Guliston davlat pedagogika inistituti jismoniy madaniyat nazariasi va metodikasi
Jismoniy madaniyat tizimining mehnat va harbiy amaliyot bilan bog’liqlik tamoyili
Download 1.03 Mb.
|
ЖМНМ мажмуа 2023-2024 1 курс
3. Jismoniy madaniyat tizimining mehnat va harbiy amaliyot bilan bog’liqlik tamoyili.
Jismoniy madaniyat tizimining ushbu tamoyili uning jamiyatdagi amaliy funktsiyasini belgilaydi. Bu tamoyil jamiyat a’zolarini ishlab chiqrish sohasidagi faoliyatga,zaruriyat tug’ilsa,harbiy harakatlarda ishtirok etishga tayyorlashni shuningdek,insonga atrof-muhitda xavfsiz faoliyat ko’rsatishi uchun sharoit yaratishni ko’zda tutadi. Bu tamoil jismoniy tarbiyaning jamiyatdagi amaliy funktsiyasini namoen etib, insonlarni mehnatga va Vatan ximoyasiga tayerlashga yo’naltirilgan. Quyidagi holatlar bu tamoilning mazmunini ochib beradi: A) jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish jarayonida organizmda insonning mehnat, ukish va boshqa faoliyatlariga ta’sir ko’rsatuvchi o’zgarishlar yuz beradi. Mehnat va mudofaa amaliyoti jismoniy tarbiyadan shunday foydalanishni talab qiladiki,u insonni mehnatga va Vatan ximoyasiga tayerlashda eng ko’p amaliy samara beradi. Bu erdagi ushbu tamoilning birinchi talabi kelib chiqadi: ya’ni jismoniy tarbiyadan foydalanishda maksimal amaliy samarani ta’minlash kerak. B) jismoniy tarbiyaning amaliy samarasi foydalanilaetgan vositalarga bog’liq. Ular o’z mazmuni va tuzilishiga ko’ra aniq mehnat, har biy eki boshqa faoliyat bilan bog’liq bo’lishi kerak. Shuning uchun ham mehnat va har biy amaliyot bilan bog’liqlik tamoilining ikkinchi talabi quyidagicha bo’ladi: jismoniy tarbiyaning amaliy ahamiyatini oshirish maqsadida ko’prok ustunlikni asosiy muskul, muskul guruxi, organ va sistemalarni mehnat eki boshqa faoliyat bilan mos ravishda ishga soluvchi vositalarga berish kerak. V) jismoniy tarbiyaning amaliy samarasini alohida organ va sistemalarning funktsional imkoniyatlari darajasini oshirish bilan chegaralanib kuymaslik kerak. Bu erdan ushbu tamoilning uchinchi talabi kelib chiqadi, ya’ni jismoniy tarbiyaning maksimal amaliy samarasini ta’minlash bilan harakat faoliyatining yangi shakllarini o’zlashtirishga zamin yaratish. Ushbu tamoyilni amalga oshirishda quyidagi ko’rsatmalarga amal qilinishi shart: -eng avvalo yurish,yugurish,sakrash,suzish kabi hayotiy zarur harakat ko’nikmalari va malakalarini shakllantirish zarur; -insonga turli xil mehnat va harbiy harakatlarni o’zlashtirishga imkon beruvchi har tomonlama jismoniy tayyorgarliknita’minlash; -jismoniy mashqlardan mehnat va vatanparvarlik tarbiyasida maksimal foydalanish. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling