Guliston davlat pedagogika inistituti jismoniy madaniyat nazariasi va metodikasi
Download 1.03 Mb.
|
ЖМНМ мажмуа 2023-2024 1 курс
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-asosiy savolning bayoni: Tamoyil (printsip)
- 1.Sog’lomlashtirish yo’nalishidagi tamoyil
Identiv o’quv maqsadlari:
1. O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimining tamoillarini sanab ko’rsatadi. 2. Jismoniy tarbiya tizimining har bir tamoiliga tavsif beradi. 3. Har bir tamoilning mohiyatini ochib beradi. 4. Kelajakda o’z faoliyatida ushbu tamoillarga asoslanib jismoniy tarbiya bo’yicha jamiyatimizda ish yuritadi. 3-asosiy savolning bayoni: Tamoyil (printsip)-lotinchadan tarjimasi boshanish ,asos degan ma’noni anglatib, biror bir nazariya,ta’limot,dunyoqarash va x.k.larning asosiy dastlabki holati deganidir (7,9). Jismoniy madaniyat nazariyasida “tamoyil” deganda ta’limning,tarbiyaning va shaxsni har tomonlama rivojlantirishning mohiti hamda fundamental qonuniyatlarini ob’ektiv aks ettiruvchi umumiy nazariy holatlar tushuniladi. Jismoniy madaniyat tizimining quyidagi printsiplari mavjud: 1.Sog’lomlashtirish yo’nalishidagi tamoyil.Ushbu tamoyilning mazmuni shundan iboratki,jismoniy madaniyat insonlarning sog’lig’ini mustahkamlashga yordam berishi kerak.Jismoniy madaniyat yordamida: — harakat faolligidagi kamchiliklar kompensatsiya qilinishi; organizmning funktsional imkoniyatlari takomillashishi, ish qobiliyati oshishi va tashqi muhitning noqulay ta’sirlariga qarshiligi oshirilishi kerak. keng imkoniyatlar yaratish kerak. Ushbu tamoilning mohiyati shundan iboratki, jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish harakat rivojlantiruvchi, balkim profilaktik funktsiyani ham bajarishi kerak. Bizning davrimizda «Jismoniy tarbiya» va «Salomatlik» deyarli sinonim so’zlar bo’lib qolgan. Jismoniy tarbiya ijobiy ta’sir ko’rsatishi uchun bir qancha koidalarga amal qilish kerak: Jismoniy tarbiya vositalarining ta’sirini kuchli ta’sir etuvchi dorilarning samarasiga tenglash mumkin. Agar undan juda past mikdorda foydalansa – foydasiz, oshirib yuborilsa – xavflidir. Bu erda ta’sirning optimal darajasini aniqlash zarur. Demak, yuklamalarni rejalashtirish va boshqarish vaqtida birinchi urinda shugullanuvchilar sog’lig’ini mustaxkamlash haqidagi misollarga asoslanish kerak Oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sport bilan ko’plab insonlar muntazam shugullanmokdalar. Bu juda kuvonarli xoldir. Lekin shu bilan birgalikda jiddiy muammolar ham kelib chiqadi. Bunday muammolardan biri – sog’likni mustaxkamlovi talablarga javob beruvchi vosita va jismoniy tarbiya shakllarini tanlashdir. Ko’pgina xollarda shugullanuvchilar uslubiy jihatdan asoslanmagan vositalardan eki yukori malakali sportchilarning yuklamalaridan oxirini uylamasdan ko’r – ko’rona foydalanadilar. Sog’likka ular sal’biy ta’sir ko’rsatmasligi uchun mashg’ulotlarda ilmiy asoslangan, amaliyotda tekshirilgan jismoniy tarbiya vositalari va shakllaridan foydalanish kerak. Insonlarning sogligi boyligidir. Sog’lom inson yukori ishlab chikarish qobiliyatiga ega bo’ladi. Jismoniy tarbiya tizimining ushbu tamoilini amalga oshirish uchun quyidagi talablarga rioya qilish kerak: Jismoniy tarbiyaning faqat gina sog’lom lashtirish ahamiyati ilmiy asoslangan vosita va usullaridan foydalanish kerak. Jismoniy yuklamalar kat’iy ravishda o’quvchilarining imkoniyatlariga mos ravishda rejalashtirilishi kerak. Tibbiy pedagogik nazorat har qanday o’quv – tarbiya jarayonining zaruriy bir elementi bo’lishi kerak. Sanitar - gigienik talablarga to’liq rioya qilinish kerak, quyosh suv va havodan ratsional foydalanish zarur. Ushbu tamoyilni amalga oshirishda quyidagi ko’rsatmalarga amal qilinishi shart: 1. Jismoniy tarbiya metodlari va vositalarining sog’lomlashtiruvchi qiymati ilmiy asoslangan bo’lishi shart. 2. Jismoniy yuklamalar hajmining shug’ullanuvchilar imkoniyatiga mosligi. 3. Jismoniy harakat faolligini sog’lom turmush tarzining boshqa tarkibiy qismlari va sharoitlari bilan uyg’unlashuvi .Masalan,jismoniy yuklamadan so’ng tiklanish jarayonida gigienik va dietologik omillardan foydalanish,ratsional kun tartibiga rio qilish,zararli odatlardan voz kechish va x.k. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling