Guliston davlat pedagogika inistituti jismoniy madaniyat nazariasi va metodikasi
Jismoniy madaniyat tizimining shaxsni har tomonlama garmonik rivojlantirish tamoyili
Download 1.03 Mb.
|
ЖМНМ мажмуа 2023-2024 1 курс
2.Jismoniy madaniyat tizimining shaxsni har tomonlama garmonik rivojlantirish tamoyili.
Bu tamoyildan foydalanish jismoniy tarbiya jarayonini shunday tashkil etishni talab qiladiki,bunda jismoniy tarbiya faqatgina insonning tana-harakat sohasini rivojlantiribgina qolmasin balkim,insonning ruhiyatini takomillashtirishga xam xizmat qilsin. Birinchidan, jismoniy tarbiya jarayonida jismoniy, aqliy, mehnat , ahloqiy,nafosat va eqologiya tarbiyasiga kompleks yondoshish zarur Ikkinchidan, jismoniy tarbiyaning mazmunini shunday rejalashtirish kerakki,bunda barcha jismoniy sifatlarni o’zaro mos rivojlantirishga sharoit yaratilsin. Shaxsni har tomonlama garmonik rivojlantirish tamoili jismoniy tarbiyadan insonparvarlik yo’nalishida foydalanishni bildiradi. Bu tamoilning mazmunini quyidagi holatlar ochib beradi: A) Bizning jamiyatimizda jismoniy tarbiyadan umumiy tarbiyaning bir zaruriy omili sifatida foydalanishmokda. U eng avvalo insonlarni har tomonlama jismoniy rivojlantirish va har tomonlama jismoniy tayergarlikka erishtiruvchi omil hisoblanadi. Jismoniy tarbiya kishilarga ularning aqliy , mehnat, ahloqiy va nafosat tarbiyasi borasidagi faol faoliyatlariga har tomonlama ta’sir ko’rsatadi. Bu erda asosiy e’tiborni ahloqiy va o’z – o’zini tarbiyalash muammolariga qaratish kerak. Bu erdan ushbu tamoilning birinchi talabi kelib chiqadi: jismoniy tarbiyadan foydalanish jarayonida ahloqiy tarbiyaning etakchilik rolini saklab qolgan holda, tarbiyaning barcha tomonlarining birligiga amal qilish kerak. B) Insonni har tomonlama jismonan rivojlantirish, xaet davomida uning yukori jismoniy tayergarligi darajasini saklab qolish uchun tarbiyaviy va ta’limiy vazifalarni ketma – ket hal etish muxim ahamiyatga ega. Sog’likni mustaxkamlash, gavda tuzilishini takomillashtirish, organizmni chiniktirish, jismoniy rekreatsiya va boshqa vazifalarni insonning butun xaeti davomida hal etib borish zarur. Harakatlarga o’rgatish va alohida jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifalari eki davrlari xususiyatlarini hisobga olgan holda hal etiladi. Sport tayergarligi vazifalari jismoniy va ruxiy imkoniyatlarni maksimal rivojlantirish va namoen etish bilan bog’liq. Bu vazifalar sport mashg’ulotining davrlariga mos ravishda hal etiladi. Kasb faoliyatiga jismonan tayerlangan vazifalari esa biror – bir kasb tayinlangandan so’ng amalga oshiriladi. Bu ko’prok o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida amalga oshiriladi. Hal qilinadigan vazifalarning ketma – ketligi bo’zilsa insonning jismoniy holatini emonlashuviga olib kelishi mumkin. Bu erda shaxsni har tomonlama garmonik rivojlantirish tamoilining ikkinchi talabi kelib chiqadi: jismoniy tarbiyaning barcha shakllaridan insonning butun xaeti davomida yosh jins, mehnat faoliyati va boshqa omillarni hisobga olgan holda uzluksiz foydalanishni ta’minlash zarur. V) Insonning turli faoliyatlari o’ziga xos maxsusdir. Ular organizmning alohida organ va sistemalariga turlicha talablar qo’yadilar. Shuning uchun ham insonni mehnat faoliyatiga jismonan tayerlash uchun faoliyat natijasi bog’liq bo’lgan organ va sistemalarning funktsional imkoniyatlarini takomillashtiruvchi vositalardan foydalaniladi. Dastlab bu natijalarning usishiga olib keladi. Keyinchalik esa ular passayib ketadi. Chunki bir vositadan o’zoq muddat foydalanilsa, natijalarning usishi to’xtaydi. Uning kelgusi rivojlanishi umumiy jismoniy tarbiya vositalaridan kompleks ravishda foydalanish kerak. Jismoniy tarbiya tizimining ushbu tamoilini amalga oshirish quyidagi ikkita talabga rioya qilishni ko’zda tutadi: Jismoniy tarbiya vazifalari aqliy , mehnat, ahloqiy va nafosat tarbiyalari bilan organiq birgalikda hal etilishi zarur. Jismoniy tarbiya jarayonining mazmuni shunday rejalashtirilishi kerakki bunda barcha jismoniy qobiliyatlarning o’zaro mos va birgalikda rivojlanishi ta’minlansin. Shuningdek harakat ko’nikmalarining etarli darajada har tomonlama shakllanishi hamda maxsus bilimlar bilan shugullanuvchilarni ko’rollantirishga imkon yaratilsin. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling