G‘o‘za seleksiyasida mutagenez va geterozisdan foydalanish
Download 38.81 Kb.
|
Go'za genetika
Geterozis deb -duragaylaming birinchi (G‘,) bo‘g‘inida ota -
ona shakllariga nisbatan yuqori hosilli va hayotchan boiishiga aytiladi. Geterozis xodisasi duragayning faqat birinchi G‘i bo‘g‘inida ro‘y beradi. Ikkinchi va uchinchi bo‘g‘inlarida hosildorligi keskin pasayadi. Hozirgi vaqtda seleksioner olimlar tomonidan geterozisni ta’sirini bir necha y il larda saqlash muammosi o‘rganilmoqda. Duragaylarning ota-ona shakllariga nisbatan kuchliligini (hayotchanligi va yuqori hosildorligi) birinchi boiib Peterburg Fanlar Akademiyasining faxriy a’zosi I.G.Kelreyter kuzatgan. U 1760 yilda oddiy tamaki va nos tamakini (maxorkani) chatishtirib olingan turlararo duragay kuchli rivojlanib, yuqori hosilli boiganligini kuzatib, undan (duragaydan) amalda foydalanish yoMini ishlab chiqishga kirishadi va duragay urugiardan bir marta (faqat birinchi bo‘g‘inda) foydalanish mumkinligini aniqlaydi. Keyinchalik geterozis xodisasini Ch.Darvin chuqur o‘rganib, o‘zining 1876 yilda chop etilgan “0 ‘simliklar dunyosiga o‘zidan va chetdan changlashning ta’siri” degan asarida uning asoslarini ko‘rsatib berdi. U geterozis ni sababini ota-ona gametalaridagi irsiy farqlari bilan bogiadi. Ch.Darvinning g‘oyalari ta’siri ostida Amerikalik olim D.Bil 1878 yilda Michigan qishloq xo‘jalik kollejida navlararo yuqori hosilli duragay hosil qilish maqsadida makkajo‘xorining har-xil navlarini bir-biri bilan chatishtiradi, Natijada ota-ona shakllariga nisbatan 10-15 % yo‘qoriroq hosil qiladigan duragaylar olinadi. Lekin o‘sha davrda makkajo‘xorining navlararo duragaylari keng tarqalmaydi. Download 38.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling