Grosheva I. V djanpeisova g. E,, Mikailova u. T, Ismailova m. A, Kenjabayeva d. A


Didaktik o‘yin o‘qitishning o‘yin uslubi sifatida


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/46
Sana08.06.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1463109
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
Bog'liq
O\'yin orqali ta\'lim olish

Didaktik o‘yin o‘qitishning o‘yin uslubi sifatida. O‘yin mashg‘ulotlari 
yordamida tarbiyachi ma’lum bilimlarni beradi, tasavvurlar shakllantiradi, 
aqlan zaif bolalarni o‘ynashga o‘rgatadi. Didaktik o‘yinlar bolalarni 
matematikaga, ona tiliga o‘qitish uchun tabiat va atrof olam bilan tanishtirish 
uchun, sensor madaniyatni rivojlantirish uchun qo‘llaniladi. Didaktik o‘yin 
ta’lim shakli sifatida 2 qismdan iborat: 1) o‘quv (bilim), 2) o‘yin (qiziqarli). 
Pedagog bir vaqtning o‘zida ham o‘qituvchi, ham o‘yin ishtirokchisi 
hisoblanadi. U o‘rgatadi va o‘ynaydi, bolalar esa o‘ynab o‘rganadi. Aqlan zaif 
bolalarni ular uchun faol, intensiv faoliyat vositasida o‘qitish – didaktik 
o‘yinlarning ajratib turuvchi xususiyatidir. Biroq ta’kidlash lozimki, 
o‘ynovchilar tomonidan egallanadigan bilim va malakalar ular uchun 
faoliyatning qo‘shimcha mahsuli hisoblanadi, chunki bolalar uchun bosh 
manfaat ta’limiy vazifa emas, o‘yin harakatlari hisoblanadi. Didaktik o‘yin 
mustaqil o‘yin sifatida bu jarayonning ongliligiga asoslangan. Aqlan zaif bolalar 
o‘yin harakatlarini mustaqil egallashga va rivojlantirishga qodir emaslar. Bu 
nazorat funksiyasining pasayishi bilan va bolaning maqsadga yo‘nalgan 
faoliyatining buzilishi bilan bog‘liq. U faqat shu holatda amalga oshiriladiki, 
agar intellektida nuqsoni bor bolalar o‘yinga, uning qoidalariga qiziqish 
bildirishsa, agar bu qoidalar ular tomonidan o‘zlashtirilgan bo‘lsa. Didaktik 
o‘yin bola shaxsini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida namoyon 
bo‘ladi. Didaktik o‘yinlar bola nutqini rivojlantiradi, lug‘ati kengayadi va 
faollashadi, tovushlarning to‘g‘ri talaffuzi shakllanadi, bog‘langan nutq va o‘z 
fikrini ifodalash ko‘nikmasi rivojlanadi. Ko‘p o‘yinlarning didaktik vazifasi 
shunday tuzilganki, aqlan zaif bolalarni buyumlar va hodisalar haqida mustaqil 
hikoya tuzishga o‘rgatadi. Ayrim o‘yinlar bolalardan jins va tur tushunchasini 
faol qo‘llashni talab etadi. Sinonimlarni, antonimlarni, eshitilishiga ko‘ra 
o‘xshash so‘zlarni topish ko‘pgina og‘zaki o‘yinlarning vazifasidir
39

39
Проблемы дошкольной игры: Психолого-педагогические аспекты / Под ред. Н. Н. Поддъякова, Н. А. 
Михайленко. – М., 1986-145. 


72 
Nutqning grammatik tuzilishini takomillashtirish masalalarida asosiy 
vazifa sifatida bolalar nutqidagi turli grammatik xatolarni bartaraf etish emas, 
balki grammatik umumlashtirishlarni shakllantirish yuzaga chiqadi. 

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling