Guliston davlat pedagogika inistituti jismoniy madaniyat nazariasi va metodikasi
– savol bo’yicha darsning maqsadi
Download 1.03 Mb.
|
ЖМНМ мажмуа 2023-2024 1 курс
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 – asosiy savolning bayoni: Jismoniy madaniyat tizimining strategik maqsadi bo’lib inson jismoniy madaniyatini shaxsni har tomonlama rivojlantirishning ajralmas
- Jismoniy madaniyat tizimining sog’lomlashtiruvchi vazifalari quyidagilar
2– savol bo’yicha darsning maqsadi:
O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimining vazifalari va ularni amalga oshirish yo’llari haqida talabalarga tushuncha berish. Identiv o’quv maqsadlari: Jismoniy tarbiya tizimining vazifalarini sanab ko’rsatadi. Ta’limiy vazifalarning mohiyatini ochib beradi. Sog’lomlashtiruvchi vazifalarning mohiyatini ochib beradi. Tarbiyaviy vazifalarga tavsif beradi. 2 – asosiy savolning bayoni: Jismoniy madaniyat tizimining strategik maqsadi bo’lib inson jismoniy madaniyatini shaxsni har tomonlama rivojlantirishning ajralmas tarkibiy qismi sifatida shakllantirish hisoblanadi. Biz yukorida aytib utdikki, jismoniy tarbiya tizimining maqsadi jamiyatning extiejlaridan kelib chiqadi va shu extiejlarni kondirishi kerak. Ya’ni jismoniy tarbiya jamiyatning har tomonlama jismonan rivojlangan insonlarga bo’lgan talabini kondiradi. Jismoniy tarbiya tizimining maqsadi jismonan kamolatga erishgan inson tushunchasi bilan chambarchas bog’liq. Jismoniy kamolot deganda insonni xaet sharoitlariga optimal moslashishiga imkon beruvchi jismoniy rivojlanganlik va tayergarlik darajasi tushuniladi. Bu insonning mehnat, harbiy amaliyot va maishiy xaet davomida duch keladigan qiyinchiliklarni engishga tayerligidir. Jismoniy barkamol shaxs – bu eng avvalo sog’lom, har tomonlama jismonan tayerlangan, ma’lumotli va keng dunekarashli insondir. Jismoniy kamolot tushunchasi jamiyat tarakkietiga mos ravishda o’zgarib boradi. Jismoniy tarbiya tizimining maqsadiga erishish uchun ta’limiy, tarbiyaviy va sog’lom lashtiruvi vazifalar hal etib boriladi. Jismoniy madaniyat tizimining sog’lomlashtiruvchi vazifalari quyidagilar: Sog’lomlashtiruvchi vazifalar bo’lib, sog’likni mustaxkamlash, organizmni chiniktirish, uning tashqi muxitning noqo’lay holatlariga chidamlilikni oshirish, to’g’ri kaddi – komatni shakllantirish, morfo – funktsional imkoniyatlarni oshirish hisoblanadi. Sog’lomlashtiruvchi vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishi jismoniy tarbiyaning sog’lom lashtirish tamoili talablariga amal qilishga bog’liqdir. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida shugullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi bilan bog’liq boshqa vazifalar ham hal etiladi. Jismoniy tarbiya nazariyasida jismoniy rivojlanish deyilganda inson organizmi shakl va funktsiyalarining shakllanishi hamda rivojlanish jarayoni tushuniladi. U irsiy hamda xaet sharoiti, shuningdek tarbiyaning, asosan jismoniy tarbiyaning ta’siri ostida amalga oshadi. Jismoniy tarbiya jismoniy rivojlanishga ijtimoiy ta’sir etuvchi omillardan biridir. Insonning jismoniy rivojlanishiga quyidagi uch gurux omillar ta’sir ko’rsatadi: Biologik omillar guruxini irsiy omillar tashkil qiladi. Masalan, ota – onaning bo’ylariga ko’ra farzandning kelajakdagi bo’yi uzunligi to’g’risida taxminan xulosa qilish mumkin. Bu omillar natijasida insonning jismoniy rivojlanishi tabiat qonunlariga bo’ysunadi, ya’ni inson organizmi asta – sekin uning esh xususiyatlariga ko’ra o’zgarib boradi. Iklimiy – geografik omillar guruxini mamlakatning u eki bu zonasiga xos bo’lgan iklimiy va meteorologik omillar tashkil etadi. Masalan: Shimolda kundo’z kunlari eruglik vaqti juda kiska va kuchli sovuq bo’lsa, O’rta Osiening chekka tumanlarida havo harorati juda baland va namlik juda past bo’lishi mumkin. Ijtimoiy omillar guruxiga moddiy xaet sharoiti, mehnat va o’quv faoliyati, tarbiyaning shu jumladan jismoniy tarbiyaning ham mazmuni kiradi. Barcha ijtimoiy omillarning harakati tulaligicha mamlakatning ijtimoiy – iktisodiy rivojlanishiga buysunadi. O’z o’rnida ijtimoiy omillar biologik va iklimiy- geografik omillarning harakatiga ham sezilarli ta’sir o’tkazadi. Masalan: moddiy xaet tarzining yaxshilanishi buyning usishi va gavdaning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatsa, maxsus tanlab olingan jismoniy mashqlar noqo’lay iklimiy sharoit ta’sirida yuzaga kelgan tezkorlik, kuch va chidamlilikdagi kamiliklarni yo’qotishga yordam beradi. Jismoniy tarbiya yordamida insonning jismoniy va ruxiy funktsiyalariga ta’sir ko’rsatish bilan rekreatsiya va reabilitatsiya vazifalarini ham hal etish mumkin. Rekreatsiya deganda faol dam olish va har xil kungilochar o’yinlar tushuniladi. Reabilitatsiya deganda esa sarf bo’lgan kuchni tiklash va kuchsizlangan funktsiyalarni mustaxkamlash tushuniladi(7 ,8,9,10). Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling