13
-
aqli zaif bolalar nutqini rivojlantirish jarayonida o‘yin faoliyatidan
foydalanishda har bir tarbiyalanuvchilar
intellektidagi muammosining
mavjud holati va shaxsiy xususiyatlari hisobga olinsa va shaxsga
yo‘naltirilganlik tamoyiliga
rioya qilinsa;
- ushbu toifa bolalar nutqiy va ruhiy rivojlanish xususiyatlariga tayangan
holda korreksion-rivojlantiruvchi tizimni
takomillashtirishga asos
bo‘luvchi o‘yin texnologiyalaridan samarali foydalanilsa aqli zaif bolalar
nutqini rivojlantirish tizimining samaradorligi ta’minlanadi.
Ishning ilmiy yangiligi:
- tadqiq etilayotgan jarayon,
uning tuzilishi, mazmuni ilmiy jihatdan
asoslanganligi;
- muammoning muvaffaqiyatli hal etishning shart qilib qo‘yuvchi yo‘llari
va shart-sharoitlari ilmiy jihatdan aniqlanganligi;
- aqli zaif bolalarning nutqini rivojlantirishga qaratilgan ta’sir etish omillari
aniqlanganligi;
- aqli
zaif bolalarda nutqni rivojlantirishda didaktik o‘yin
texnologiyalarining mazmun-mohiyati va
texnologiyalarining ishlab
chiqilganligi.
Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati –
tadqiqotni olib borish
davrida mavjud adabiyotlar va olib borilgan tadqiqotlarga tayangan holda “nutq
shakllanishi” va “o‘yin faoliyati” tushunchalarining mohiyati ochib berildi; aqli
zaif bolalar nutqini rivojlantirishning o‘ziga xos psixologik-pedagogik jihatlari
yoritildi va asosiy bosqichlari belgilandi hamda ularda nutqni o‘yin
faoliyati
orqali rivojlantirish imkonini beruvchi ba’zi o‘yinlar mazmuni ishlab chiqildi.
Shuningdek, olingan ma’lumotlar bolalarda mavjud bo‘lgan muammolarni erta
tabaqalangan ravishda tashhis qilish va bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lganligi
sababli korreksion pedagogikada ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: