Grafika tushunchasi keng ma’noli bo‘lib, unga muhandislik, gravyur, kompyuter, badiiy, miniatyura va boshqa turli fan sohalari grafikalari kiradi
O‘zbekistonda grafika fanlarining rivojlanish tarixi
Download 232.98 Kb.
|
Chizmachilik va chizma geometriya fanlaridan faoliyat olib borgan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaziy Osiyo mashhur allomalarining geometrik izlanishlari.
- Ahmad Farg‘oniy
O‘zbekistonda grafika fanlarining rivojlanish tarixi
Ushbu bobda mamlakatimizda chizma geometriya va muhandislik grafika fanining rivojlanishi haqidagi ma’lumotlardan oldin jahonga mashhur allomalarimizning fanlarning turli sohalarida olib borgan tadqiqotlari to‘g‘risida ayrim ma’lumotlarni keltiramiz. Markaziy Osiyo mashhur allomalarining geometrik izlanishlari. Jahonda ilm fan sohasidagi mashhur allomalarimizning matematika, astronomiya, geodeziya, minerologiya, ximiya, tibbiyot, falsafa, musiqa, tilshunoslik, dinshunoslik kabi fanlari sohasidagi tadqiqot ishlari X-XII asrlarga to‘g‘ri keladi va ularning natijalari to‘g‘risida ancha ma’lumotlar bor. Mamlakatimizning mustaqillik davrida nashr etilgan ko‘pgina risolalarida va O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi tomlarida etarli ma’lumotlar berilgan va bundan keyin yana ilmiy izlanishlar olib boriladi. Ammo buyuk allomalarimizning har-birini geometriya yoki tasviriy geometriya sohasidagi ishlari bizning fikrimizcha etarli darajada aniq misollar yoki dalillar bilan olib borish va allomalarimizning geometriya sohasidagi ishlari to‘g‘risida alohida kitoblar yaratish zarur deb hisoblaymiz. Turli fanlarni rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shgan Markaziy Osiyoning jahonga mashhur qo‘yidagi olimlarning ijodi va faoliyatini keltiramiz. Abu Rayxon Beruniy kubning ichiga joylashtirilgan narsa yoki hayvonni olddan, ustdan, chapdan, o‘ngdan, orqasidan va tagidan ko‘rinishlari haqida fikr yuritgan. Uning narsa va hayvonlarni tasvirlashga shu usul bilan yondoshishi 1968 yilda ESKD (Konstruktorlik xujjatlarini yagona tizimi) tasdiqlagan buyumlar tasvirlarini hosil qilishdagi 6 ta asosiy ko‘rinishga mos keladi. Ahmad Farg‘oniy Ahmad Farg‘oniy (861 yilda Baodda vafot etgan) buyuk astronom, matematik va geograf olim hisoblanadi. O‘rta asr Evropa ilmiy adabiyotida uni Alfraganus deb ataganlar. Ahmad Farg‘oniy Bag‘dodda Xorun ar-Rashidning o‘g‘li al-Ma’mun hukmronligi (813-833) davrida O‘rta Osiyolik olimlar Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Abbos ibn Sa’id Javhariy va boshqalar bilan birga ishlagan. Ular dastlab yunon olimlarining asarlarini arab tiliga tarjima qilishgan, keyin esa o‘zlari arab tilida mustaqil asarlar yaratganlar. Xalifa al-Ma’mun 829 yilda Bag‘doddagi «Bayt al-xikmat» ya’ni «Donishmandlar uyi» qoshida 832 yilda Damashqda rasadxona (observatoriya) qurdirgan. Bu rasadxonalarda astronomiyadan muntazam ravishda kuzatuv ishlari olib borilgan. Ularda Farg‘oniy ham faol qatnashgan, kuzatuvlarning natijasini «Al-Ma’munning tekshirilgan jadvallari» nomi bilan kitob holiga kltirgan. Farg‘oniyning birinchi asari «Astronomiyaga kirish» deb atalgan. SHu asari bilan Farg‘oniy o‘zining etuk astronom ekanini ko‘rsatdi. Farg‘oniy avvalroq astronomiyani chuqur egallaganini isbotlab, 812 yilda quyosh tutilishini oldindan aytib bergan edi. Farg‘oniyning yana bir asari «Osmon harakatlari va astronomiya fani to‘plami haqida kitob» deb ataladi. Bu asar astronomiyadan arab tilida yozilgan birinchi kitoblardan hisoblanadi. Farg‘oniyning bu asari XII asrda lotin tiliga, XIII asrda esa ko‘pgina Evropa tillariga tarjima qilingan. Asarning anchagina qismini astronomik asboblar yasash va ulardan foydalanish metodlari, xususan, astronomik kuzatuvlar uchun eng zarur asboblardan biri quyosh soatining tuzilishi hisoblanadi. Farg‘oniy, Ptolemeyning «Almagest» asarining sharhiga bag‘ishlab «Almagestning kirish bo‘limlari haqida o‘ttiz bobdan iborat risola» nomli asar yozgan. U astronomik asboblar haqida kitoblar yozishni davom ettirib «Asturlob» haqida mukammal kitob va «Asturlob yasash haqida» degan asarlar ham yaratgan. Farg‘oniy «Asturlob yasash haqida» degan asarida stereografik proeksiya haqida quyidagi tushunchalarni bergan. Sferani biror S nuqtasidan shu nuqtaga diametrial qarama-qarshi S1 nuqtasidagi urinma tekislikka proeksiyasi haqida va uning xossalarini bayon qildi: 1.Sferada yotgan aylanalar S markaz orqali tekislikka aylanalar ko‘rinishida proeksiyalanadi. Aylanalar sfera markazidan o‘tsa, ular to‘g‘ri chiziqlar ko‘rinishida proeksiyalanadi. Stereografik proeksiyada sferada yotgan egri chiziqlar orasidagi burchaklarni tekislikka proeksiyalanganda ularning proeksiyalari bo‘lgan egri chiziqlar orasidagi burchaklarga teng bo‘ladi. Sfera S va S1 o‘tgan diametr atrofida burilganda tekislik ham u nuqta atrofida xuddi ana shu burchakka buriladi. Bu xossalar Farg‘oniygacha yashagan ba’zi olimlar (masalan, Ptolemey) asarlarida ham uchraydi. Ammo ular bu xossalarning isbotini bermagan. Farg‘oniy yuqorida aytilgan asarida birinchi hossaning to‘liq isbotini keltiradi. Bunda u quyidagi lemmaga asoslanadi: faraz qilaylik, aylana to‘g‘ri chiziqqa proeksiyalanganda aylananing M va N nuqtalari to‘g‘ri chiziqning M′ va N′ nuqtalaridan o‘tsin. U holda SMN = SN′M′, SNM = SM′N′. Download 232.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling