G‘o‘za seleksiyasida mutagenez va geterozisdan foydalanish


Download 38.81 Kb.
bet7/7
Sana08.01.2022
Hajmi38.81 Kb.
#249228
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Go'za genetika

F - P
uchraydi deb hisoblanadi. Rayt formulasiga ko‘ra: F2 =F\~
bunda F], F2 duragaylarning o‘rtacha hosildorligi, R-har ikkala otaonaning o‘rtacha hosildorligi, n -ota-ona shakllar soni. Tur ichida
duragaylashda ikkinchi bo‘g‘inida geterozisni kam susayturuvshi
kombinatsiyani aniqlash mumkin.
G‘o‘za seleksiyasida geterozisdan foydalanishning bir qancha
qiyinchiliklari mavjud.
1.G‘o‘za o‘zidan changlanuvchi o‘simlik bo‘lganligi uchun
chatishtirishdan oldin guli bishilib, keyin changlantiriladi va tegishli
miqdorda duragay ko‘sak olish qiyin. Ba’zi seleksioner-olimlar
gulni bichmasdan changlatish usulini taklif etadilar.
2.G‘o‘za chigitining ko‘payish koefisenti past, bitta duragay
ko‘sakdan 25-30 ta chigit shakllanadi, duragay makkajo‘xori
so‘tasida esa 500-600 ta don hosil bo‘ladi.
3. Duragay urug‘larni hosil qilish uchun erkak pushtsizligi
124
shakllarini yaratish lozim. Bunday shakllarni har-xil genomli uzoq
duragaylar, masalan G anamalium x G.thunberi) x G.hirsutum va
boshqalar misolida ko‘rish mumkin. Biroq erkak pushtsizli yadro
genlari bilan tartiblanadi. Bunday shakldagi g‘o‘zani qidirish bilan
birga guida erkak pushtsizlikka sababchi boiadigan kimyoviy
moddalami (gametosidlami) qidirish bilan ham shug‘ullanilmoqda.
Iton 1956 yilda mana shunday kimyoviy moddalami birinchi boiib
topdi va Empayr hamda Akala 4-12 navlarda sinab ko‘rdi. Bu
preparatlar FW -450, 2, 3 dixlor moy kislotaning natriyli tuzi va
dalapon gerbisitlardir. Bulardan gametosidlar ta’sirida ko‘plab
shona tukilib ketadi (Arutyunova maiumoti).
4. Duragaylashda qo‘l bilan changlash o‘rniga asalarilar
yordamida changlash usulidan ham foydalanish maqsadga muvofiq
deb hisoblanadi. Buning uchun chatishtirish uchun tanlangan
navlaming urug‘lari qator oralab ekiladi. Ammo bu usul bilan
yetarli miqdorda maqsadga muvofiq duragay urug‘ olish qiyin,
5. Chatishtirish uchun tur ichidagi kombinatsiyasini (juftlarini)
shunday tanlash kerakki ularda geterozisli xususiyati ikkinchi G‘2
bo‘g‘inida ham saqlanib qolsin.
Navlarning umumiy va maxsus kombinasion qobiliyati
0‘rganiladi. Amalda geterozisli duragaylar yaratish uchun
foydalanilayotgan tizma va navlaming umumiy chatishish qobilyati
topkross usuli bilan tester navlar yordamida, maxsus chatishish
qobiliyati esa diallel chatishtirish y o ii bilan aniqlanadi. Bir-biri
bilan chatishtirilganda eng yuqori geterozisli boigan tizmalar
(navlar) dan keyinchalik duragay urug‘ hosil qilish uchun
foydalaniladi.
Geterozisli duragaylar yaratishda seleksionerlar yuzlab
tizmalar va navlar ustida ishlaydilar. O‘rganilayotgan tizmalar va
navlaming umumiy chatishish qobiliyatini baholash uchun Devis
ishlab chiqqan topkoss usuli keng qoilaniladi. Bu usulga muvofiq
seleksionerlar aniqlagish vazifasini bajara oladigan navni topish
lozim. O‘rganilayotgan har qanday tizmani shu nav bilan
chatishtirib olingan duragay asosida har bir tizmaning umumiy
chatishish qobiliyati aniqlanadi. Bunday navlar tester (aniqlagish
navlar) deb ataladi.
Tester asosidagi topkross usulining iqtisodiy afzalligi
125
quyidagicha:
Agar diallel chatishtirishda 100 ta tizmaning chatishish
qobiliyatini aniqlash uchun 4950 juft chatishtirish o‘tkazish kerak
bo‘lsa, topkross usulida atiga 100 juft chatishtirish talab qilinadi
xalos.
Tizmalami umumiy chatishish qobiliyatini aniqlash uchun
keng irsiy asosga ega bo‘lgan testerdan foydalanish kerak. Shuning
uchun gomozigotali emas, balki populiyasiya shunday tester bo‘la
olishi mumkin. Chetdan changlanuvchi o'simliklarda tester sifatida
erkin ehanglanadigan navdan foydalaniladi.
Geterozigotali duragaylar hosil qilish uchun foydalaniladigan
tizmalar va navlaming chatishish qobiliyatlari yuqori bo‘lishi bilan
birga, ular kasallik va zararkunandalarga chidamli, seleksiya ishi
olib borilayotgan muayyan sharoitga moslashgan, sifatli mahsulot
beradigan va boshqa muhim belgi va xususiyatlarga ega bolishi
kerak.
Birinchi bo‘g‘in (G‘0 duragaylarining urugMari duragaylash
dalalarida maxsus ota-ona shakllarini chatishtirish natijasida hosil
qilinadi.
Chatishtirishni faqat to‘g‘ri yoki resiprok o‘tkazish mumkin.
Diallel chatishtirishlarda duragaylaming to‘g‘ri sonini £ = “ -—
formula bilan hisoblash mumkin.
Bu yerda K-duragaylar soni, n-o‘rganiladigan navlar soni.
Duragay ko‘saklar chigiti kombinatsiyalar bo‘yicha to‘planib,
kelgusi yili ota-ona shakllar bilan birga bir necha marta takrorlab
ekiladi. Har bir takrorlashda turli kombinatsiyadagi duragaylar va
ulaming ota-onalari rendomizaisya prinsipiga binoan yoki tasodifan
joylanadi.
Tajriba dispersion tahlil usuliga ko‘ra duragaylardagi tafovutni
aniqlash yo‘li bilan ishlab chiqiladi. Kvadratlar yig'indisi, umumiy
va maxsus kombinatsiyalanish xususiyatining samaradorligi har bir
aniq kombinatsiyadan olingan miqdorning umumiy o'rtacha
miqdoriga nisbatan o‘zgarishi bilan aniqlanadi. Shunday yo‘l bilan
Jones va Loden Amerika navlarining kombinatsiyalanish
xususiyatini aniqlagan. Ulaming aniqlashisha bir qancha Amerika
navlari ichida Deltapayn -15 navi yuqori kombinatsiyalanish
126
xususiyatiga ega ekan. Bu navni boshqa navlar bilan chatishtirib
olingan duragaylaming hosildorligi har ikkala ota-ona shakllariga
nisbatan 35 % yuqori boigan.
Miller va Rovlingslaming maiumotiga bo‘yicha Koker -100
navining uraumiy kombinatsiyalanish xususiyati eng yuqori boiib,
hamma 22 ta Amerika navlari bilan chatishtirilganda yuqori
geterozis xususiyatga ega shakllar olinadi.
Navlaming kombinatsiyalanish xossasini diallel chatishtirish
usuli bilan Turner (1953), Le (1967), Marani (1967) va boshqalar
o‘rganganilgan.
Ularning maiumotiga ko‘ra, g‘o‘zani tur ichida chatishtirib
olingan duragaylaming hosildorligi boshlangich shaklga nisbatan
22-32 % ortiq boiadi.
G‘o‘zaning G.hirsutum x G.barbadense turlararo tetraploidlarini chatishtirilishida kuchli geterozis kuzatiladi. Turlararo
duragaylashda kuchli geterozis namoyon boiishi to‘g‘risida ko‘p
olimlar aytib o‘tgan. Ularning maiumotlariga ko‘ra hosildorlik
bo‘yicha geterozis 70 % va undan yuqori boiadi.
Turlararo chatishtirish natijasida aksariyat
kombinatsiyalarining G‘i duragaylarining barg sathi katta boiib
rivojlanadi, ular kuchli o‘sish va yaxshi hosil qilish qobiliyatli.
Turlararo duragaylaming tolasi uzun va ingichka, sifati jihatidan
G.barbadense turining tolasiga yaqinlashadi, ko‘sagining kattaligi
bo‘yicha geterozis i kuzatilmaydi, bu jihatdan G‘i duragaylari
odatda ota - ona shakllari orasidagi holatni egallaydi.
Ko‘p hollarda chatishtirish uchun juft tanlash noto‘g‘ri
o‘tkazilganda vegetativ organlarini kuchli rivojlanishi
duragaylaming kechpisharligi bilan barobar sodir boiadi. Bunday
geterozisning oldini olish uchun chatishtirishga ikkala turning
o‘sishi cheklangan tezpishar navlarini jalb qilish lozim.
Turlararo duragaylaming ikkinchi bo‘g‘inida kuchli ajralish,
kam mahsulotli, ko‘p miqdorda yarim pushtsiz shakllar hosil
boiishi sababli geterozis kuchi keskin pasayadi.
G‘o‘zani tur ichida va turlararo duragaylashda mahsulotlilik
bo‘yicha kuchli geterozis namoyon boiishi sababli, paxtachilikda
geterozis kuchidan amalda foydalanish keng muzokara qilish va
o‘rganish masalasi boiib qolgan. Ammo bu muammo hatto ilg‘or
127
rivojlangan paxta ekiladigan mamlakatlarda katta maydonlarda
ekish uchun arzon duragay urugiarini ko‘p miqdorda hosil qilish
usullari boimaganligi sababli yeshilmagan.
Bu masalaga har taraflama yondashish tufayli g‘o‘zada
geterozisdan foydalanish yoilarini aniqlashga erishilmoqda.
Seleksiyada ham geterozisni o‘rganish ayniqsa navlaming
kombinatsiyalanish qimmatini G‘i da geterozisning darajasini
hamda duragay populiyasiyaning seleksion qimmatini o‘rganish
ajralayotgan avlodlami qimmatli shakllarni tanlash imkoniyati katta
ahamiyatga ega.
Geterozisdan paxtachilikda samarali foydalanadigan yagona
mamlakat boiib Hindiston hisoblanadi. Bu yerda hosil qilingan
Gibrid - 4 ning Gudjerat 67 Hind navi, Nektariles Amerikali navi
bilan chatishtirilishidan olingan birinchi bo‘g‘inidir. Uning
potensial hosildorligi 10 t/ga. Bu duragay urugiari o‘tgan asming
70 shi yillarida Hindistonda 1 mln gektar yerga ekilgan.
Duragaylarning hosildorligi 3 t/ga yetadi, vaholanki ota - ona
shakllarining o'rtaeha hosildorligi 1 - 1,2 t/ga ni tashkil qilgan.
Hozirgi vaqtda Hindistonda g‘o‘zaning yangi duragaylari
ekilmoqda, ulardan yaxshisi boiib Varalakshmi turlararo duragayi
hisoblanadi.
G‘o‘za ekiladigan barcha davlatlarda jumladan 0 ‘zbekistonda
geterozis masalasiga qiziqish katta. Bu masalaga har taraflama
yondashish tufayli g‘o‘zada geterozisdan foydalanish yoilarini
aniqlashga erishiladi.
Download 38.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling