Mavzu yuzasidan test savollari:
«Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi» fani qaysi fan negizida paydo bo’ldi?
pedagogika
psixologiya
fiziologiya
anatomiya
Fanning asosiy tushunchalari qaysilar?
jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, jismoniy rivojlanish, jismoniy kamolot, sport;
jismoniy tayyorlanganlik, amaliy jismoniy tayyorgarlik, kasbga yo’naltirilgan jismoniy tayyorgarlik.
dars, trenirovka, vosita, usullar;
metod, metodika, printsip, struktura.
Ushbu tushunchalardan qaysi biri jismoniy tarbiyaning mehnat yoki boshqa faoliyatga nisbatan amaliy yo’nalishini ko’rsatadi?
jismoniy kamolot;
jismoniy madaniyat;
jismoniy xolat.
jismoniy tayyorgarlik;
«Jismoniy madaniyat» tushunchasining to’g’ri ta’rifi qaysi?
umumiy madaniyatning organik bir qismi bo’lib, jamiyat a’zolarining jismoniy kamolotga erishishini maqsadga muvofiq ravishd amalga oshirish uchun yaratilgan, foydalanilayotgan moddiy va ma’naviy yutuqlarning yig’indisidan iboratdir;
inson organizmi shakli va funktsiyalarining individual hayot davomida asta-sekinlik bilan tabiiy shakllanishi, o’zgarishi jarayonidir;
inson organizmini morfologik va funktsional jihatdan takomillashtirishga, uning hayoti uchun muhim bo’lgan asosiy harakat malakasini, mahoratini hamda ular bilan bog’liq bo’lgan bilimlarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir;
jamiyat a’zolarining jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlanganlik, jismoniy tayyorgarligi va uning ko’rsatkichlarining mavjud jamiyat tomonidan qo’yilayotgan talablarga va o’zgaruvchan hayot sharoitlariga moslik darajasidir;
Do'stlaringiz bilan baham: |