99
Chunki maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning xotirasi sust, diqqati tarqoq
bo‘ladi. Qayta-qayta takrorlanishi natijasida bolada bu so‘zlarning ko‘plik va
birlikdagi shakllari yanada mustahkamlanib boradi.
Ushbu so‘zlardan keyinchalik ham o‘z hayotida foydalanish ehtiyojini
paydo qiladigan holatlarni yaratish samarali usullardan biri hisoblanadi.
So‘z yasashda kelishik qo‘shimchalaridan to‘g‘ri
foydalanish, “Kiyimlar”
mavzusiga doir leksik zahirani boyitish maqsadida
“Bu kimning kiyimlari,
o’ylab top?!” o‘yinini tavsiya etamiz.
Didaktik materiallar ro‘mol o‘ragan buvi, xalat qiygan ona, po‘stindagi
qizaloq, bosh kiyimli amaki
va shunga o‘xshash
boshqa odamlarning tasviri
tushirilgan rasmlar. Shuningdek, ushbu kiyimlarning
alohida tasvirlangan
rasmlari:
ro‘mol, xalat, bosh kiyim, po‘stin va b.
O‘yinning borishi: bolalar rasmlarni ko‘rib chiqadilar. Defektolog
predmetlardan birini nomlaydi. Bolalar esa
ushbu kiyim kimga tegishli
ekanligini aytadilar.
- Bu buvijonimning ro‘moli, bu onamning xalati, bu qizaloqning po‘stini
va h.k.
Ushbu o‘yinda bolaning nafaqat lug‘at
boyligini oshirish, grammatik
jihatdan kelishik qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalanish malakalariga ega bo‘lish,
balki
mantiqiy fikrlash, tafakkur boyligi ham bir vaqtning o‘zida rivojlanishini
guvohi bo‘lish mumkin. Ushbu o‘yinda “Kiyimlar”
mavzusi tanlangan, huddi
shu tarzda boshqa mavzular bilan tanishtirishda ham shu o‘yindan foydalanish
mumkin.
Misol uchun “Hayvonlar” mavzusini tanlab olaylik. O‘yin
“Bu kimning
Do'stlaringiz bilan baham: