Grosheva I. V djanpeisova g. E,, Mikailova u. T, Ismailova m. A, Kenjabayeva d. A
Ertakterapiya mashg‘ulotining korreksion-rivojlantiruvchi tuzilishi
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'yin orqali ta\'lim olish
Ertakterapiya mashg‘ulotining korreksion-rivojlantiruvchi tuzilishi
2-jadval Bosqich Maqsad Bosqich mazmuni 1. Ertakka “kirish” tadbiri Hamkorlikda ishlashga tayyorlash. Ertakka kirish. Jamoa bilan o‘tkaziladigan mashqlar. Masalan, bolalar aylana shaklida turib, navbatma-navbat bir-biriga koptokni uzatishadi. 2. Takrorlash O‘tgan mashg‘ulotni eslash, erishilgan natija va xulosalarni, egallangan tajribani yodga tushirish. Defektolog bolalarga o‘tgan mashg‘ulot yuzasidan savollar bilan murojaat qiladi. Masalan, o‘tgan darsda qanday mashg‘ulot o‘tdik? Nimani o‘rgandik? Olgan bilimlaringizdan qanday foydalan- dingiz? 3. Kengaytirish Bolani ma’lum predmet yoki hodisa haqidagi tasavvurlarini kengaytirish Defektolog bolalarga yangi ertakni so‘zlab beradi yoki namoyish etadi. So‘ng ertak qahramonlaridan qaysi biriga yordam berishni hohlashlarini so‘raydi. 40 Шорохова О.А. Играем в сказку: Сказкотерапия и занятия по развитию связной речи дошкольников. – М.: ТЦ Сфера, 2008. – 208 с. 74 Yangi tajribaga ega bo‘lish, bola shaxsini yangi tomonlarini namoyon bo‘lishi Defektolog bolada yangi tajribaga ega bo‘lishga imkon beruvchi o‘yinlar o‘tkazadi; “sayohat”, “sehrli aylanish” kabilar amalga oshiriladi. 5. Integratsiya Yangi tajribani real hayot bilan bog‘lash Defektolog bolalar bilan mashg‘ulot davomida egallagan yangi tajribani real hayotlarining qaysi vaziyatlarida qo‘llay olishlarini muhokama va tahlil qilishadi. 6. Xulosalash Egallangan tajribani oldingisi bilan bog‘lash. Defektolog mashg‘ulotni yakunlaydi. Mashg‘ulot davomida bo‘lib o‘tganlarni yana bir bor aniq va to‘g‘ri ketma- ketlikda so‘zlab berib, ba’zi bolalarni rag‘batlantiradi, egallangan tajribani muhim ahamiyatga egaligini etirof etgan holda yangi tajribani qo‘llay olishi mumkin bo‘lgan hayotiy vaziyatlarni misol tarzda keltiradi. 7. Ertakdan “chiqish” tadbiri Yangi tajribani mustahkamlash, bolani odatiy ijtimoiy muhit bilan munosabatga kirishishga tayyorlash. Ertakga “kirish” tadbirini ba’zi qo‘shimchalar bilan takrorlash. So‘ng defektolog: “biz bugungi mashg‘ulotda o‘rgangan barcha muhim bilimlarimizni o‘zimiz bilan olib ketamiz” deydi, bolalar qo‘lini aylana ichiga cho‘zib, undan go‘yo bir narsa olganday bo‘lib, ko‘kragiga qo‘yishadi. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling