Grosheva I. V djanpeisova g. E,, Mikailova u. T, Ismailova m. A, Kenjabayeva d. A


Muammoning o‘rganilganlik darajasi


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/46
Sana08.06.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1463109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
O\'yin orqali ta\'lim olish

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Me’yorida rivojlanayotgan bolalar 
nutqining rivojlanishi yuzasidan bir qancha olimlar samarali ilmiy izlanishlar 
olib borgan (L.S.Vigotskiy, A.N.Gvozdev, D.B.Elkonin, A.P.Sokolov, 
N.X.Shvachkin, A.Vallon va boshqalar).
Taniqli olimlar S.Ya.Rubinshteyn, G.A.Kashe, V.G.Petrova, J.I.Shif, 
V.I.Lubovskiylar aqli zaif bolalar nutqining me’yorida rivojlanayotgan bolalar 
nutqidan muayyan darajada orqada qolishini ta’kidladilar. 
Respublikamizda intellekti me’yorida maktabgacha yoshdagi bolalarda 
uchraydigan nutqiy kamchiliklar bo‘yicha L.R.Mo‘minova, X.M.Po‘latova, 
N.R.Raxmonqulova, M.Yu.Ayupova, I.G.Veretennikova va E.A.Babaevalar 
o‘rganganlar.
L.R.Mo‘minova (1992) o‘z tadqiqot ishlarida maktabgacha bolalarda 
uchraydigan nutqning to‘liq rivojlanmaganligini korreksiyalash bo‘yicha 
korreksion-pedagogik ish tizimini yaratish, M.Yu.Ayupova (1992) maktabgacha 
yoshdagi bolalar nutqida kuzatiladigan fonetik-fonematik kamchiliklarni 


11 
bartaraf etish tizimini ishlab chiqish, X.M.Po‘latova (1994) nutqi to‘liq 
rivojlanmagan bolalar nutqini faollashtirishning turli jihatlarini tadqiq etganlar.
D.Nurkeldiyeva, V.Raxmanova, S.Aytmetova va M.Xamidovalarning 
ishlarida aqli zaif bolalarga ta’lim-tarbiya berish mazmuni yoritilgan. 
N.D.Sokolova va G.L.Vigotskayalarning ilmiy izlanishlari maktabgacha aqli 
zaif bolalarning mustaqil o‘yinlarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Mualliflar 
maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning harakati va xulqini uyushtiradigan 
va o‘yinning zarur sharti bo‘lgan o‘yin vaziyatini yuzaga keltira olmasliklarini 
eksperimental ravishda asoslab berdilar. N.D.Sokolova o‘yin va nutqning 
bog‘liqligini ko‘rsata olgan. Bu bog‘liqlik bola nutqini shakllantirishda, lug‘atini 
boyitishda, shuningdek, o‘yinning muvaffaqiyatini ta’minlash uchun ham 
samaralidir. 
Pedagog va psixolog olimlar D.N.Uznadze, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev,
D.B.Elkonin, P.YA.Galperin, I.Olloyorov, A.A.Verbitskiy va boshqalar o‘yinga 
asoslanuvi faoliyatning mohiyati, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, 
imkoniyatlari borasida tadqiqot ishlarini olib borganlar. 
Shunday qilib, maxsus pedagogikada olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bilan 
tanishish jarayonida aqli zaif bolalar nutqini rivojlantirishda didaktik o‘yinlardan 
foydalanish muammosini dolzarbligini aniqladik.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling