Grosheva I. V djanpeisova g. E,, Mikailova u. T, Ismailova m. A, Kenjabayeva d. A
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'yin orqali ta\'lim olish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Empirik metodlar
Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqini
rivojlantirishda didaktik o‘yinlardan foydalanish xususiyatlarini o‘rganish va didaktik o‘yinlarni qo‘llash orqali nutqni rivojlantirishga qaratilgan samarali, korreksion yo‘llarini tadqiq etishdir. Tadqiqot ob’ekti: maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqini rivojlantirish jarayoni. Tadqiqot predmeti: maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqini rivojlantirish jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish texnologiyalari. 12 Tadqiqot vazifalari: - maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqini shakllantirish va rivojlantirish muammosini pedagogik, psixologik, metodik adabiyotlarda ishlanganligi darajasini o‘rganish; - muammo bo‘yicha mavjud tadqiqotlar asosida ta’kidlovchi va ta’limiy tajriba-sinov ishlari metodikasini ishlab chiqish; - maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqini rivojlantirish jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanishda tashkil etilgan mashg‘ulotlarni kuzatish va tahlil etish; - ta’kidlovchi eksperiment jaryonida maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqini rivojlanish xususiyatlarini tadqiq etish va maxsus tanlangan didaktik o‘yinlar o‘rganish yordamida uni rivojlantirish imkoniyatini o‘rganish; - maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda didaktik o‘yinlarni qo‘llash orqali nutqni rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berish. Tadqiqot metodlari: Nazariy metodlar: ilmiy manbalarni o‘rganish metodlari: umumiy va maxsus pedagogik, psixologik ishlarni o‘rganish; Tashkiliy metodlar: maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqini rivojlanganlik darajasini o‘rganish; Empirik metodlar: maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqini rivojlantirish jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanishda tashkil etilgan mashg‘ulotlarni kuzatish va tahlil etish, bolalarning faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish, ta’kidlovchi va ta’limiy eksperiment. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling