Grosheva I. V djanpeisova g. E,, Mikailova u. T, Ismailova m. A, Kenjabayeva d. A
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'yin orqali ta\'lim olish
III bob bo‘yicha xulosa
Тadqiqotning yakunlovchi bobida aqli zaif bolalarning nutqiy muloqotini tashkil qilishda didaktik o’yin turlaridan foydalanildi. Didaktik o‘yinlar bolalarning sensor qobiliyatlarini rivojlantiradi. His qilish va sezgi jarayonlari aqlan zaif bola tomonidan atrof olamni bilish asosida yotadi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda buyumning rangi, shakli, kattaligi bilan tanishishi sensor tarbiya bo‘yicha didaktik o‘yinlar va mashqlar sistemasini yaratish imkoniyatini beradi. Didaktik o‘yinlar bolalarning nutqini o‘stiradi: lug‘atini boyitadi va faollashtiradi, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish shakllanadi, bog‘langan nutq va o‘z fikrini bayon qila olish ko‘nikmasi rivojlanadi. Shuningdek, ushbu bobda aqli zaif bolalar nutqini rivojlantirishda didaktik o’yinlarni qo’llashga qaratilgan talimiy ekspirement o’tkazildi. Ta’limiy eksperimental tadqiqot Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 353-sonli maxsus maktabgacha ta’lim muassasasida olib borildi. Unda didaktik o’yin texnologiyalari qo’llanildi. Bu o’yin texnologiyalari nutqni o’stirish mashg’ulotlari davomida o’tkazildi. Тa’limiy eksperimental tadqiqot natijasida, takroriy ta’kidlovchi eksperimental tekshiruvda mazkur bolalar bu topshiriqlarni bajarishda muammoli vaziyatlarni hal etishda nisbatan mustaqil tarzda, nutqdan faolroq foydalangan holda bajarishdi. O‘tkazilgan nazorat eksperimental tadqiqot asosida tarbiyalanuvchilarni bog‘langan nutqi, mantiqiy tafakkuri, tasavvur, tafakkur operatsiyalarini, ixtiyoriy diqqatini rivojlanish darajasi sezilarli darajada rivojlangani kuzatildi. Bolalar topshiriqlarni bajarishda diqqatlarini jamlay olish, ko‘rsatmalarni tinglash va tushunish, yo‘naltiruvchi savollardan foydalanish, o‘z fikrini bildira olish, savollarga yoyiq javoblar berish ko‘nikmalari nisbatan ijobiy tarzda o‘zgarganligi kuzatildi. Aksariyat bolalar topshiriqlarni kattalarning minimal yordami bilan bajara olib, namuna bilan ishlash, taqqoslash, analiz-sintez jarayonlarini sifat jihatdan o‘zgarganligi ko‘zga tashlandi. Nazorat eksperimental tadqiqot asosida, intellektual kamchiliklarga ega maktabgacha yoshdagi bolalar xilma-xil natijalarni namoyish etib, dastlabki va 106 takroriy ta’kidlovchi tadqiqotlarni taqqoslash asosida umumiy ijobiy o‘sish tendensiyasi aniqlandi. Tekshiriluvchilar orasida topshiriqni bajarishdan bosh tortgan, topshiriqni umuman bajara olmagan, topshiriqni bajarish davomidagi hissiy-irodaviy soha, tormozlanish-qo‘zg‘alish jarayonlari, tafakkur operatsiyalarining kamchiliklar bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelgan tarbiyalanuvchilar soni qisqardi. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling