30
II Bob. Hozirgi zamon ingliz tili qo’shma
gaplarining o’zbek tilida tarjimasi va ular sintaktik-semantik moslashuvi
Ingliz tili va o’zbek tili qo’shma gaplarining bir-biriga o’xshash va farqli tomonlari, ular
o’rtasidagi mazmun munosabat va ikki oilaga mansub tillarda gaplarda so’z tartibi kabi masalarni
quyidagi misallarda ko’zdan kechiramiz:
1. «The town was very nice and our house was very fine.» (f.A- Chll p4)
«Shahar juda ajoyib, biz turgan uy esa juda chiroyli edi.» (A. Q Bill. P 9)
Ingliz tilida bog’langan qo’shma gap o’zbek tiliga bog’lovchisiz qo’shma gap tarzida tarjima
qilingan. Ingliz tili qo’shma gapida « The town» birinchi gapning egasi «was very nice» esa
kesimi bo’lib kelgan «and» ikki sod- da gapni bir-biriga bog’lab kelgan teng bog’lovchi, «our»
ega- ning aniqlovchisi, «house» ikkinchi gapning egasi, «was very fine» ikkinchi gap kesimidir.
O’zbek tili variantida I. G’ofurov bu gapni bog’lovchisiz qo’shma gap tarzida tarjima
qilganlar, unda «shahar» ega «juda ajoyib» ot kesim (nomustaqil), «biz turgan» sifatlovchi
aniqlovchi «uy» ikkinchi gap egasi, «chiroiyli edi» esa kesim. Agar biz bu gapni grammatik
jihatdan yondashib tarjima qilsak quyidagi natijaga erishamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: