Mutantlarning hayotchanligi va mahsuldorligini tiklash uchun uzoq vaqt seleksiya ishlari olib borish kerak boiadi. Chigit nurlantirilgan yili olingan birinchi bo‘g‘in Mi bilan ko‘rsatiladi. Mj o‘simliklar ximer, ya’ni mutant va normal to‘qima hamda organlardan tashkil topgan boiadi. Mutant to‘qimalar chigit nurlantirilishida mutatsiyalangan hujayralardan rivojlanadi. Agar Mutatsiya resessiv bolsa, u holat g‘2 da namoyon bolmaydi, Chunki unga mos keladigan normal allel ustunlik qiladi. Resessiv mutatsiyali boshlanglch hujayralar geterozigota boiadi. Mutant o‘z-o‘zidan changlanganida avlodlaming 25% resessiv allelga nisbatan gomozigota boiadi. Ulami M2 da aniqlash oson boiadi. Mutantlar M2 da va keyingi bo‘g‘inlarda tashqi ko'rinishidan normal, biroq mutantlangan genii geterozigotali bolgan o‘simliklarda ajralish ro‘y beradi. Mutantlar aniqlanganda faqat ulargina emas balki boshqa o‘simliklarni ham ajratib olish kerak, chunki ulaming ko‘pi geterozigota bolganligi uchun keyingi bo‘g‘inda mutantlar kelib chiqishi mumkin. Agar mutatsiya 112 dominant bo‘lsa M] da namoyon boladi, biroq bu organizm ximer holatida boisa, namoyon bolmasligi mumkin. Dominant mutatsiyali ko‘saklar chigitining 75 % avlodi mutant boladi. Ko‘pchilik olimlaming fikriga ko‘ra, mutatsiyani aniqlash eng qiyin masalalardan biri hisoblanadi. G‘o‘za o‘zidan changlanuvchi bolgani uchun mutatsiyalami aniqlashdagi eng muhim sharoit har bir ko‘sakning chigitini ayrim-ayrim ekishdan iborat. Aksariyat hollarda foydali shakllar M2, M3 va undan keyingi avlodlarda namoyon boladi. G‘o‘za seleksiyasida o‘simliklarni Vegetatsiya davrida, ayniqsa shonalash davrida va gullashidan oldin nurlantirish yaxshi natija beradi. Shonalayotgan o‘simliklarning har-xil yoshdagi shona va gullari, meyozgacha va meyozdan so‘ng gullashgacha va uruglanishdan so‘ng bir kundan keyin nurlantiriladi. Bunda paydo bolgan organizm ximer bolmasdan, uning barcha hujayralari birdek mutant boladi. Agar nurlantirilsa ham taxminan xuddi shunday natija kelib chiqishi mumkin. Chang kichik dozada 400- 1000 rentgenda nurlantirilsa, nurlantirilgan chang bilan changlangan o‘simlik xujayralari ham mutatsiyalangan boladi. Bu usul birmuncha osonroq bolganligi uchun radioseleksiyada keng qollaniladi. Chang va Vegetatsiya holatidagi o‘simliklar nurlantirilsa, g‘o‘zaning qimmatli shakllarini hosil qilish muddati qisqaradi. G‘o‘za uch to‘rt chinbarg chiqargan davrida nurlantirilsa, kamroq mutatsiya ro‘y beradi, Chunki bu davrda vegetativ organlari shakllanayotgan bolib, radiasiya generativ organlariga ta’sir etmaydi. G‘o‘zada nurlantirish y o li bilan dastlabki mutatsiya olish mumkinligi o‘tgan asming 30 yillarda malum bolgan. Keyinroq 50 yillarda yadro nuri bilan nurlantirish uchun turli usullar yaratilgandan keyin bu ish yurishib ketdi. 10 yil maboynida g‘o‘za seleksiyasida nurlantirish y o li bilan mutant olish ijobiy natija berdi. Sh.I.lbragimov va R.I.Kovalshuk 108-F navining vegetativ holatidagi o‘simliklarini nurlantirish yoli bilan “Mutant 1” navini yaratdilar. Bu navning ko‘sagi 8-9 g bolib boshlanglch nav tariqasida ahamiyatga egadir. G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi institutida, Eksperimental biologiya institutida, Iolatan tajriba stansiyasida juda ko‘p istiqbolli tizmalar- shoxlanish tipi o‘zgargan, tuksiz chigitli, yirik ko‘sakli va uzun tolali mutantlar hosil qilindi. 113 Hindistonda radioseleksiya yo‘li bilan Mezilla akala navidan zararkunandalarga juda chidamli boshlang‘ich navga nisbatan 40 % ortiq tuk bilan qoplangan tizmalar yaratildi. AQSHda bo‘g‘im oralig‘i qisqa va urg‘ochi pushtsiz mutantlar olingan. 0 ‘sha yerda g‘o‘zaning tarkibida gossipol mutlaqo boimaydigan shakli yaratilgan. G‘o‘za seleksiyasida radioseleksiya usuli samarali usuldir. Shuni esda tutish kerakki uning natijali bolishi uchun duragaylashga qaraganda ishni keng koiamda olib borish kerak, chunki hozirda foydali mutatsiya kam pay do boiadi. Chigitni kimyoviy mutagenlar bilan ishlab g‘o‘zaning sun’iy mutatsiyasini olish mumkin. Kimyoviy mutagenlar, ionli nurlardan farq qilib, maxsus mutatsiya hosil qilish xossasiga ega, chunki ular ta’sirida xromosomalar tuzilishining o‘zgarishi emas, balki asosan gen mutatsiyalari yoki xromosomalarda kimyoviy o‘zgarishlar kuzatiladi. Yuqorida aytilgandek, kimyoviy mutagenlar seleksiyasida istiqbol vosita hisoblanadi. G‘o‘zada kimyoviy mutagenlar bir qancha mutatsiyaga sabab bo‘ladi. Ba’zi taxminlarga ko‘ra etilenemin ta’sirida xo‘jalikda muhim ahamiyatga ega bo'lgan juda ko‘p mutatsiyalar olish mumkin. Ko'proq ashyo beruvchi mutagenlarga, shuningdek nitrozoetilmochyevina va bidiazoasetilbutan ham kiradi. G‘o‘zaning nurlantiruvshi radiasiya va kimyoviy birikmalar ta’sirida pay do boiadigan mutatsiyalari asosan ma’lum yo‘nalishda emas, Chunki mutagenlaming genetik ashyoga ta’siri o'ziga xos emas. Seleksionerlarning eng muhim vazifasi maqsadga muvofiq mutatsiyalar chiqarish yoilarini aniqlashdan iborat. Bu shakl hosil boiish jarayonini butunlay boshqarishga imkon beradi va seleksiyada keng miqyosda ish olib borish mumkin bo‘ladi. Sun’iy mutatsiyalardan seleksiya ichida foydalanishning ikki yo‘li bor: 1. Rayonlashtirilgan eng yaxshi navlaming sun’iy mutantlarini hosil qilib ulardan to‘g‘ridan -to ‘g‘ri foydalanish asosida (tanlash, o‘rganish, sinash) yangi navlar yaratish; 2. Eng yaxshi navlaming sun’iy mutantlarini hosil qilib, ulami boshqa navlar bilan yoki duragaylar bilan chatishtirish asosida yangi navlar yaratish. Birinchi holda duragaylar nurlantiriladi, ikkinchi holda 114 mutantlar o‘zaro va boshqa navlar bilan chatishtiriladi. Duragaylarni nurlantirishdan maqsad ulardagi guruhlarini buzadigan krossingoverli sonini oshirish va shu bilan noyob kombinatsiyalami ko‘paytirishdan iborat. Mutantlami o‘zaro va boshqa navlar bilan chatishtirishdan maqsad ulaming hayotchanligini tiklashdir. Ma’lum bolishicha, har ikkala usul radioseleksiya yo‘li bilan duragaylash usullarini birga qo‘shishda yaxshi natijalar olinadi. Ionizasiya nurlanishdan seleksiya ichida asosan rentgen nurlari, gamma nuriari, alfa va betta zarrachalari va neytronlardan foydalaniladi. Rentgen nurlari bilan mutatsiya hosil qilish uchun boshqa manbalardan ancha ilgariroq foydalanilgan va hozirgi vaqtda ham foydalanilmoqda. Gamma nurlarining manbai sifatida radiasion kobalt (Co60) yoki seziy (Ce137) dan foydalaniladi. Gamma nurlarining meyyori rentgen nurlaridek rentgen (r) yoki kilorentgent (kr), hamma xildagi nurlanishlarni olshov birligi sifatida Rad qabul qilingan. Neytronlar ayrim yadroli reaksiyalar natijasida ya’ni uran va plutoniy yadrolarining boMinishi natijasida vujudga keladi. Mutagen omili sifatida ayrim hollarda radioaktiv izotoplardan foydalaniladi. Masalan, fosfor (R32) va oltingugurt (S35). G'o'zaning Gossypium barbadense turiga mansub o‘simligi chigitini nishlagan va unib chiqish davrida past haroratning mutagen omili bo'lganligi kuzatilgan. G.barbadense turiga mansub o‘simlikning nol tipli, hosilni asosiy poyaga yaqin qo‘ltig‘ barglarida shakllantiradigan mutant hosil qilish tarixi qiziqdir. Bunday shakllarni birinchi bo‘lib seleksioner V.G.Koliyev hosil qilgan. Ingichka tolali simpodial shaklli gV zaning unib chiqish fazasida qor ostida qolib o‘zgargan o'simliklardan tan lash usuli qoilab, yo‘q orida aytib o‘tilgan xususiyatli 3169-1 navi yaratiladi. Keyinchalik bu usulni qoilab A.I.Avtonomov 2525 navini yaratadi. Bu ikkala navdan keyinchalik boshlanglch ashyo sifatida foydalanib, ko‘plab nol tipli g‘o‘za navlari yaratildi. K.Muqimov, S.Qurbongeldiyev (Tukmaniston q/x. instituti, 1972 y) kimyoviy mutagen sifatida tajriba uchun NEM, NMM, El, DAB ning 3-4 xil konsentrasiyali eritmada 1967 yil 24 soat, 1968 yilda 12 soat davomida ta’sir qilingan. 115 Kuzatishlar natijasida ingichka tolali 8763-1 navida eng ko‘p o‘zgargan oilalar (22, 0-28, 0 %) NEM ning yuqori konsentrasiyasida (0,05- 0,07 %), EN va DAB ning (0,001-0,05 %) past konsentrasiyasida hosil bo‘ladi. G‘o‘zaning 9155-N navida NEM ning yuqori konsentrasiyasining ta’siri ostida 10-12 % o‘zgargan oilalar hosil qilingan. Tajribada o‘rganilgan variantlarining hamma navlaming unuvchanligi Mi da nazoratga nisbatan yo‘q oriroq (ertaroq) bo‘ldi. Eng erta unib chiqish DMS-0,025 %, NMM-0,01 % konsentrasiyasida, 108-F, GIS-592 va GIS-578 navlarida to‘liq shonalash davri 3-7 kun ilgariroq kuzatildi. GIS 592 va GIS -578 navlarida to‘liq gullash 1-5 kun oldin kuzatilgan, eng erta gullash DMS-0,025 % variantida boigan. Hamma 50 % ko‘saklaming ochilishi faqat GIS-578 navida kuzatilgan. Mi da dastlabki navlarga nisbatan morfologik va biologik belgilari bilan ijobiy farq qilgan 11 o'simlik ajratib olingan. Ular orasida hosildorligi, ertapisharligi va boshqa xo‘jalik belgilari bilan keskin farq qiladigan mutantlar bo‘lib, ular seleksion ish uchun yaxshi boshlang‘ich ashyo bo‘lib xizmat qilishi mumkin (15-18 rasmlar). R.Qodirov (Tojikiston q/x ITI, 1972) 108-F, GIS-592, GIS- 578, GIS-431 va GIS-1851 g‘o‘za navlarining urug‘i 1967 -1969 yillarda NMM (nitrozometilmochyevina) ning 0,006; 0,01; 0,012 % va DMS (Dimetilsulfat) ning 0,016; 0,025 va 0,05 %, NEM (Nitrozaetilmochyevina) ning 0,05 va 0,025 % konsentrasiyasida ta’sir ettirilib tajriba o‘tkazilganda hamma navlaming va variantlarining urug‘i nazoratga nisbatan ertaroq unib chiqdi. Eng ertaroq unib chiqish DMS-0,025 %, NMM -0,01 % 108-F, GIS-592 va GIS-578 da kuzatilib shonalashni 3-7 kun tezlashtirilishi kuzatildi. GIS-592 va GIS-578 navlarining deyarli hamma variantlarida gullash 1-5 kun ilgari bo‘ldi, eng erta gullash DMS-0,025 % variantida (GIS-578 navida) kuzatildi. 7-jadvalda to‘rtta eng yaxshi mutantlaming ko'rsatkichlari keltirilgan. 15-rasmda GIS-592 navini DMS -0,05 % konsentrasiyasi ta’siri ostida hosil bo‘lgan № 2 mutant hosildorligi va ertapisharligi 116 bilan dastlabki navdan farq qiladi. 16-rasmda GIS-578 navini NMM-0,01 % konsentrasiyasi ta’siri ostida hosil qilingan № 4 mutant yo‘q orida hosildorligi bilan nazorat navidan farq qiladi.
Download 38.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling