Grammar essential grammar in use (Raymond Murphy)


— O'tilgan mavzu bo'yicha misollar


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/18
Sana28.12.2022
Hajmi1.6 Mb.
#1010396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Raymond Murphy (O\'zbek tilida)(1)

— O'tilgan mavzu bo'yicha misollar: 
• She was playing tennis. 


Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy 
Ingliz tili | Noldan
22
• She wasn't watching television. 
• What were you doing at 11.30 yeterday? 
• I wasn't listening. 
• It was raining. 
• They were living in Canada. 
• I was working. 
• She wasn't wearing trousers. 
• The sun was shining. 
• The birds were singing. 
Eslatma: Mavzu o'z nihoyasiga yetdi, bu mavzuni to'liq o'zlashtirib bo'lib, 
keyingi mavzuga o'ting! 
UNIT 13: I was doing (past continuous) and I did (past simple) 
— Bu darsda oldingi o'tgan ikkita darsimiz takror qilinmoqda.
— Demak, ingliz tilida o'tgan zamon fe'lining bir necha turlari bo'lib, biz hozirgacha 
ulardan ikkitasini o'rgandik. 
— Past continuous - davom etayotgan hozirgi zamon. Ya'ni, falon vaqtda falon voqea 
sodir bo'ldi emas, sodir bo'layotgan edi, demoqchi bo'lganimizda past continuousni 
ishlatamiz. 
— Davom etayotgan fe'llarda u hozirgi zamonda yoki o'tgan zamonda bo'lsa ham "To 
be" fe'li ishlatiladi.
— Davom etayotgan hozirgi zamonda am/is/are, o'tgan zamonda was/were ishlatiladi. 


Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy 
Ingliz tili | Noldan
23
— Past simple - oddiy o'tgan zamon. Ya'ni, biror ish harakat o'tgan zamonda davom 
etmayotgan, tugatilgan holatni ifodalashda biz past simpledan foydalanamiz.
— Oddiy o'tgan zamonda ish-harakatni bildiruvchi so'zga so'zning shakliga qarab 
ied/ed/d qo'shimcha harflari qo'shiladi, irregular (noto'g'ri) fe'llar esa qo'shimchasiz 
to'liq boshqa so'zga o'zgaradi.
— Oddiy o'tgan zamon fe'lida "To be" fe'li ishlatilmaydi. 
— O'tilgan mavzu bo'yicha misollar: 
• Jack was reading a book. 
• The phone rang. 
• He stopped reading. 
• He answered the phone. 
• What heppened? 
• Did you watch the film? 
• I started work at 9.00. 
• I was working. 
• I saw Lucy. 
• Joy fell asleep when she was reading. 
Eslatma: Mavzu o'z nihoyasiga yetdi, bu mavzuni to'liq o'zlashtirib bo'lib, 
keyingi mavzuga o'ting! 
UNIT 14: have/has (got) 


Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy 
Ingliz tili | Noldan
24
— Kimdadir yoki nimadadir biror narsa borligini ifodalash yoki borligini inkor qilish 
uchun egadan so'ng have/has so'zlarini ishlatishimiz mumkin. 
— Faqatgina 3-shaxs birlik (he/she/it)da "has" ishlatiladi, boshqa holatlarda "have" 
ishlatiladi.
— Have/has so'zlari ortidan ko'pincha "got" so'zi qo'shiladi. 
• I have got a pen - Menda ruchka bor. 
• We have got a camera - Bizda kamera bor. 
• You have got a table - Sizda stol bor. 
• He has got a car - Unda mashina bor. 
• She has got a bicycle - Unda velosiped bor. 
• It has got a book - Unda kitob bor. 
— I've got, you've got, it's got kabi qisqartirib yozish ham mumkin. 
— Inkor qilmoqchi bo'lsak have/has so'zlaridan so'ng not ishlatamiz. 
• I have not got a TV - Menda televizor yo'q. 
— Agar savol bermoqchi bo'lsak have/has so'zlarini egadan oldinga o'tkazib, keyin 
egani, keyin "got"ni qo'yamiz. 
• Have I got a bool - Menda koptok bormi? 
• Has she got a phone - Unda telefon bormi? 


Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy 
Ingliz tili | Noldan
25
— Javob berishda ham savolda ishlatilgan funksiyaga qarab, qisqa javob berishimiz 
mumkin. 
• Yes, she has - Ha unda bor. 
• No, I have not - Yo'q, menda yo'q.
— Undan ham qisqaroq qilib "No, he's not", "Yes, they've", "No, I haven't" kabi 
usullardan foydalanish mumkin. 
— Have/has faqat gap boshida emas, o'rtasi va oxirida ham kelishi mumkin. 
— How much money have you got? - Sizda qancha pul bor? 
— O'tilgan mavzu bo'yicha misollar: 
• I have got blue eyes. 
• Tim has got two sisters. 
• They have got a horse 
• This car has got four doors. 
• I have got a headache. 
• I have got a motorbike. 
• It has got a garden. 
• Has Ann got q car? 
• Have you hot a camera? 
• Jony has got a sister and a brother. 


Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy 
Ingliz tili | Noldan
26
Eslatma: Mavzu o'z nihoyasiga yetdi, bu mavzuni to'liq o'zlashtirib bo'lib, 
keyingi mavzuga o'ting! 
UNIT 15: I have done (present perfect 1 - hozirgi tugatilgan zamon) 
— Ingliz tilidagi zamonlarning turlaridan yana biri present perfect deyiladi.
— Biror voqea o'tmishda boshlanib, hozir tugagan holat, yoki oldinroq sodir bo'lgan, 
hozir ma'lum bo'lgan.
— Bu fe'lni ifodalash uchun egadan so'ng have/has so'zlarini ishlatib, harakat so'zlariga 
ied/ed/d o'tgan zamon qo'shimchalaridan birini qo'shamiz. 
• I have cleaned my shoes - Men poyafzalimni tozaladim( ya'ni, hozirgina tozalab 
bo'ldim, kecha yoki undan oldin emas, yaqin vaqt oralig'ida tozaladim). 
— Present perfectda irregular(noto'g'ri) fe'llarning uchinchi ko'rinishi ishlatiladi. 
— Noto'g'ri fe'llar uch xil ko'rinishda bo'lishini aytib o'tdik. 
1. Infinitiv 
2. Past simple 
3. Past participle 
— Masalan, past participleda "go" - gone bo'ladi. Ba'zi noto'g'ri fe'llarning 2- va 3-
ko'rinishlari bir xil bo'lsa, ba'zilari uchchala formati uch xil bo'ladi. Quyida o'sha 
noto'g'ri fe'llarning ba'zilarini keltiramiz. 


Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy 
Ingliz tili | Noldan
27
• be (am/is/are) - was/were - been 
• read - read - read 
• make - made - made 
• break - broke - broken 
• build - built - built 
• buy - bought - bought 
• do - did - done 
• drive - drove - driven 
— O'tilgan mavzu bo'yicha misollar: 
• They have gone out. 
• I have cleanes my shoes. 
• I have lost my pasport. 
• She has gone to bed. 
• We have bought a new car. 
• They have finished. 
• I have bought her a present. 
• You haven't done work. 
• Has he gone? 
• I have done my homework myself. 
Eslatma: Mavzu o'z nihoyasiga yetdi, bu mavzuni to'liq o'zlashtirib bo'lib, 
keyingi mavzuga o'ting! 
UNIT 16: Have you ever ...? (present perfect 2 - hozirgi tugatilgan zamon) 


Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy 
Ingliz tili | Noldan
28
— Hozirgi tugallangan zamonda savol berish. 
• Have you ever been to Rome - Siz hech Rimda bo'lganmisiz? 
• Yes, I have, many times - Ha bo'lganman, ko'p marta. 
— Savol o'tgan zamondan to hozirga qadar bo'lgan muddat haqida so'ralyapdi. Voqea 
o'tgan zamonda bo'lgan, ammo ma'lumot hozirgi vaqtgacha bo'lgan zamonni 
ifodalaydi. 
— Ever (hech) bilan savol berilganda agar inkor qilmoqchi bo'lsak, "No, never" (yo'q, 
hech qachon) deyish kifoya qiladi. 
• I was looking for. Where have you been? - Men sizni qidirayotgan edim. Qayerda 
edingiz (shu paytgacha)? 
— Ushbu gap ham "present perfect" (hozirgi tugallangan zamon) hisoblanadi. 
— O'tilgan mavzu bo'yicha misollar: 
• Have you ever been to Rome? 
• Have you ever been to Japan? 
• I have been to Canada. 
• Has Ann ever been to Australia 
• My mother has never travelled by air. 
• I have never ridden a horse. 
• Have you ever played golf?


Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy 
Ingliz tili | Noldan
29
• Have you read this book? 
• I have seen the woman. 
• She has done many different jobs. 
Eslatma: Mavzu o'z nihoyasiga yetdi, bu mavzuni to'liq o'zlashtirib bo'lib, 
keyingi mavzuga o'ting! 
UNIT 17: How long have you ...? (present perfect 3 - hozirgi tugatilgan zamon) 
— Present perfectning davomi. 
• How long have you been in London? - Qachondan beri siz Londondasiz? 
— "How long" - qancha uzoq, qancha vaqt kabi tarjima qilinadi. Undan keyingi "have 
you" present perfectning "question" (savol) shaklida ishlatiladi.
— Undan so'ng "To be" fe'li keladi. "To be" hozirgi zamonda am/is/are, oddiy o'tgan 
zamonda was/were, present perfectda esa 3-ko'rinish "been" shaklida keladi.
— Demak, "How long have you been in London?" so'roq gapi shu tariqa hosil bo'ldi.
— Javob berishda. 
• I have been in Londan since Monday - Men dushanbadan beri Londondaman, deyish 
mumkin.
— Savolda "have you" deyilsa, javobda "I have" deyiladi. I va you o'rnida we, they, 
he, it kabi ko'rsatish so'zlari bo'lishi mumkin, javob berishda ham shunga qaraladi. 


Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy 
Ingliz tili | Noldan
30
— O'tilgan mavzu bo'yicha misollar: 
• How long has she been in London? 
• How long has she lived in London? 
• How long have you been married? 
• How long have you known her? 
• How long have you had your car? 
• She has lived there all her life. 
• We have had it foe a year. 
• She has been in London for 2 years. 
• How long have you waited them? 
• How long has he studied English? 
Eslatma: Mavzu o'z nihoyasiga yetdi, bu mavzuni to'liq o'zlashtirib bo'lib, 
keyingi mavzuga o'ting! 
UNIT 18: For, since, ago 
— Present perfectda vaqtni ifodalash. 
— Biror hodisa yoki holat qachondan beri, qancha vaqt avval yohud qaysi voqeadan 
oldin sodir bo'lganini ifodalash uchun for/since/ago so'zlaridan biri ishlatiladi. 
— O'tgan zamondan to hozirgacha bo'lgan vaqt oralig'ida ma'lum vaqt o'lchovi bilan 
belgilangan hodisani ifodalash uchun "for" qo'yiladi.


Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy 
Ingliz tili | Noldan
31
— 4 yildan beri, 2 kundan beri, 6 soatdan beri, 3 haftadan beri, 1 oydan beri, 10 
daqiqadan beri kabilar shular jumlasidandir.
— Masalan: 
• Bobur has been in London for six days - Bobur olti kundan beri Londonda.
— Present perfect qoidasiga ko'ra "I have" formulasidan foydalanamiz. "I" o'rnida 
Bobur, have esa 3-shaxsda "has"ga aylanadi. Keyin "To be" fe'lining 3-shakli "been" 
qo'yilyapdi. Keyin qayerdaligi yozilib, qachondan beriligi oxirida yozilyapdi. 
— Aniq bir vaqt ma'lum qilinib, o'shandan hozirga qadar, degan ma'no ifodalansa "for" 
o'rniga "since" qo'yiladi.
— Dushanbadan beri, apreldan beri, 9-oktabrdan beri, 2010-yildan beri, soat 12:00 dan 
beri kabilar shular jumlasidan.
— Ya'ni, boshlangan vaqti ma'lum qilingan, lekin hozirgacha qancha vaqt o'tgani 
ma'lum qilinmagan holatda "since" ishlatiladi. 
• Alisher has been in Canada since January - Alisher yanvardan beri Kanadada. 
— Hodisa hozirgi vaqtdan qancha oldin sodir bo'lgani ma'lum qilinayotganda "ago" 
(oldin) so'zi ishlatiladi.
— 1 yil oldin, 3 oy oldin, 5 minut oldin va hokazo. 
• He arrived in London 4 days ago - U Londonga 4 kun oldin keldi. 


Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy 
Ingliz tili | Noldan
32
— O'tilgan mavzu bo'yicha misollar: 
• Jill has been in London for four days. 
• Jill has been in London since Monday. 
• Barry has been in Canada since January. 
• Barry has been in Canada for six months 
• I have known her since 1980. 
• Susan started her new job two weeks ago. 
• Ten minutes ago. 
• I had dinner an hour ago. 
• Life was very diferent a hundred years ago. 
• She arrived in London four days ago. 
Eslatma: Mavzu o'z nihoyasiga yetdi, bu mavzuni to'liq o'zlashtirib bo'lib, 
keyingi mavzuga o'ting! 
UNIT 19: I have done (present perfect) and I did (past simple) 
— Ikkala zamonning farqi nimada? 
— Past simple - oddiy o'tgan zamon. Kecha yoki shunga o'xshash o'tgan zamonga oid 
vaqtda bajarilgan oddiy harakat bo'lib, u hozir davom etmayapdi. Hodisa o'tgan 
zamonning o'zida qolib ketgan. O'tgan zamonda davom etayotgani ham yo'q.
• We arrived yesterday - Biz kecha yetib keldik (yetib kelayotgan edik yoki hozir yetib 
keldik emas).


Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy 
Ingliz tili | Noldan
33
— Savol berishda "did you" (nima qilyapsiz) shaklidan foydalanib, javob berishda "I 
did" (men qilyapman) ko'rinishida javob beriladi.
— Noto'g'ri fe'llar ikkinchi ko'rinishda yoziladi.
— Masalan: go - went, do - did, write - wrote va hokazo. To'g'ri fe'llarga "ed" 
qo'shiladi. "Did" so'zidan keyingi so'zlarga "ed qo'shilmaydi, 2-shaklga ham 
o'zgarmaydi. 
— Present perfect - tugallangan hozirgi zamon. Hodisa o'tgan zamonda sodir bo'lib, 
hozirgacha davom etgan holat.
• I have lost my key - Men kalitimni yo'qotib qo'ydim (ya'ni, haliyam topganim yo'q). 
— Present perfect have/has bilan ifodalanadi. Agar ularsiz yozilsa, past simple bo'ladi. 
I lost my key yesterday - Men kecha kalitimni yo'qotib qo'ydim. 
— Faqat 3-shaxs birlik (he/she/it)da "has", boshqa holatlarda have ishlatiladi. To'g'ri 
fe'llarga "ed" qo'shiladi. Noto'g'ri fe'llar 3-formatda yoziladi.
— Masalan: go - gone, do - done, write - written va hokazo. 
— Present perfect: 
• Have you ever been to Spain? (Siz hech Ispaniyada bo'lganmisiz?) 
— Past simple:


Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy 
Ingliz tili | Noldan
34
• Did you go to Spain last year? (Siz o'tgan yili Ispaniyaga bordingizmi?) 
— Birinchi gapda hozirgacha bo'lgan vaqt oralig'ida savol beryapdi. Demak, bu 
tugallangan hozirgi zamon. 
— Ikkinchi gapda o'tgan yili haqida so'rayapdi. Undan keyin hozirgacha hech qanday 
ma'lumot yo'q. Demak, bu oddiy o'tgan zamon. 
— O'tilgan mavzu bo'yicha misollar: 
• I saw Jack yeterday. 
• We didn't have a holiday last year. 
• I got up at 7.15. 
• I had breakfast. 
• When did they arrived? 
• Have you ever been to Spain? 
• I have lost my key. 
• I lost my key yesterday. 
• Bill has gone home. 
• Have you seen Ann? 
Eslatma: Mavzu o'z nihoyasiga yetdi, bu mavzuni to'liq o'zlashtirib bo'lib, 
keyingi mavzuga o'ting! 
UNIT 20: It is done / It was done (passive - muallifi ko'rsatilgan va ko'rsatilmagan 
fe'llar) 


Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy 
Ingliz tili | Noldan
35
— Ishning bajaruvchisi ko'rsatilgan o'tgan zamondagi gaplar "active" deyiladi. Ishning 
bajaruvchisi ko'rsatilmagan gaplar "passive" deyiladi. 
— Quyidagi gapda ish bajaruvchiga ishora bor.
• Somebody cleans the room every day - Kimdir xonani har kuni tozalaydi (active). 
— Bunisida esa ish bajaruvchiga ishora yo'q, faqat ishning o'zi haqida ma'lumot bor. 
• The room is cleaned every day - Xona har kuni tozalanadi (passive). 
— Yana misollar: 
• Somebody cleaned the room yesterday - Kimdir xonani kecha tozalagan. 
• The room was cleaned yesterday - Xona kecha tozalangan. 
— E'tibor bersangiz, "active" gaplarda am/is/are yoki was/were qo'yilmayapdi. 
"Passive"da esa hozir ham davom etayotgan harakat bo'lsa am/is/are, o'tgan zamonda 
qolib ketgan bo'lsa was/were qo'yiladi.
— Bunday gaplar ham tugallangan hozirgi zamon bo'lgani uchun noto'g'ri fe'llar 
uchinchi formatda yoziladi, to'g'ri fe'llarga "ed" qo'shiladi. 
— "By" - "tomonidan" deganidir. 
• My brother was bitten by a dog last week - Mening akam it tomonidan tishlab olindi, 
yoki mening akamni it tishlab oldi. 


Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy 
Ingliz tili | Noldan
36
— "Born" tug'ilmoq degani.
— Misollar: 
• I was born in Uzbekistan - Men O'zbekistonda tug'ilganman. 
• My parents were born in Uzbekistan - Mening ota-onam O'zbekistonda tug'ilgan. 
• He was born in Ireland - U Irlandiyada tug'ilgan. 
— O'tilgan mavzu bo'yicha misollar: 
• Butter is made from milk. 
• Oranges are imported into Britain. 
• How often are those rooms cleanes? 
• I am never invited to parties. 
• This house was built 100 years ago. 
• Those houses were built 100 years ago. 
• When was the phone invented?
• I wasn't invited to party last week. 
• I was born in London in 1958. 
• We were woken up by the noise. 
Eslatma: Mavzu o'z nihoyasiga yetdi, bu mavzuni to'liq o'zlashtirib bo'lib, 
keyingi mavzuga o'ting! 
UNIT 21: What are you doing tomorrow? (present for the future - hozirgi zamonda 
kelasi zamon haqida) 


Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy 
Ingliz tili | Noldan
37
— Ingliz tilida ertaga, kechki payt, birozdan so'ng kabi kelasi zamonni bildiruvchi 
vaqtlarda nima qilmoqchiligingizni ifodalash yoki shu haqida savol berish "present for 
the future" deyiladi.
— Buning uchun present continuous (davomiy hozirgi zamon) fe'lining "ing" 
qo'shimchasidan foydalanamiz.
— Masalan:
• I am playing tennis tomorrow - Men ertaga tennis o'ynayapman (o'ynayman, 
o'ynamoqchiman).
— Demak buning uchun am/is/are ham ishlatiladi. 
— Savol berishda odatdagidek am/is/are egadan oldinga o'tadi.
— Masalan: 
• Is he going to the cinema on Friday - U juma kuni kinoga ketyapdimi? 
• What are you doing tomorrow - Ertaga nima qilmoqchisiz? 
— Inkor qilish uchun doimgidek "not" qo'shamiz. 
• I am not playing football next week - Men keyingi hafta futbol o'ynamoqchi 
emasman. 


Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy 
Ingliz tili | Noldan
38
— Kelgusida rejalashtirilgan ish rasman ma'lum vaqtga ega bo'lsa, u holda bunday gap 
present simple (oddiy hozirgi zamon) usulida yoziladi.
— Ya'ni, am/is/are qo'yilmaydi, harakat so'ziga "ing" o'rniga "s" qoshiladi. Savol 
berayotganda do/does ishlatiladi. 
• The concert starts at 7:30 - Konsert 7:30 da boshlanadi. 
• What time does the train leave? - Poyezd qachon jo'nab ketadi? 
— O'tilgan mavzu bo'yicha misollar: 
• Alice is going to dentist on Friday. 
• They are going to concert tomorrow evening. 
• Are you meeting Bill this evening? 
• What are you doing at the weekend? 
• I am not going out tonight. 
• I am staying at home. 
• I am going out this evening. 
• Are you going out tonight? 
• Ann is not coming to the party next week. 
• The concert starts at 7.30. 
Eslatma: Mavzu o'z nihoyasiga yetdi, bu mavzuni to'liq o'zlashtirib bo'lib, 
keyingi mavzuga o'ting! 
UNIT 22: I'm going to ... (men ... moqchiman) 


Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy 
Ingliz tili | Noldan
39
— Kelgusida biror ishni qilmoqchi bo'lganingizni hozir ifodalasangiz "going to" 
birikmasidan foydalanasiz.
— Bu judayam oddiy bo'lib, asosan o'tgan darsning davomi. Egadan so'ng am/is/are 
qo'yiladi, keyin "going to" yoziladi, keyin harakat so'zi, keyin boshqa so'zlar yoziladi.
— Harakat so'ziga "ing" qo'shilmaydi, chunki "going to"dagi "ing" kifoya qiladi.
— Misollar: 
• I am going to watch TV this evening - Men bu oqshom televizor ko'rmoqchiman. 
• He is going to have a bath - U vanna qabul qilmoqchi. 
• They are going to eat tomorrow - Ular ertaga ovqatlanmoqchi. 
— Inkor qilish uchun doimgidek "not" ishlatamiz. 
• I'm not going to cook a meal - Men ovqat pishirmoqchi emasman. 
— Savol berish uchun doimgidek am/is/are egadan oldinga o'tadi. What, when, how 
kabi so'roq gaplar bo'lsa gap boshida keladi. 
• Are you going to buy a car - Mashina sotib olyapsizmi? 
• What is he going to wear to the party on Monday - U dushanba kungi kechaga nima 
kiyib bormoqchi? 
— O'tilgan mavzu bo'yicha misollar: 


Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy 
Ingliz tili | Noldan
40
• I am going to buy some books tomorrow. 
• Sarah is foing to sell her car. 
• I am not going to have breakfast this morning. 
• What are you going to wear to the party? 
• I am going to wash it. 
• Are you going to invite John? 
• It is going to rain. 
• I am going to be late. 
• I am playing tennis with Jeck tomorrow. 
• She is going to watch TV. 
Eslatma: Mavzu o'z nihoyasiga yetdi, bu mavzuni to'liq o'zlashtirib bo'lib, 
keyingi mavzuga o'ting! 
UNIT 23 va 24: will / shall (1,2) 
— Biror harakatni kelasi zamonda bo'lishi kutilayotgan bo'lsa egadan so'ng will/shall 
ishlatiladi.
— Bo'ladigan hodisa aniq belgilanmagan, avvaldan rejalashtirilmagan. Hodisa tabiiy 
ravishda ro'y berishi kutilayotgan yoki hozirgina shu fikrga kelingan bo'ladi. 
• I will have breakfast - Men nonushta qabul qilaman (bu gap oldindan reja qilinganidan 
emas, qorin ochganidan kelib chiqqan).
— Agar "I am having breakfast" bo'lganida reja qilingan harakat tushunilardi va ortida 
this morning - bu tong, tomorrow - ertaga kabi so'zlar qo'shilishi mumkin. U holda 
o'tgan darsdagi present for the future bo'lib qoladi.


Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy 
Ingliz tili | Noldan
41
— Bugungi mavzuyimiz esa undan farq qiladi, am/is/are qo'yilmaydi, harakat 
so'zlariga "ing" qo'shilmaydi. 
• My case is very heavy - Meni sumkam juda og'ir. 
• I will carry it for you - Men uni ko'tarishib yuboraman. 
• I will eat it - Men uni yeyman. 
• I think I will go out - O'ylaymanki men tashqariga chiqaman. 
— "I will" funksiyasidan oldin "I think" va "I don't think" jumlalaridan foydalansa 
bo'ladi. 
— Qisqartmasi: I will - I'll, we will - we'll, she'll va hokazo.
— Savol berishda will/shall egadan oldinga o'tadi. 
• Will he eat - U ovqatlanadimi? 
— Inkor qilish "will not" (qisqartmasi: won't). 
• I won't sleep - Men uxlamayman. 
— Aniq vaqti belgilangan voqealarda will/shall qo'yilmaydi. 
• We're going to the market on Sunday - Biz yakshanba kuni bozorga ketyapmiz. 


Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy 
Ingliz tili | Noldan
42
— Shall faqat 1-shaxs (I va we)da ishlatilishi mumkin. Men yoki biz so'zlarida 
qo'llanadi. 
• I think we shall win - O'ylaymanki biz g'olib bo'lamiz. 
— Will esa barcha shaxslar uchun ishlatilaveradi. They will, he will, she will, it will 
va hokazo. 
— Falon joyda bo'laman demoqchi bo'lganda "be" (bo'lmoq) qo'shiladi. 
• I will (I'll) be in Paris - Men Parijda bo'laman. 
— O'tilgan mavzu bo'yicha misollar: 
• Next year he will be 25. 
• Tomorrow she will be in Rome. 
• I will be at home. 
• The birds will eat it. 
• We will go out this evening. 
• Will you be at home this evening? 
• I won't be here tomorrow. 
• You won't sleep. 
• I think Diana will pass the exam. 
• Do you think the examination will be difficult? 
Eslatma: Mavzu o'z nihoyasiga yetdi, bu mavzuni to'liq o'zlashtirib bo'lib, 
keyingi mavzuga o'ting! 


Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy 
Ingliz tili | Noldan
43
UNIT 25: Can and could 
• I can ride a horse - Ot minish qo'limdan keladi. 
— Misolda kelganidek, I, we, you, they, he, she, it so'zlaridan yoki gapning egasidan 
so'ng "can" qo'yilsa, qo'lidan keladi, bajarishni biladi kabi ma'noga ega bo'ladi.
— Gap o'tgan zamon haqida ketayotgan bo'lsa, uning o'rniga "could" qo'yiladi. 
• He could to the meeting yesterday - U kechagi uchrashuvga kela oldi. 
— Ega o'rnida ismlar kelishi mumkin. 
• Akmal can swim - Akmal suzishni biladi. 
— Inkor formasi - cannot (qisqartmasi: can't), could not (qisqartmasi: couldn't). 
• I can't play the piano - Men pionino chalishni bilmayman (yoki qo'limdan kelmaydi 
desa ham bo'ladi). 
— Savol berish uchun doimgidek bu so'zlarni egadan oldinga o'tkazamiz. 
• Can you play - O'ynay olasizmi? 
• Can we speak English - Biz Inglizcha gapira olamizmi? 


Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy 
Ingliz tili | Noldan
44
— Birortasiga iltimos qilayotganda can va could so'zlarini qaysi birini qo'llasak ham 
bo'laveradi. 
• Can you open the door, please? - Eshikni ochib qo'ya olasizmi, iltimos? 
• Could you open the door, please? - Eshikni ochib qo'ya olarmidingiz, iltimos? 
— O'tilgan mavzu bo'yicha misollar: 
• He can play the piano. 
• I can play the piano. 
• My brother can paly the piano too. 
• Ann can speak Italian. 
• She can't speak Spanish. 
• Can you swim? 
• When I was young, I could run fast. 
• She could speak British. 
• Bill and Jenny couldn't come to the party last week. 
• Could you open the door, please? 
Eslatma: Mavzu o'z nihoyasiga yetdi, bu mavzuni to'liq o'zlashtirib bo'lib, 
keyingi mavzuga o'ting! 
UNIT 26: May and might 
— Biror harakatni bajarish yoki hodisaning ro'y berish ehtimoli borligini bildirish 
uchun may/might so'zlarini ishlatamiz.


Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy 
Ingliz tili | Noldan
45
— Kelasi zamonda may, o'tgan zamonda might qo'llanadi. 
• I may go to Paris - Parijga borishim mumkin. 
• It might rain - yomg'ir yog'ishi mumkin edi. 
— Ko'p holatlarda may va might bir-birini o'rniga tushaveradi, ko'proq "may" 
ishlatiladi. 
— Savolga aylantirish uchun may/might egadan oldinga o'tadi. 
• May he smoke - U chekishi mumkinmi? 
— Inkor formasi may not va might not. Mayn't yoki mightn't deb qisqartma qilinmaydi. 
• I may not play tennis - Men tennis o'ynashim mumkin emas (taqiqlangan degan 
ma'noda emas, ehtimoli yo'q degan ma'noda). 
— Present for future - hozir kelasi zamon haqida, mavzusidan farqi, unda am/is/are va 
"ing" qo'shimchasi ishlatiladi. U hodisaning bo'lishi aniq deb tushuniladi. May/might 
darsimiz esa hodisaning bo'lish ehtimoli ko'p, bo'lishi mumkin ma'nosidagi gaplar 
haqida. 
• I am playing football tomorrow - Men ertaga futbol o'ynayapman (o'ynamoqchiman, 
aniq o'ynayman). 
• I may play football tomorrow - Men ertaga futbol o'ynashim mumkin. 
— May ruxsatni bildirib ham kelasi. 


Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy 
Ingliz tili | Noldan
46
• May I come in - Kirsam maylimi? 
— O'tilgan mavzu bo'yicha misollar: 
• I may go to Paris. 
• It might rain. 
• I may go to the cinema this evening. 
• I mingt go to the cinema this evening. 
• Take an umbrella. It may rain. 
• I am palying tennis tomorrow. 
• I may paly golf tomorrow. 
• Barbara might go to France next week. 
• I might not go to work tomorrow. 
• May I smoke? 
Eslatma: Mavzu o'z nihoyasiga yetdi, bu mavzuni to'liq o'zlashtirib bo'lib, 
keyingi mavzuga o'ting! 
UNIT 27: Must 
— Biror harakatning bo'lishi shartligini ifodalash uchun "must" so'zini ishlatamiz. 
— Bu so'z fe'ldan oldin keladi. Hozirgi va kelasi zamonda "must" ishlatiladi. 
• I must go to the bank now - Men hozir bankga borishim kerak. 
• I must go to the bank tomorrow - Men ertaga bankga borishim kerak. 


Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy 
Ingliz tili | Noldan
47
— O'tgan zamonda must o'rniga "had to" qo'yiladi. 
• I had to go to the bank yesterday - Men kecha bankga borishim kerak edi. 
— "Must" so'zining inkor shakli must not, qisqartmasi mustn't. 
• I mustn't be late - Men kech qolmasligim kerak. 
— Need not (needn't) - shart emas degani. 
• The windows aren't dirty. You needn't clean them - Derazalar kir emas. Ularni 
tozalashing shart emas. 
— Need not (needn't) o'rnida do not need (don't need) ishlatsa ham bo'ladi. Ikkalasi bir 
xil ma'noga ega. 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling