G‘o‘za seleksiyasida mutagenez va geterozisdan foydalanish


Download 38.81 Kb.
bet2/7
Sana08.01.2022
Hajmi38.81 Kb.
#249228
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Go'za genetika

Sun’iy mutatsiya deb-kishilar tomonidan sun’iy ravishda
hosil qilinadigan mutatsiyalarga aytiladi. Sun’iy mutatsiya seleksiya
ichida 1920 yillardan boshlab qoilanilmoqda. 1925 yilda Rossiya
olimlari G.A.Nadson va Fillilovlar achitqi zamburugiariga rentgen
nurlari bilan ta’sir etib, mutatsiyalar hosil qiladilar. 1927 yilda
Amerikalik olim G.Myuller drozofilla pashshasida sun’iy y o i bilan
irsiy o‘zgarishlar hosil qilishda katta yutuqlarga erishdi. 1928 yilda
Amerikalik olim Stadler makkajo‘xori, arpaning mutantlarini hosil
qiladi. 1928-1932 yillarda A.A.Sapegin va A.N.Delone birinchi
boiib, o‘simliklarda rentgen nurlari ta’sir ettirib irsiy o‘zgarishlar
hosil qilish va shu y o i bilan mutasion jarayonni tezlashtirish
mumkinligini isbotladilar. Ular rentgen nurlari ta’sir ettirib
bug‘doyning qimmatli xo‘jalik belgi va xususiyatlariga ega xillarini
hosil qildilar. Shu bilan radiasion mutagenezga asos solindi. 1932-
1936 yillarda S.Ya.Krayevoy rentgen nurlari ta’sirida goroxning,
1937 yilda A.N. Lutkov arpaning foydali mutatsiyalarini yaratdi.
1935 yilda T.V.Asseva rentgen nurlari ta’sirida kartoshkada irsiy
o‘zgarishlar ro‘y berishini aniqladi.
G‘o‘za ekiniga nurlanishni ta’sirini o‘rganish bo‘yicha birinchi
tadqiqotlar o‘tgan asming 20- yillaming oxiri 30-yillaming
108
boshlanishida o‘tkazilgan. Lekin, bu boradagi ishlaming avj olishi
dliginchi yillaming oxirida, ya’ni, 0 ‘zbekiston fanlar
akademiyasining yadro fizika institutida kuchli gamma nurlanish va
neytronlar moslamalari tashkil qilingandan keyin o‘tkaziladi. Bu
davrda (1958-1960 yy) yadro-fizika institutida biofizika bo‘limi,
0 ‘zbekiston fanlar akademiyasining o‘simliklar eksperimental
biologiyasi instituti qoshida o‘simliklar radiasion biologiya
laboratoriyasi va keyinroq shu muassasada g‘o‘za seleksiyasi va
urug‘chiligi ITI da mutagenez laboratoriyasi tashkil qilindi.
Radiobiologik tadqiqotlar Toshkent Davlat Universitetida (hozirgi
Milliy Universitet), Samarqand Davlat Universitetida, Paxtachilik
ITIda, Ozarbayjon, Turkmaniston ilmiy-tadqiqot institutlari va
boshqa muassasalarda keng miqyosda o'tkaziladi.
Qimmatli va muhim xo‘jalik belgi hamda xususiyatlariga ega
bo‘lgan sun’iy mutantlar hosil qilish uchun turli mutagenlardan
foydalaniladi. Mutagen deb - sun’iy mutatsiyalami hosil qiluvchi
omillarga aytiladi. Seleksiya ichida sun’iy mutatsiyalami hosil
qilish uchun fizikaviy va kimyoviy mutagenlardan foydalaniladi.
Fizikaviy mutagenlar- ionizasiya alfa, betta, gamma, rentgen
nurlari, neytronlar, ultrabinafsha nurlar, o‘ta past va o‘ta yuqori
harorat kabilardan iborat. Bularning ta’sir etuvchi meyori
o‘simlikning turi, navi, yoshi va boshqa omillarga qarab 5 dan 200
kr (kilorentgen) gacha boiadi. Gamma va rentgen nurlari o‘simlik
urug‘iga ta’sir ettirilganda ulaming me’yori 5-10 kr. dan oshmasligi
kerak.
Kimyoviy mutagenlar-etilenemin, nitrozometilmochyevina,
nitrozoetilmochyevina, dimetilsulfat, metilmetansulfanat,
gidrooksilaminlardan iborat murakkab kimyoviy moddalar.
Ulaming suvdagi 0,0001 - 3 foizli eritmalariga o‘simliklaming
urug‘i, ildizi, qalamchasi, novdasi, o‘sish nuqtasi (ko‘rtagi),
tuganagi va piyozlari 8 soatdan 24 soatgacha ivitib olgandan keyin
ekiladi. Bunday o‘simliklar ichida irsiyati o‘zgargan, yangi belgixususiyatli o‘simliklar hosil bo‘ladi. Bu o‘simliklarda tanlash
o‘tkazilib, kerakli belgi -xususiyatli o‘simliklar - mutantlar tanlab
olinadi. Kimyoviy mutagenlaming o‘ta ta’sirchan ekanligini
inobatga olib mutatsiya hosil qilish uchun quyidagi me’yordagi
suvdagi eritmalari qo‘llaniladi:
109

N itrozometilmochyevina
N itrozoetilmochyevina
Dimetilsulfat
Dietilsulfat
Etilenemin
Etilmetansulfanat
Gidroksilamin

-0,0001-0,015%
-0,0001-0,025 %
-0,01-0,15 %

Download 38.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling