Grosheva I. V djanpeisova g. E,, Mikailova u. T, Ismailova m. A, Kenjabayeva d. A
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'yin orqali ta\'lim olish
- Bu sahifa navigatsiya:
- “G‘am” pantomimik etyudi
Mashg‘ulotning borishi
Defektolog: (bolalarga “Olako‘z laqabli sigir” ertagini 1 va 2 gaplarini o‘qib beradi, so‘ng ) “Bolalar, Olako‘z xushchaqchaq sigir-mi yoki g‘amgin sigir-mi? Hozir men boshlayman, sizlar esa davom ettirasizlar. Olako‘zning ovozi g‘amgin emas, uning ovozi ...” Bolalar: Xushchaqchaq Defektolog: Ovozi past emas, ... Bolalar: Baland Defektolog: Olako‘zga o‘xshab baland, xushchaqchaq ovozda uzoq mo‘rab ko‘ring-chi: “Mu-mu-mu!” Bolalar defektolog topshirig‘ini bajarishadi. Defektolog: (Ertakning 3-5 gaplarni o‘qib beradi) Chol va kampir qanday yig‘lashini qanday ko‘rsatib berish mumkin? Chol va kampirning chehrasi xushchaqchaq emas, ... Bolalar: g‘amgin Defektolog: chol va kampir qanday yig‘lashayotganini ko‘rsatib bering. “G‘am” pantomimik etyudi Bolalar chol va kampirning yig‘lashini ko‘rsatib berishadi: boshlarini chayqab, ko‘z yoshlarini artishadi, qoshlari bir-biriga yaqinlashtirilgan. Defektolog: (ertakning 6-11 gaplarni o‘qiydi) Kampir Olako‘z uyg‘onishini juda qattiq hohlaganmi? U mushuk va sichqondan Olako‘ni uyg‘otib berishni qanday so‘ragan? Bolalar: Iltimos qilib, erkalab chaqirib so‘ragan. Defektolog: Kimning ovozi pastroq, mushuknikimi yoki sichqonnikimi? Bolalar: Sichqonniki Defektolog: To‘g‘ri. Demak sichqon Olako‘zni past ovoz bilan emas, shivirlab uyg‘otishga uringan. Defektolog: Olako‘zni sichqon va mushukka o‘xshab uyg‘otib ko‘ring. Bolalar topshiriqni bajarishadi. 79 Defektolog: (ertakning 12-15 gaplarni o‘qiydi). Endi musiqani diqqat bilan tinglasangiz ertakdagi Olako‘z nima eshitganini eslaysizlar. Bolalar M.I.Glinkaning «Chernomor marshi» kompozitsiyasining bir parchasini tinglashadi. Defektolog: Bu qanday musiqa sokinmi yoki qo‘rqinchlimi? Balandmi yoki pastmi? Bolalar: Qo‘rqinchli va baland. Defektolog: To‘g‘ri bu musiqa qo‘rqinchli va baland. Bu yomg‘ir yog‘ish ovozimi yoki momaqaldiroq chaqnashimi? Bolalar: Momaqaldiroq chaqnashi. Defektolog: (ertakning 16-17 gaplarni o‘qiydi). Qo‘lingizni stol ustiga qo‘yib, barmoqlaringiz bilan stolni tukillatib, avval yomg‘ir yog‘ishini, so‘ng momaqaldiroq gumburlab yomg‘ir yog‘ishini tasvirlab bering. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling