77
Kunlardan bir kuni Olako‘z chuqur uyquga ketibdi. Uxlab-uxlab, hech
uyg‘onmasmush. Chol va kampir uni uyg‘atolmay rosa yig‘lashibdi.
Kampir sichqonni chaqirib: “Sichqoncha, Olako‘zni uyg‘otib ber, evaziga
senga sut beraman” – debdi. Sichqon “Pi, pi, pi uyg‘on! Pi, pi, pi o‘rningdan
tur!” deya chiyillabdi. Olako‘z uyg‘onmabdi.
Kampir mushukni chaqirib: “Mushukcha, Olako‘zni uyg‘otib ber, evaziga
senga sut beraman” – debdi. Mushuk “Myau, myau, myau uyg‘on! Myau, myau,
myau o‘rningdan tur!” deya miyovlabdi. Olako‘z uyg‘onmabdi.
Olako‘zni osmondagi bulutlar ko‘rib qolibdi. Olako‘zdan
jahli chiqib
lunjlarini to‘ldirib puf-puf deya puflabdi-yu, portlab ketibdi.
Yomg‘ir yog‘a
boshlabdi, o‘t-o‘lanlarga, daraxt-u uylarning tomlariga
yog‘ibdi. Olako‘z uyg‘onmabdi.
Qattiq momaqaldiroq chaqnab, yomg‘ir yana kuchayibdi.
Olako‘z uyg‘onib ketib, “Mu-mu!” deya mo‘rabdi.
Chol va kampir
xursand bo‘lib, hammani chaqirib, sut bilan mehmon qilishibdi.
1 bosqich. Affektiv holatlarni tushunish va ularni o‘zaro farqlash
Maqsad:
1. So‘zli rejissyorlik o‘yini:
Musiqaning xususiyatlari asosida qahramonlarning xatti-harakatlari va
hissiy holatini sezish ko‘nikmalarini shakllantirish;
Bolani hayvonlar nomini erkalash-kichraytirish shakllari
bilan tanishtirish
(
sichqoncha, mushukcha);
Fe’lning buyruq mayli bilan tanishtirish (
uyg‘on, tur);
Hayvonlar ovozini turli intonatsiya (xursandchilik, iltimos) va balandlik
(
baland, past, shivirlab) bilan ifodali imitatsiyalashga o‘rgatish;
2. Psixogimnastika:
Tabiat hodisalarini ritmitizatsiya asosida tasvirlab berishga o‘rgatish
(
yomg‘ir, momaqaldiroq);
Hissiy holatlarni mimika va xatti-harakatlarda ta’sirchanlik
bilan ifoda
etishga o‘rgatish (
g‘am, iltimos, xursandchilik);
Badan mushaklarini ixtiyoriy tarzda kuchlantirish va bo‘shashtirish
ko‘nikmalarini rivojlantirish (
bulut - yomg‘ir).