Grammar essential grammar in use (Raymond Murphy)
— O'tilgan mavzu bo'yicha misollar
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Raymond Murphy (O\'zbek tilida)(1)
— O'tilgan mavzu bo'yicha misollar:
• Are you feeling okay? • Is it raining? • What is Roy doing? • Where is she going? • Is he working? • Are they going home? • Are you listening to the radio? • Is Tom working today? • Are your friends staying at hotel? • Why are you wearing a coat? Ingliz tili | Noldan Raymond Murphy Ingliz tili | Noldan 8 Eslatma: Mavzu o'z nihoyasiga yetdi, bu mavzuni to'liq o'zlashtirib bo'lib, keyingi mavzuga o'ting! UNIT 5: I do/work/like etc. (present simple - oddiy hozirgi zamon) — Ingliz tilida oddiy hozirgi zamon juda ko'p ishlatiladi. 1-, 2-shaxsda va 3-shaxsning ko'pligida oddiy hozirgi zamon hech qanday qo'shimcha talab qilmaydi — Masalan: • I like a school - Men maktabni yoqtiraman. • We usually drink tea - Biz doim choy ichamiz. • You work in the shop - Siz do'konda ishlaysiz. • They children play in the home - U bolalar uyda o'ynashadi. — E'tibor beramiz, oddiy hozirgi zamon ayni paytda sodir bo'layotgan holatni bildirmayapdi. Odatdagi holatni ifoda qilyapdi. Ya'ni, hozirda shunday bo'lyapdi emas, odatda shunday bo'ladi deb tushunamiz. — Hozirda bo'layotgan hodisani o'tkan darsimizda aytganimizdek "ing" qo'shimchasi bilan ifodalaymiz va u davomli hozirgi zamon deyiladi. Hozirgi darsimiz esa oddiy yoki odatiy hozirgi zamon desak ham bo'ladi. — Odatiy hozirgi zamon 3-shaxs birlikda (he/she/it) kelsa harakatni bildiruvchi so'zning oxirgi harflariga qarab ies, es yoki s qo'shiladi. — Oxiri s, ch, sh harflari bilan tugagan so'zlarga "es" qo'shiladi. Shuningdek "go" va "do" kabi so'zlarga ham "es" qo'shiladi. Study, carry kabi so'zlarda "y" tushib qolib, Ingliz tili | Noldan Raymond Murphy Ingliz tili | Noldan 9 "ies" qo'shiladi: studies, carries. Boshqa so'zlarda "s" harfi qo'shiladi: plays, works, reads. — Have so'zi 3-shaxs birlikda "has" so'ziga aylanadi. — Bu zamon always, never, often, sometimes, usually so'zlari bilan qo'llaniladi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling