Grosheva I. V djanpeisova g. E,, Mikailova u. T, Ismailova m. A, Kenjabayeva d. A


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/46
Sana08.06.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1463109
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46
Bog'liq
O\'yin orqali ta\'lim olish

Mashg‘ulotning borishi 
Defektolog: (bolalarga “Olako‘z laqabli sigir” ertagini 1 va 2 gaplarini 
o‘qib beradi, so‘ng ) “Bolalar, Olako‘z xushchaqchaq sigir-mi yoki g‘amgin 
sigir-mi? Hozir men boshlayman, sizlar esa davom ettirasizlar. Olako‘zning 
ovozi g‘amgin emas, uning ovozi ...”
Bolalar: Xushchaqchaq
Defektolog: Ovozi past emas, ... 
Bolalar: Baland 
Defektolog: Olako‘zga o‘xshab baland, xushchaqchaq ovozda uzoq mo‘rab 
ko‘ring-chi: “Mu-mu-mu!” 
Bolalar defektolog topshirig‘ini bajarishadi.
Defektolog: (Ertakning 3-5 gaplarni o‘qib beradi) Chol va kampir qanday 
yig‘lashini qanday ko‘rsatib berish mumkin? Chol va kampirning chehrasi 
xushchaqchaq emas, ...
Bolalar: g‘amgin 
Defektolog: chol va kampir qanday yig‘lashayotganini ko‘rsatib bering. 
“G‘am” pantomimik etyudi 
Bolalar chol va kampirning yig‘lashini ko‘rsatib berishadi: boshlarini
chayqab, ko‘z yoshlarini artishadi, qoshlari bir-biriga yaqinlashtirilgan.
Defektolog: (ertakning 6-11 gaplarni o‘qiydi) Kampir Olako‘z uyg‘onishini 
juda qattiq hohlaganmi? U mushuk va sichqondan Olako‘ni uyg‘otib berishni 
qanday so‘ragan? 
Bolalar: Iltimos qilib, erkalab chaqirib so‘ragan. 
Defektolog: Kimning ovozi pastroq, mushuknikimi yoki sichqonnikimi? 
Bolalar: Sichqonniki 
Defektolog: To‘g‘ri. Demak sichqon Olako‘zni past ovoz bilan emas, 
shivirlab uyg‘otishga uringan.
Defektolog: Olako‘zni sichqon va mushukka o‘xshab uyg‘otib ko‘ring.
Bolalar topshiriqni bajarishadi.


79 
Defektolog: (ertakning 12-15 gaplarni o‘qiydi). Endi musiqani diqqat bilan 
tinglasangiz ertakdagi Olako‘z nima eshitganini eslaysizlar.
Bolalar M.I.Glinkaning «Chernomor marshi» kompozitsiyasining bir 
parchasini tinglashadi.
Defektolog: Bu qanday musiqa sokinmi yoki qo‘rqinchlimi? Balandmi yoki 
pastmi? Bolalar: Qo‘rqinchli va baland. 
Defektolog: To‘g‘ri bu musiqa qo‘rqinchli va baland. Bu yomg‘ir yog‘ish 
ovozimi yoki momaqaldiroq chaqnashimi?
Bolalar: Momaqaldiroq chaqnashi.
Defektolog: (ertakning 16-17 gaplarni o‘qiydi). Qo‘lingizni stol ustiga 
qo‘yib, barmoqlaringiz bilan stolni tukillatib, avval yomg‘ir yog‘ishini, so‘ng 
momaqaldiroq gumburlab yomg‘ir yog‘ishini tasvirlab bering. 

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling