Grosheva I. V djanpeisova g. E,, Mikailova u. T, Ismailova m. A, Kenjabayeva d. A


oladi?” kabi o‘yinlarda amalga oshadi.  “O‘yinchoqni tanib ol!”o‘yini


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/46
Sana08.06.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1463109
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
O\'yin orqali ta\'lim olish

oladi?” kabi o‘yinlarda amalga oshadi. 
“O‘yinchoqni tanib ol!”o‘yini
50
 
Maqsad: predmetli so‘zlarni va sifatlarni bola lug‘atida ko‘paytirish, 
predmetni uning belgilari va xususiyatlariga qarab tanib olish malakalarini 
shakllantirish. 
O‘yinning mazmuni: Defektolog bolaga 3-4 ta o‘yinchoqni ko‘rsatadi va 
ularni nomlaydi. Avvalambor, ularni to‘g‘ri nomlashni o‘rgatish kerak. “Bu 
...(quyon, tulki, o‘rdakcha)”. Har bir o‘yinchoq to‘g‘risida bolaga ma’lumot 
beriladi. Uning tashqi qiyofasiga “bu yumshoq o‘yinchoq, u kulrang. Dumi 
kalta, quloqlari esa uzun. U sabzini yaxshi ko‘radi. U tez va epchil sakraydi”. 
Shu singari qolgan o‘yinchoqlarni ham tasvirlab beriladi. So‘ng bola ularni 
nomlaydi. Bolaga o‘yinchoqlardan birini tasvirlab berish taklif qilinadi. 
“Qandayligini ayt!” o‘yini
O‘yin maqsadi: predmetni belgi-xususiyatlarini ajratib, ularni nomlay 
olishga o‘rgatish. 
O‘yinning mazmuni: Qutidan predmetlar olinadi va nomlanadi. (“Bu – 
nok”), bola esa uning sifatlarini aytadi.(“U sariq, yumshoq va shirin”. “Bu 
pomidor. U qizil, dumaloq, pishgan, sersuv, shirali”. “Bodring cho‘zinchoq, 
yashil, eganda qarsillaydi”). 
Mazkur o‘yinlarni nafaqat mashg‘ulot davomida bir marta balki sayr 
vaqtida, hatto uyda ota-onasi va oila a’zolari bilan “o‘ynash” tavsiya qilinadi. 
50
Панова Е. Н. Дидактические игры-занятия в ДОУ. – Воронеж: ЧП Лакоценин, 2007
.


104 
Bir bolaga ham defektolog, ham tarbiyachi, ham oila a’zolari bir vaqtning o‘zida 
maqsadga yo‘naltirilgan munosabatda bo‘lishsa, bunday bolalarning muloqatga 
bo‘lgan ehtiyoji paydo bo‘ladi, nutqining rivojlanishiga turtki bo‘lishiga 
aminmiz. O‘yin faoliyati davomida bolani zeriktirib qo‘ymaslik juda muhim. 
Buning kerakli jihozlarni tanlashda rangbarang, diqqaini o‘ziga tortuvchi rasm
plakat, didaktik o‘yinchoq va materiallardan foydalanish kerak bo‘ladi. 
O‘yinlarni tanlashda va guruhdagi sog‘lom ruhiy holatni ushlab turishga 
erishish uchun har bir bolaning individualligini hisobga olish defektologning 
asosiy vazifasidir. Bunda bolaga qanchalik qiziqarli o‘yin taklif qilmang, unda 
ishtirok etish uchun yetarli malaka va ko‘nikmalar mavjud bo‘lmasa, bu faoliyat 
uni aslo qiziqtirmaydi, aksincha, guruhdan chetlashtiradi, asabiy holga solib 
qo‘yadi va nutq o‘stirish mashg‘ulotlaridan uzoqlashtirib qo‘yadi. 


105 

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling