Grosheva I. V djanpeisova g. E,, Mikailova u. T, Ismailova m. A, Kenjabayeva d. A


Aqli zaif bolalarning nutqini rivojlantirishda didaktik o‘yinlarni


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/46
Sana08.06.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1463109
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46
Bog'liq
O\'yin orqali ta\'lim olish

 
2. Aqli zaif bolalarning nutqini rivojlantirishda didaktik o‘yinlarni 
qo‘llashga qaratilgan ta’limiy eksperiment mazmuni 
 
Ta’kidlovchi tadqiqot asosida biz aqli zaif bolalarni nutqining leksik-
grammatik qurilishi, mazmuniy tuzilishi hamda bog‘langan nutqi yetarlicha 
rivojlanmaganligini aniqladik. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili hamda 
ta’kidlovchi tadqiqot natijalari asosida aqli zaif bolalar nutqini rivojlantiruvchi 
didaktik o‘yin texnologiyalarini ishlab chiqish imkonini berdi. 
Ta’limiy tadqiqot bazasi sifatida Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 
353-maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi tanlandi. Ta’limiy tadqiqot 
intellektual kamchiliklarga ega tayyorlov guruhi bolalarida kunning birinchi 
yarmida guruhchali va yakka (individual) mashg‘ulotlarida amalga oshirildi. 
Ta’kidlovchi eksperimental tadqiqotda ishtirok etgan 6-7 yoshli 10 nafar 
tarbiyalanuvchilar tashkil etdi. Mazkur guruhda 3oy (oktyabr, noyabr, dekabr) 
davomida biz tomondan ishlab chiqilgan didaktik o‘yin texnologiyalari guruh 
defektologining “Nutq o‘stirish”, “Logoritmika” mashg‘ulotlari hamda maxsus 
guruh tarbiyachisining korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlari davomida 
tizimli tarzda qo‘llandi. Nutq kamchiliklarni korreksiyalash, nutq rivojlanishini 
yuqoriroq darajaga ko‘tarish maqsadida guruhchali va yakka (individual) 
mashg‘ulotlar o‘tkazilib, mashg‘ulotlar davomida tanlangan maxsus didaktik 
o‘yin texnologiyalari qo‘llandi. Bundan tashqari mazkur didaktik o‘yin 
texnologiyalari tarbiyalanuvchilarning ota-onalariga taqdim etilib, bolalarning 
bo‘sh vaqtida bajarilishi taklif etildi. 
Ta’limiy tadqiqot davomida quyidagi didaktik o‘yin texnologiyalari 
qo‘llandi: 
“Ertak bilan o‘yin” texnologiyasi 


73 
(Ertakterapiya usullarini qo‘llash bilan) 
Ertakterapiya – bu ertakdagi voqea-hodisalar va real hayotdagi hulq-atvor 
o‘rtasida aloqa hosil qilish jarayonidir. Bu ertak mazmunini haqiqiy hayotga 
bog‘lash jarayoni. 
Ertakterapiya – bu faollik, mustaqillik, ijod, bolani o‘z hissiy holatini 
nazorat qilishga yo‘naltirilgan integrativ faoliyat bo‘lib, unda tasavvur 
etilayotgan vaziyatdagi xatti-harakatlar real hayotdagi muloqot bilan bog‘lanadi.
Mazkur o‘yin texnologiyasi nutqni o‘stirish mashg‘ulotlari davomida 
o‘tkazildi
40
.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling