G‘o‘za seleksiyasida mutagenez va geterozisdan foydalanish


Download 38.81 Kb.
bet4/7
Sana08.01.2022
Hajmi38.81 Kb.
#249228
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Go'za genetika

15-rasm.
Dastlabki


16-rasm.
Dastlabki


17-rasm. Dastlabki
navGIS-431


18-rasm.
Dastlabki
navGIS-431 (1),
mutant № 7 (2)
v '


nav GIS-592 (1) nav G IS-578(1), (l),m utant№ 4(2)










, . , M
mutant № 2


. . x. ,
mutant № 4 (2)








17-rasm GIS-431 navini DMS-0,05 va 0,025 %
konsentrasiyalari ta’siri ostida № 6 va № 7 mutantlar yuqori
hosildorligi va tezpisharligi bilan farq qiladi. R.Qodirovning
fikricha bu ajratib olingan mutantlar ertaroq pishadigan, yuqori
hosilli navlami yaratish seleksiyasida yaxshi dastlabki ashyo sifatida
xizmat qilishi mumkin.
O‘zbekistonda radiaktiv fosforning ta’sirini o‘rganish
tajribalarini ilkbor N.N.Nazirov ilmiy xodimlari bilan o‘tkazgan.
N.Nazirov va F.Djaniqulov (1965) g‘o‘zaning barglari orqali
P32 (100 va 400 mk Kyuri meyrlari) yarim yovvoyi G.punstatum
turining Ikkinchi yilgi o‘simligining rivojlanayotgan ko‘saklariga
kiritadilar. Tajriba o‘tkazish natijasida ular quyidagi xulosaga
keladi. G‘o‘za o‘simligiga radiaktiv fosfomi barg orqali bir hafta
davomida va shonalarini ochilishidan bir kun oldin o‘zidan
changlangan tugunchalarga ta’sir etish dir (har bir shonaga 100 mk
Kyuri radiaktiv fosforli R 2eritmasi).
117
N.Nazirov ilmiy xodimlari bilan ishlab chiqqan usullarini
qoUlash natijasida qimmatli belgi va xususiyatli mutant g‘o‘za
navlari yaratiladi.
Masalan, g‘o‘zaning yuqori hosilli, viltga chidamli AN-401,
shu bilan birga vegetativ davrining oxirida tabiiy ravishda barglari
to‘qilish qobiliyatga ega AN-402 navi va Oktyabr -60, Mutant -7,
AN-Samarqand-2, Samarqand -3, AN-407, AN-409 va boshqalar.
Bu navlardan Oktyabr -60, Samarqand -3, AN-402 rayonlashtirilib
Davlat reyestriga kiritilgan va Respublikamizning katta
maydonlarida ekilgan.
Ozarbayjon genetika va seleksiya institutida g‘o‘zada turli mutagen
omillar ta’siri ostida mutant hosil qilish sohasida tadqiqotlar
o‘tkazilmoqda (AA.Kuliyev). G‘o‘zaning o‘rtapishar amfidiploid
(2n=52) 2421 navining mutantini hosil qilish uchun havo
quruqligidagi chigitlari Co60 V-nurlari bilan ta’sir qilib 2421
navining yuqori hosilli (7-15 % ko‘p) ertaroq pishadigan poyasi
kompakt shaklda, uzunshoq ko‘sakli mutant hosil qilingan.
Tezpishar navlarining kechpishar navlariga nisbatan radiasiya
ta’sirchanligi kuchliroq bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud.
Kritik me’yorlarning ta’sirchanligi bir qancha omillarga
bog‘liq. Xususan nurlanish juda kuchli bo‘lganda me’yorlar
kamaytirilishi kerak va aksincha. Xujayralar bo‘linish vaqtida
nurlanishga o‘ta sezuvchan boladi. Shuning uchun nishlagan
urug‘larga va har xil yoshdagi o‘sib turgan o‘simliklarga ta’sir
qilganda me’yorlar keskin kamaytiriladi. Nishlagan urug‘ uchun
kritik me’yor 10 grammdan oshmaydi, o‘sib turgan o‘simlikning
shonalash va gullash fazalarida esa 5 - 2 0 gr. Chang donachalarini
nurlantirishda me’yorlari 6 - 8 gr dan oshmasligi kerak.
Morfologik belgilardan shoxlanish tipi, meva shoxlarining tipi,
tuklanishni rivojlanishi (tuksiz chigitlilik), tolalilik, pushtsizlik,
yirik ko‘saklik, (asosan chigit vazni hisobiga) ko‘p hollarda
mutatsiyaga duch bo‘ladi. Ko‘saklar ko‘pincha yo‘g‘on chanoqli va
kirrali sathiga ega bo‘ladi. Son belgilarining nurlanish ta’siri ostida
o‘zgaruvchanligi har xil, ammo kam o'rganilgan. Ko‘p hollarda
g‘o‘zaning chigiti nurlantiriladi. Bu holda g‘( da o‘simliklar ximerli
(xayoliy amalga oshmaydigan) tuzilishga ega bo‘ladi, ya’ni ular
normal va o‘zgargan to‘qimalardan iborat boiadi.
118
G‘i da faqat dominant mutatsiyalar kuzatiladi. Resessiv
mutatsiyalar G‘2 da paydo bo‘ladi. G‘o‘zaning o‘zidan
changlanishidan hosil bo‘lgan avlodining 25 % ga yaqini o‘zgargan
shoxlarda hosil bo‘lgan mutant resessiv alleli bo‘yicha gomozigotali
ko‘saklardan paydo bo‘ladi. Mutantlar G‘3 da va undan keyingi
avlodlarda tashqi ko‘rinishi bo‘yicha normal, ammo
mutatsiyalangan gen bo‘yicha geterozigota bo‘lib ajraladi. Shuning
uchun foydali mutantlar topilgan oilalarda faqat ulamigina emas
balki boshqa o‘simliklarni tanlash lozim.
G‘o‘za seleksiyasida changdonchalarini va o‘sib turgan
o‘simliklarni ayniqsa shonalash davrida nurlanishi istiqbolli usul
bo‘lib hisoblanadi.
Shonalash davrida chang donachalarini va o‘sib turgan
o‘simliklami nurlantirish qimmatli barqaror shakllarni ajratib olish
muddatini qisqartiradi. Shuning uchun bu usul radiasion
seleksiyasida ommabop bo‘lmoqda.
Sun’iy mutagenez bilan duragaylash usullari birgalikda
o‘tkazilishi faqat sun’iy mutantlardan foydalanishga nisbatan ancha
samaraliroqdir.
Hindistonda radiasion seleksiyasi usuli bilan
zararkunandalarga o‘ta chidamli tizmalar hosil qilingan, bu
o‘simliklarning tuklanishi 40% dan ko‘p. AQSh da bo‘g‘in
oraliqlari kalta va urg‘ochi pushtsizli mutantlari yaratilgan. U yerda
g‘o‘zaning mutloq gossipolsiz shakli hosil qilingan, ya’ni
turkumning yangi xususiyatli shakllari, ammo u shakl o‘simliklari
hasharotlar bilan shikastlanadi. Shuning uchun gossipol barglarda
saqlanib urug‘ida u saqlanmaydigan navlari yaratilgan. Bunday
navlar qimmatli oqsil manbai sifatida oziq - ovqat sanoatida
foydalaniladi.
A.A.Egamberdiyev va S.A.Egamberdiyevalaming (2009)
fikrlarisha bunday chatishtirish va duragaylami G.hirsutum bilan
bekross chatishtirish asosida hosil qilingan birinchi nav bo‘lib
Griffin (1967) AQSh da yaratilgan. Shu usulni qo'llab
A.Xudoykuliyev g‘o‘zaning ASh-36 S navini yaratgan.
G‘o‘zaning yovvoyi turlari ichidan genetik -seleksion ishlar
uchun barglari erta to‘kiladigan va ertapishar, ko‘p meva hosil
qiladigan, qurg‘oqchilikka, past haroratga, kasalliklarga (viltga)
119
hamda zararkunandalarga (o‘simlik bitiga, o‘rgamshakkanaga)
chidamlilik qimmatli xususiyatli donorlar turlari ajratib tavsiya
etilgan. Qator uch genomli tabiiy barg to‘qilishi va o‘zidan
chekanka boiadigan xususiyatli duragay tizmalar hosil qilingan.

Download 38.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling